Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Amirabot madaniyati. Amirobod madaniyati mil. avv. X-VIII asrlarda 
Amudaryoning o‘ng sohili hududida qadimgi Oqchadaryo o‘zaning 
janubiy yerlarida faoliyat yuritgan. Mazkur madaniyatga oid makonlar 
Qoraqolpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l va Beruniy tumanlari 
hududida joylashgan. Yodgorliklardan Yakkaparson II va Qavat II 
makonlari arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Uy-joy imoratlari yarim 
yerto‘la va yer usti chayla kulbalardan iborat. 
Amirabot madaniyati egalari dehqonchilik-chorvachilik bilan kun 
kechirgan. Amudaryodan chiqarilgan ariqning o‘rni saqlanib qolgan. 
Chorvachilikda yetakchi o‘rinni qora mol egallagan. O‘zlashtiruvchi 
xo‘jalik ahamiyatini saqlab qolgan. To‘qay hayvonlari, cho‘lda to‘da 
bo‘lib yashovchi hayvonlar asosiy ov o‘ljasini tashkil etgan. Suv 
havzasiga yaqin joyda yashagan aholi baliqchilik bilan shug‘ullangan. 
Moddiy topilmalar bronza buyumlari, tosh qurollari va sopol 
buyumlaridan iborat. Bronzadan o‘roq, pichoq, bigiz, igna, paykon va 
zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Sopol idishlar qo‘lda yasalgan. Ayrim 
sopollarning sirti silliqlangan va qizil rangli bo‘yoqda naqsh chizilgan. 
Amirabot madaniyati aholisi ijtimoiy munosabatlari to‘g‘risida 
aniq xulosa chiqarish qiyin. Sug‘orish inshootlarini barpo etish va ularni 
nazorat qilish shlari jamiyatda ma’lum tashkilot boshqaruvidan dalolat 
beradi. 


124 
Chust madaniyati. Farg‘ona vodiysi Sirdaryoning yuqori oqimi 
hududida joylashgan bo‘lib, janubdan Oloy va Turkiston, sharqdan 
Farg‘ona va Oto‘ynoq hamda g‘arbda Chotqol-Qurama tog‘lari bilan 
o‘rab olingan. Bu yerda so‘nggi bronza davrida (mil. avv. II ming 
yillikning ikkinchi yarmi) Chust madaniyati shakllanadi. Chust 
madaniyati tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra mahalliy Andronovo 
madaniyati chorvador aholisining o‘troqlashishi natijasida paydo 
bo‘lgan. Boshqa bir olimlar Sharqiy Turkistonning Tarim vohasidan 
ko‘chib kelgan aholi asos solgan, deb hisoblaydi. 
Chust madaniyati taraqqiyotining ikki bosqichi ajralib turadi. Ilk 
bosqichi so‘nggi bronza davriga, rivojlangan bosqichi ilk temir davriga 
oid. Chust madaniyatining ilk bosqichiga yodgorliklar vodiyning sharqiy 
yerlarida tarqalgan. O‘sh manzilgohi, Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Dehqon 
va boshqa manzilgohlarning quyi madaniy qatlami Chust madaniyati- 
ning ilk bosqichiga oid bo‘lib, so‘nggi bronza davrida o‘zlashtirgan. Quyi 
madaniy qatlamidan yerto‘la shaklidagi uy-joylarning qoldiqlari, xo‘jalik 
o‘ralari va boshqa moddiy ashyolar o‘rganilgan. 
Chust madaniyati aholisi dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligi 
bilan kun kechirgan. Ular kulolchilik, to‘qimachilik, bronza quyish 
ishlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Manzilgohlardan qo‘lda 
yasalgan sopollar, tosh, suyak va metaldan yasalgan buyumlar 
topilgan. Kulolchilik buyumlari qo‘lda yasalgan, sirtiga och qizil 
va qizil randa angob surtilib, ularning ayrimlariga qora yoki jigar 
rangda geometrik naqshlar, ba’zilariga hayvon tasviri chizilgan. 
Kulolchilik buyumlari ochiq joylarda pishirilgan bo‘lsa kerak. Mis 
va bronzadan uy-ro‘zg‘or anjomlari va qurol yarog‘lar yasalgan. 
Chustliklar marhumlarning uylarning poli va devorlarning tagiga 
yoki tashlandiq uy-joylarga ko‘mishgan. Marhumlar oyoq-qo‘llari 
bukilgan holda yon biqini bilan yotqizib ko‘milgan. 
O‘sh manzilgohining quyi madaniy qatlamidan olingan kuyindi namu- 
nalarini radiokarbon usulida tekshirish natijasiga ko‘ra Chust madaniyati- 
ning ilk bosqichi mil. avv. XV/XIV asrga teng ekanligi aniqlangan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling