Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

So‘g‘d. So‘g‘dning shimoliy va janubiy qismida ilk temir davrining 
boshida o‘troq dehqonchilik madaniyati qaror topgan. Samarqand 
va Qashqadaryo vohalaridagi Afrosiyob, Ko‘ktepa, Uzunqir, 
Podayotoqtepa va Yerqo‘rg‘on yodgorliklari o‘rnida ilk temir 
davrining dastlabki qishloqlari shakllangan. Keyingi bosqichda 
qishloqlar murakkablashib, yirik shahar markaziga aylanadi. 
Afrosiyob qadimiyligi va ahamiyati jihatdan So‘g‘d manzilgohlari 
orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Manzilgohning quyi qatlamida 
(Afrosiyob 0a) dastlab o‘zlashtirilgan davrda qurilgan yerto‘la uy- 
joylar ochilgan. Keyingi bosqichida (Afrosiyob 0b – mil. avv. VIII– 
VII asrlar) 19 ga joy yassi-qavariq g‘ishtdan terilgan devori bilan 
o‘rab olinib, Samarqand shahriga tamal toshi qo‘yiladi. Ahamoniylar 
davrida shahar yanada taraqqiy etib, yangi imoratlar quriladi va ichki 
tuzilishi murakkablashib boradi. 
Shimoliy So‘g‘dning Afrosiyob bilan tengdosh bo‘lgan boshqa bir 
shahri Ko‘ktepa manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Bu manzilgoh 
Samarqand shahridan 30 km shimoliy-g‘arbida Chelak tumani 
hududida joylashgan bo‘lib, M.X.Isamiddinov rahbarligidagi o‘zbek- 
fransuz ilmiy ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Umumiy 
maydoni 90 ga dan iborat yodgorlikning bir qismi zamonaviy yer 
o‘zlashtirish jarayonida buzilib ketgan. 
Manzilgohning shakllangan ilk bosqichiga (Ko‘ktepa I) oid madaniy 
qatlamida yerto‘la o‘y-joy imoratlari va qo‘lda yasalgan naqshli sopollar 
o‘rganilgan. Ikkinchi (Ko‘ktepa II) bosqichidan boshlab uy-joy imoratlar 
yer ustida barpo qilina boshlaydi. Manzilgohning 23 ga maydonni o‘rab 
olgan mudofaa devori ikkinchi bosqichida barpo etilgan. Arkda baland tag 
kursi ustida barpo etilgan ikkita mahobatli imorat joylashgan. Ulardan biri 
saroy, ikkinchisi otashparastlik ibodatxonasining o‘rni bo‘lgan. 
Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy So‘g‘d 
hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo‘ladiki, uni 
tadqiqotchi olimlar antik davri yunon yozma manbalarida qayd 
etilgan podsho qarorgohi – Bazileya shahri bilan qiyoslaydilar. 


142 
Shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritgan. 
Shimoliy So‘g‘dda dehqonchilik va chorvachilik asosiy xo‘jalik 
turi hisoblanib, dastlabki bosqichda chorvachilikning mavqeyi 
yuqori bo‘lgan. Ko‘ktepa manzilgohining quyi qatlamida ko‘proq 
qora mol suyaklari uchrashiga qaraganda, aholi xonaki chorvachilik 
bilan shug‘ullangan. Bu davrda dehqonchilik liman yoki lalmi 
shaklida bo‘lib, ilk temir davrining keyingi bosqichida ariqlar barpo 
qilingandan so‘ng sug‘orma dehqonchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling