Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Marg‘iyona. Marg‘iyona Murg‘ob
vohasi hududini egallagan. O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o‘lkalaridan biri. Ma’lumki, mil avv. 521-yil Frada boshchiligidagi qo‘zg‘alon bostirilgandan so‘ng Marg‘iyona o‘lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Marg‘iyona mil. avv. II asrning o‘rtalarida Parfiya davlati bosib olgunicha Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibida bo‘lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlati tarkibiga o‘tgan. O‘lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma’lumotlar yunon-rum mualliflarining asarlari va nisbatan keyingi xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Marg‘iyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilgach, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o‘z nomi bilan yuritganligi to‘g‘risida ma’lumotlar qoldirgan bo‘lsa, boshqa bir yunon muallifi Strabon podsho Antiox Marg‘iyonada shahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o‘rab olganligi to‘g‘risida xabar beradi. Kvint Kursiy Ruf, Aleksandr Ox Oks daryosi yaqinida Marg‘iyona shahrini zabt etib, o‘zining nomini berganligi to‘g‘risida yozib qoldirgan. Shahar qarshiliksiz olinganligi tufayli vayron bo‘lmagan. Muallif O’rta Osiyoning antik davridagi Niso ma’budasi va Rodoguna 163 muhofaza qilingan oltita shaharning biri Marg‘iyona o‘lkasida joylashganligini qayd etgan. Shahar selevkiylar davrida amalga oshirilgan harbiy harkatlardan talofat ko‘rib, qayta tiklangan. Marg‘iyonaning antik yodgorliklari qadimgi shaharlar, dehqon jamoasining qishloqlari va diniy inshootlarni tashkil etadi. Antik davriga oid ko‘hna shahar xarobalaridan Gyaurqal’a, Erkqal’a, Ko‘hna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqal’a yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Bayramali shahrining shimolida Erkqal’a va uning g‘arbida tutashib ketgan Gyaurqal’a yodgorliklari joylashgan. Ular qadimgi shaharning tarkibiy qismini (birinchisi – ark, ikkinchisi – shahriston) tashkil etib, mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida shakllangan. Ularning umumiy maydoni 90 ga dan iborat. Manzilgohlar o‘rnida antik mualliflari asarida qayd etilgan Aleksandriya va Antioxiya shahari faoliyat yuritgan. Ko‘hna shahar mil avv. I ming yillikning o‘rtalarida paxsadan barpo qilingan mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Mudofaa devori antik davrining keyingi bosqichlarda bir necha marta (mil. avv. III asrning birinchi yarmi, mil. avv. II–I asrlar, milodiy II va IV asrlarda) ta’mirlanib, qayta qurish ishlari olib borilgan. Mudofaa devori to‘rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan. Shaharnining to‘rt tomonida kirish darvozasi bo‘lib, ulardan boshlangan ko‘chalar shaharning o‘rtasida o‘zaro kesishgan. Qadimgi marg‘iyonaliklar sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan. Qadimgi yunon-rim va xitoy yozma manbalarida bug‘doy, arpa, guruch, uzum, yetishtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Ichki va tashqi savdo munosabatlari yaxshi rivojlangan. Antik davri pul munosabatlari o‘lkaning siyosiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Marg‘iyonaning manzilgohlaridan temirdan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, mehnat qurollari va qurol yarog‘lar topilgan. Antik davri sopollari tez aylantiradigan charxda yasalgan. Ellin davri sopollari yaxshi tindirilgan loydan yasalgan. Sopol buyumlariga obdon ishlov berilib, sirtiga oq va sariq rangli angob surtilgan. Angob ustidan naqshlar solingan. 164 Marg‘iyonalik aholi zardushtiylik diniga e’tiqod qilganlar. Gyaurqal’a manzilgohidan etdan ajratilgan suyaklar saqlangan naus o‘rganilgan, va so’nggi antik davriga oid buddaviylik diniga tegishli stupa va sangarama o‘rganiladi. Marg‘iyonaning antik davri madaniy taraqqiyotida qimmatbaho toshlar metallardan yasalgan turli xil zeb-ziynat buyumlari, gemma, dunyoviy va diniy mazmundagi haykallar va haykalchalar muhim o‘rin tutadi. Ulardan so‘nggi antik davriga oid budda haykali, ayol va qiz ma’budalarining siymosi aks ettirilgan terrakota haykalchalar, mahalliy va yunon obrazlari berilgan gemmalar qadimgi marg‘iyonaliklarning boy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling