Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marg‘iyona.
№
Avesta Qadimgi fors manbalari Yunon-rim manbalari Yasht Vedevdat 1 Mouru Mouru Margush Margiana 2 Suguda Suguda So‘g‘diyona Sogdiana 3 Xvarizam Xvarizam Xvarazmish Xorasmiya 4 - Baxdi Baqtrish Baktriana 5 - Nisaya Parfiena Parfiya O‘rta Osiyoning dehqonchilik vohalari atroflarida hamda uning shimoliy, sharqiy va g‘arbiy hududida ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligiga asoslangan qabilalar yashagan. Chorvadorlarga oid yodgorliklar Orolbo‘yi, Sirdaryoning quyi oqimi, Sariqamish hududi, Pomir-Oloy tog‘ tizmalari va Tangri tog‘ oldi hududlarida tarqalgan. 132 Chorvador qabilalaining makonlari asosan qabr-qo‘rg‘onlar va qisman manzilgohlardan iborat. Marg‘iyona. Murg‘ob vohasining quy oqimi yerlarini egallagan madaniy-tarixiy o‘lka. Bu yerda ilk temir davri yodgorliklari bronza davridagi kabi alohida ariqlar (kanal) bo‘yidagi mikrovohalar hududida o‘rganilgan. Mikrovohalar Keleli, Ajiquyi, Toip, Odamboskan, Ovchin, Gonur, To‘g‘aloq va Toxirboylardan iborat. Ilk temir davrining boshida o‘troq dehqon jamoasining dastlabki kichik qishloqlari shakllanadi. Keyingi bosqichda manzilgohlardan birining maydoni kengayib, me’moriy tuzilmalari murakkablashib boradi va mikrovohaning markaziga aylanadi. Bunday manzilgohlar ma’lum bir mikrovohaning markazini tashkil etgan qadimgi shaharlar edi. O‘lkaning ilk temir davriga oid barcha manzilgohlari tuzilishi va vazifasiga ko‘ra uch xil shakli ajralib turadi. Ular mudofaa devoriga ega bo‘lgan qadimgi shahar shaklidagi yirik manzilgohlar, ya’ni ko‘hna shaharlar (Yoztepa, To‘g‘aloqtepa, Tohirboy I, Qo‘hna Marv). Bunday manzilgohlar ikki qism: qal’a (ark) va aholi yashaydigan shahristondan iborat bo‘lib, ular alohida mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Ikkinchisi yirik dehqonchilik qishloqlari va uchinchisi kichik dehqonchilik qishloqlari yoki uy-qo‘rg‘onlar. Yoztepa yodgorligi shahar shaklidagi yirik manzilgohlarning eng qadimgisidir. Umumiy maydoni 16 ga dan iborat manzilgoh taraqqiyotining ikkinchi davrida (Yoz II) uning chekkasida, 1 ga joyda qalinligi 8 m keladigan tag kursi ustida qal’a-qo‘rg‘on, ya’ni ark qurilgan. Qal’a-qo‘rg‘on atrofida tarqoq joylashgan uy-joy imoratlari qurilib, shahriston shakllangan, ular umumiy mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Yoztepa ilk temir davrining rivojlangan bosqichida Marg‘iyona o‘lkasining markazi aylangan. Yoztepa manzilgohida qadimgi shahar shakllangan davrda (mil. avv. VII asr) Erkqal’a va Gyaurqal’a yodgorliklari o‘rnida o‘troq dehqonchilik qishlog‘i shakllangan. Mil.avv. I ming yillikning o‘rtalarida manzilgoh rivojlanib, shaharga aylangan. Erkqal’a Ko‘hna Marv shaharning arki, unga tutashgan Gyaurqal’a shahriston qismini tashkil etgan. U Murg‘ob vohasining mil. avv. I ming yillikning ikkinchi 133 yarmidagi yirik shahri bo‘lib, Marg‘iyonaning ma’muriy markazi hisoblangan. Antik davri yozma manbalarida keltirilgan Marg‘iyona Antioxiyasi mana shu shahar o‘rnida faoliyat yuritadi. Murg‘obning har bir mikrovohasida shahar turidagi yirik manzilgoh atrofida bir necha dehqonchilik qishloqlari joylashgan. Mikrovohalar kichik ma’muriy-hududiy tuzilmani tashkil etgan. Ulardan eng yirigi dastlabki Yoztepa, keyinchalik Ko‘hna Marv manzilgohlari Marg‘iyonaning ma’muriy markazi bo‘lgan. Voha xo‘jaligining asosiy tarmog‘i sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, sug‘orish inshootlarining izlari saqlanib qolgan. Yoztepa va Aravalitepa manzilgohlari yaqinidan qadimgi ariqning izi aniqlangan. Hozirgi Gatiaqor va Guniyob anhorlari suvidan odamlar ilk temir davrida foydalanishni boshlagan. Dehqonchilikda asosan dukkakli va poliz ekinlari ekilgan. Bug‘doy, arpa va tariq asosiy ekin hisoblangan. Bog‘dorchilik dehqonchilikning asosiy tarmog‘ini tashkil etgan. Hunarmandchilikda temir, mis va bronzaga ishlov berish, kulolchilik, to‘qimachilik rivojlangan. Yoz I sopollari qo‘lda va charxda yasalgan. Qo‘lda yasalgan sopollarning naqshli va naqshsiz turlari ajralib turadi.. Kulolchilik charxida yasalgan sopollar son jihatdan ustunlik qilgan. Yoz II va III bosqichiga oid sopollar kulolchilik charxida yasalgan. Sopollarning sirtiga naqshlar solish an’anasi yo‘qoladi. Mil. avv. IV asrning o‘rtalariga (Yoz III) kelib Murg‘ob vohasining ilgari o‘zlashtirilgan ko‘pgina manzilgohlari inqirozga uchrab, sug‘orish tizimining takomillashishi natijasida aholi yangi yerlarni o‘zlashtiradi. Murg‘ob vohasining ilk temir davri ma’muriy mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchramaydi. Mouru Avestoda tarixiy o‘lka sifatida keltirilgan. Ahamoniylar davrida Baqtriya bilan bitta satraplikni tashkil etgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling