Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Bronza davri madaniy taraqqiyoti xususiyatlarini bayon qiling. 
2. Elam sivilizatsiyasi qanday ahamiyatga ega bo‘lgan? 
3. Kavkazning bronza davri madaniyatlarini tavsiflang. 


129 
4. Xarappa madaniyati xususiyatlarini bayon qiling. 
5. Oltintepaning shaharsozlik xususiyatlarini yoritib bering. 
6. Gonurtepa jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida qanday o‘rni tutadi? 
7. Oks sivilizatsiyasi to‘g‘risida ma’lumot bering. 
8. Jarqo‘tonning ilk shahar markazi sifatidagi ahamiyatini yoriting. 
9. So‘g‘dning bronza davri madaniyatlarini tavsiflang. 
10. Chorvador qabilalar madaniyati xususiyatini yoriting. 
11. Bronza davri ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida ma’lumot bering. 
12. Yevrosiyo chorvadorlari madaniyati haqida ma’lumot bering. 


130 
UCHINCHI BO‘LIM 
Temir asri 
1-bob. 
Ilk temir davri 
 
Tayanch so‘zlar: Qadimgi shahar, qadimgi podsholik, urbanizatsiya, 
ark, shahriston, mudofaa tizimi, tag kursi, xandaq, yozma manbalar. 
Ilk temir davri umumiy tavsifi. Temir arxeologik artefakt sifatida 
mil. avv. IV–III (V–IV) ming yilliklarga oid madaniy qatlamlarda 
uchrab boshlaydi. Dastlabki temir buyumlar zeb-ziynatlardan iborat 
bo‘lib, meteorit temirdan yasalgan. Mil. avv. III ming yillikka oid 
temir buyumlar Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Misrda ham uchraydi. 
Temirni eritish texnologiyasini odamlar ancha kech o‘zlashtirganlar. 
Ma’lumki, temir 1530 S issiqlikda eriydi. Temir rudasini eritib 
ishlash texnologiyasi mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan 
boshlangan. Eritib yasalgan temir buyumlarning namunasi Kichik 
Osiyoning Alaja Xuyuk (Xett) yodgorligidan topib o‘rganilgan. O‘rta 
Osiyo hududidagi Gonur, To‘g‘aloq 21, Jarqo‘ton yodgorliklarining 
so‘nggi bronza davri qatlamidan temir buyumlari namunasi topilgan. 
Taxminan mil. avv. II ming yillikning oxirgi choragida Atlantikadan 
Tinch okeanigacha yerlarda tarqalgan bronza davri madaniyatlarining 
inqirozga uchrashi yoki shaklini o‘zartirish holati sodir bo‘ladi. O‘rta 
Osiyoning janubiy hududida ham shunday jarayon kechgan. U bronza 
davrining yuksak darajada rivojlangan ilk shahar madaniyati inqirozga 
uchrab, uning o‘rnida yangi madaniyat qaror topadi. 
Ilk temir davrining birinchi bosqichi arxeologiya fanida “naqshli 
sopollar madaniyati” nomi bilan yuritiladi. Dastlabki o‘rganilgan 
yodgorlikning birinchi madaniy qatlamiga nisbatan Yoz I bosqichi 
sifatida qabul qilingan. V.M.Masson Murg‘ob vohasidagi iYoztepa 
manzilgohning quyidagi xronologik ustuni ishlab chiqqan: 
Yoz I Mil. avv. 900–650-yillar 
Yoz II Mil. avv. 650–500-yillar 
Yoz III Mil. avv. 500–350-yillar 


131 
Keyinchalik tadqiqotchilar o‘troq dehqonchilik o‘lkalari 
yodgorliklarining ilk temir davri majmuasini davrini Yoztepa stratigrafik 
ustunga nisbatan mil. avv. 1000–350 yillar doirasida sanalaganlar. 
Asrimiz boshlarida turkman-ingliz qo‘shma ilmiy ekspeditsiyasi olib 
borgan tadqiqot ishlarida amalga oshirilgan radiokarbon tekshirishi 
bo‘yicha Yoztepaning (Yoz I) quyi qatlamini 400 yilga qadimiylashtirib, 
uning quyi sanasini mil. avv. XIV asr bilan belgilagan edi. Keyinchalik 
Yozdepa bilan zomondosh yodgorliklarda ham radiokarbon 
tekshirishlari o‘tkazilib, mazkur natijalar olinigan. Ushbu natijalarga 
asoslansa, O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik hududi ilk temir davri 
arxeologik majmuasini quyidagicha davrlashtirish mumkin: 
1) Yoz I – mil. avv. XIV/XIII–IX asrlar; 
2) Yoz II – mil. avv. VIII–VI asrning birinchi yarmi; 
3) Yoz III – mil. avv. VI asr ikkinchi yarmi – IV asr boshlari. 
Ilk temir davrda O‘rta Osiyoning ilk o‘troq dehqonchilik o‘lkalari 
hududi kengayib borishi barobarida, yangi o‘troq dehqonchilik 
vohalari shakllanadi. Mintaqada ilk temir davrida mavjud bo‘lgan 
tarixiy-madaniy viloyatlar “Avesto”, Qadimgi Eron manbalari va 
yunon-rim mualliflarining asarida keltirib o‘tilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling