Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Ustrushona. Ustrushona tarixiga oid ma’lumot yunon-rim 
manbalarida Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoning sharqiy 
yerlariga qilgan yurishida Yaksart (Sirdaryo) bo‘yida joylashgan 
Kiropol shahrini vayron qilib, uning o‘rnida Aleksandriya Esxata 
qal’asini barpo qilganligi to‘g‘risida ma’lumot saqlangan, xolos. 
O‘lkaning antik davriga oid Ko‘hna Xo‘jand, O‘ratepa (Mug‘tepa), 
Munchoqtepa, Shirin va Qaliyatepa manzilgohlari o‘rganilgan. Ko‘hna 
Xo‘jand shahrida arxaik davridagi o‘rnida hayot davom etgan. Antik 
davri madaniy qatlami zamonaviy qurilish imoratlari tagida qolib 
ketgan. Shaharning mazkur davr tuzilishi aniqlanmagan. 
Ustrushona shaharlaridan biri Shirin manzilgohi o‘rnida faoliyat 
yuritgan. Umumiy maydoni 10 ga dan iborat manzilgoh mil. avv. 
IV asrda shakllanib, milodning boshida o‘lkaning yirik shahar 
markazlaridan biriga aylanadi. Boshqa bir shahar Mug‘ (O‘ratepa) 
manzilgohida taxminan mana shu davrda shakllangan. 
Sirdaryo bo‘yida joylashgan antik davriga oid Munchoqtepa manzil- 
gohi yaxshi saqlangan. Manzilgohning tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda 
bolib, daryo suvi muntazam yuvib, uning maydon qisqarib ketgan. Umumiy 
maydoni 4 ga dan iborat bo‘lgan qo‘hna shaharning qal’asi shimoli-sharqiy 
tomonidagi nisbatan baland qismidagi 70x40 maydonda joylashgan. 
Manzilgoh xom g‘ishtda terilgan mudofaa devori bilan muhofaza qilingan. 
Munchoqtepa ko‘rinishdan Ustrushonaning dasht hududi chegarasidagi 
tayanch qal’asi hisoblanib, harbiy istehkom vazifasini bajargan. 
Jizzax shahrining sharqiy chekkasida umumiy maydoni 30 ga dan 
ortiq joyni egallagan Qaliyatepa manzilgohi ark, shahriston va rabot 
qismlaridan tashkil topgan. Mazilgoh mil. avv. III/II asrda shakllanib, 
Jizzax shahrining qadimgi o‘rni hisoblanadi. Shuningdek, o‘lkadagi 
Zomin shahrining qadimgi o‘rni ham mil. avv. II/I shakllanib keyingi 
davrlarda rivojlangan. O‘lkada boshqa shaharchalar, qadimgi istehkom- 
qal’alar, dehqonchilik qishloqlarining ham o‘rni saqlanib qolgan. 
Ustrushonaning shimoliy qismida qadimgi ko‘chmanchi 
chorvador qabilasining dafn inshootlari joylashgan. Ulardan 
Munchoqtepa va Shirinsoydagi qadimgi mozorlarda yorma va lahat 
qabrlar o‘rganilgan. Qabrlarda ko‘proq yakka mayitlar ko‘milgan. 


179 
Ko‘p mayit ko‘milgan qabrlar ham mavjud. Ustrushonaning o‘troq 
aholisi orasida otashparastlik dini tarqalib, marhumlarning suyagi 
ostodonlarda dafn qilingan. 
Ustrushona xo‘jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Bu 
davrda sug‘orish tizimi takomillashib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Ekin 
dalalari kichik daryolardan bosh olgan ariqlarda sug‘orilgan. Voha 
atrofidagi dashtlarda chorvador qabilalar yashagan. Chorvachilikda 
qo‘y, echki va qoramol boqilgan. 
Hunarmandchilikning kulolchilik, metallarga ishlov berish, 
zargarlik va boshqa turlari rivojlangan. Munchoqtepa manzilgohidan 
to‘g‘ri to‘rt burchak shakldagi xumdonning o‘rni ochib o‘rganilgan. 
Metall quyish uchun mo‘ljallangan tosh qolip topilgan. Qabrlardan 
temirdan yasalgan pichoq, qilich, yorg‘uchoq, sopol urchuqbosh, 
qayroqtoshlar topilgan. 
Ustrushona Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan sababli savdo 
munosabatlari yaxshi rivojlangan. Milodning birinchi asriga oid 
Xitoy va Rim tangalari, chig‘anoqlar, marjon munchoqlar, bronzadan 
yasalgan buyumlar topilgan. Ular o‘lkaning xalqaro savdoda faol 
ishtirok etganligidan guvohlik beradi. Sopol buyumlar qo‘lda va 
kulolchilik charxida yasalgan. Qo‘lda yasalgan sopol buyumlari 
qabrlardan topilib, ular chorvador aholiga tegishli bo’lgan. 
Ustrushonaning antik davri jamiyati o‘ziga xos taraqqiyoti bilan 
boshqa o‘lkalardan farq qiladi. O‘lkaning arxaik va antik davrlari 
madaniyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni yetarli arxeologiya ma’lumotlari 
bo‘lmaganligi sababli aniq ochib berish imkoniyati mavjud emas. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling