Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Janubiy So‘g‘d. Janubiy So‘g‘d Kesh va Nahshab vohalaridan 
tashkil topgan. Kesh vohasi hududiga Sho‘robsoy, Tanxozdaryo, 
Qizildaryo, Qayrag‘och, Guldaryo mikrovohlari kirgan. Naxshab 
vohasiga Yerqo‘rg‘on va Nishon mikrovohalari kirgan. Har biri 
mikrovohaning markaziy manzilgohi atrofida bir nechta o‘troq 
dehqonchilik qishloqlari mavjud bo‘lgan. 
Kesh vohasida ilk dehqonchilik madaniyati dastlab Sho‘robsoy- 
ning quyi oqimi hududida shakllangan. Bu hududda ilk temir davri 
Uzunqir, Podayotoqtepa va Sangirtepa yodgorliklarda saqlanib 
qolgan. Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklarining quyi qatlamidan ilk 
temir davrining dastlabki bosqichiga oid qo‘lda yasalib sirtiga naqsh 
chizilgan sopollar topilgan. Bunday turdagi sopollar Chiroqchitepa 
va Chimqo‘rg‘on yodgorliklarida ham uchraydi. 
Ilk temir davrining boshida Shurobsoyning quyi oqimida 
joylashgan Podayotoqtepa, Uzunqir va Sangirtepa yodgorliklari 
o‘rnida dastlabki dehqonchilik qishloqlari vujudga kelgan. Hozirgi 
paytda uzunligi 450 m joyda saqlangan Uzunqir yodgorligining 
quyi qatlamida, taxminan mil. avv. VIII–VII asrlarda guvaladan 
mudofaa devori qurilgan. Shurobsoyning chap sohilida joylashgan 
Podayotoqtepa manzilgohining atrofidagi 70 ga maydonni o‘rab 
olgan ushbu devorning qurilishi qadimgi shaharning shakllanishiga 
asos bo‘lgan. Keyingi bosqichda guvala devor ustidan yirik o‘lchamli 
xom g‘ishtdan yangi devor va mudofaa burjlari barpo qilingan. 
Podoyotoqtepa manzilgohi (maydoni 5 ga) to‘liq o‘rganilmagan. 
Manzilgohning mikrorelyefiga shimoli-g‘arbiy qismida daryo tomon- 


143 
dan darvozaning o‘rni aniq ko‘rinadi. Manzilgoh qadimgi shahar 
markazining ark qismini tashkil etgan. Uzunqir va Podayotoqtepa 
manzilgohlari oralig‘idagi hozirgi paytda ekin maydoniga aylantirilgan 
joylar o‘z davrida aholi uy-joy imoratlari bilan band bo‘lgan. 
Uzunqirdan janubda joylashgan Sangirtepa manzilgohi umumiy 
maydoni 3 ga dan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. 
Yodgorlikning quyi qismidagi dastlabki madaniy qatlamida ilk temir 
davrining ilk bosqichiga oid naqshli sopollar topilgan. 
Umuman, Uzunqir, Podayotoqtepa, Sangirtepa yodgorliklari Kesh 
vohasining ilk temir davridagi yirik shahar markazini tashkil etib, 
ulardan biri shaharning mudofaa devori, ikkinchisi arki, uchinchisi 
esa ibodatxonasi hisoblangan. 
Kesh vohasining Qayrarg‘och va Guldara kabi tog‘ oldi 
mikrovohalarida mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmiga oid 
o‘troq dehqonchilik qishloqlari faoliyat yuritib, ularning xarobalari 
o‘nga yaqin yodgorliklarda saqlanib qolgan. Ulardan Daratepa ilk 
temir davrining maydoni jihatdan kichikroq shahar manzilgohi 
hisoblanadi. Umumiy maydon 10 ga yaqin joyni egallagan manzilgoh 
ikki qismdan iborat. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling