Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Shimoliy Parfiya. Kopetdag bilan Qoraqum oralig‘idagi yerlar 
Shimoliy Parfiya hududini tashkil etgan. Bu yerlarda joylashgan 
manzilgohlar nisbatan ilgariroq, ya’ni so‘nggi bronza davrida vujudga 
kelib, ularning uch xil shakli ajralib turadi. Qadimgi shahar sifatida 
faoliyat yuritgan Yelkantepa va Ulug‘tepa manzilgohlari bronza 
davrining oxirida shakllangan. Yelkan I, Ulug‘ III – mil. avv. II ming 
yillikning oxiri – 650-yillar, Yelkan II, Ulug‘ II – mil. avv. 650-500, 
Yelkan III, Ulug‘ I – mil. avv. 500-350-yillar bilan sanaladi. 
Bronza davrining oxirida Yelkantepa arki joylashgan joy 
o‘zlashtirilib, 14,5 ga dan iborat maydonda aholi manzigohi vujudga 
keladi. Mil. avv. X asrda qalinligi 10,5 m, mudofaa devori quriladi. 
Mil. avv. VII–VI asrlarda manzilgoh mudofaa devorining atrofidagi 
uy-joy imoratlari qurilib, ikkinchi mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. 
Natijada Yelkantepa yodgorligi o’rnida ark, ikkita shahriston va 
shahar atrofi qismlaridan iborat umumiy shahar shakllangan. 
Shimoliy Parfiyaning ilk temir davridagi ikkinchi bir yirik 
manzilgohi Ulug‘tepa ham bronza davrining oxirida shakllangan. 
Bu manzilgohning bir qismida mil. avv. X asrda baland sahni ustida 
qo‘rg‘on barpo etiladi. Yelkantepadan farqli o‘laroq bu yerda 
aholi imoratlari joylashgan qismida mudofaa devorining izlari 
aniqlanmagan. 


135 
Shimoliy Parfiyaning ilk temir davri sopollari 
Shimoliy Parfiya aholisining asosiy mashg‘uloti sug‘orma 
dehqonchilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Dehqonchilikda asosan 
bug‘doy va arpa ekilgan. Kopetdagdan oqib tushadigan kichik 
daryolar dehqonchilikning asosiy suv manbayi hisoblangan. Mahalliy 
hududning qurg‘oqchil iqlim sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojning 
yuqoriligini hisobga olib, qadimgi dehqonlar damba va to‘g‘onlar 
barpo qilingan. Bu yerda keyingi davrda korizlar paydo bo‘ladi. 
Temir va bronzadan yasalgan mehnat qurollar va qurol aslahalar 
topilgan. Anovtepa yodgorligining ilk temir davriga oid madaniy 
qatlamidan topilgan temir buyumi mil. avv. IX asrga oid. Ilk temir 
davrining dastlabki bosqichga oid sopollarning asosiy qismi qo‘lda 
yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan. Keyingi bosqichda 
charxda ishlangan sopol buyumlar turi ko‘paygan. Ulug‘tepaning mil. 
avv. VII–IV asrlarga oid sopol buyumlari Yoztepaning shu davrga oid 
buyumlari bilan o‘xshash. 
Xo‘jalikning asosini sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil 
etgan. Moddiy madaniyati Murg‘ob vohasining quyi oqimi hudud 
bilan umumiylikga ega bo‘lib, ko‘rinishdan bu hudud marg‘iyonalik 
aholi tomonidan o‘zlashtirilgan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling