Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTINCHI BO‘LIM O‘rta asrlar 1-bob. O‘rta osiyoning ilk o‘rta asrlar arxeologiyasi
- O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri umumiy tavsifi.
Muvzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. O‘rta Osiyoda antik davri etno-madaniy jarayonlari haqida ma’lumot bering. 2. O‘rta Osiyoda ellin madaniyatining xususiyatlarini yoritib bering. 3. O‘rta Osiyoda hind madaniyatining xususiyatlarini bayon qiling. 4. O‘rta Osiyoda antik davrida qanday madaniy yutuqlarga erishilgan? 5. O‘rta Osiyoning antik davri ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan? 6. Xorazmning antik davri jamiyat taraqqiyoti xususiyatini izohlang. 7. Qovunchi madaniyatini tavsiflang. 8. O‘rta Osiyoning antik davri shaharsozlik xususiyatlarini bayon qiling. 193 TO‘RTINCHI BO‘LIM O‘rta asrlar 1-bob. O‘rta osiyoning ilk o‘rta asrlar arxeologiyasi Kalit so‘zlar: mulklik, davlatlar, mulkiy munosabat, yer egaligi, hunarmandchilik, ishlab chiqarish. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri umumiy tavsifi. O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Antik davrining yirik imperiyalaridan biri bo‘lgan kushonlar davlati ichki ziddiyatlar va sosoniylarning bosib olishishi natijasida inqiroziga uchraydi. Shimoliy o‘lkalarni o‘z ta’sirida ushlab turgan Kanguy imperiyasiining qudrati susayib, tarkibidagi mulkliklar o‘rnida mahalliy davlatlar qaror topadi. Umuman III–V asrlarda O‘rta Osiyo hududida uzluksiz davom etgan siyosiy inqirozlar va tobora kuchayib borayotgan yer egaligi munosabatlari mintaqada feodal tarqoqlik jarayoni kuchaytirib yuborgan edi. Alohida mulkliklarining mustaqil boshqarish yo‘lidagi harakati kichik davlatlarning vujudga kelishiga olib keladi. O‘rta asr yozma manbalarida O‘rta Osiyo hududida V–VI asrning boshida 15 ta, VI asr o‘rtasida esa 21 ta mustaqil siyosat yuritgan kichik davlatlar faoliyat yuritganligi qayd qilingan. O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik vohalariga birinchi ming yillikning boshida ko‘chmanchi chorvador qabilalarining kirib kelishi (kidariylar, xioniylar, eftaliylar) o‘lkaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. V asrning o‘rtalarida o‘lkada sosoniylar davlati hukmronligiga barham berib, O‘rta Osiyoning janubiy yerlarini, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkistonning bir qismini o‘ziga bo‘ysundirgan Eftalitlar davlati mintaqaning siyosiy hayotida katta iz qoldirgan. Eftalitlar davrida mintaqada markazlashgan davlatning qaror topishi natijasida ma’lum siyosiy barqarorlikning vujudga kelishi jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayniqsa bu jarayon Turk 194 xoqonligi davrida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Xoqonlik davrida Uzoq Sharqdan Vizantiyagacha bo‘lgan katta hududda siyosiy inqiroz hukm surgan davrida to‘xtab qolgan tashqi savdo aloqalari qayta tiklanadi. Buyuk Ipak yo‘lidagi xalqaro savdoning nazorati turk hukmdorlari tasarrufiga o‘tgandan keyin tashqi savdo munosabati barqarorlashadi. Ilk o‘rta asrda Buyuk Ipak yo‘lida olib borilgan xalqaro savdo so‘g‘dlik savdogarlari asosiy o‘rin tutgan. So‘g‘dlik savdogarlar Yettisuv va Xitoyda ko‘plab savdo faktoriyalariga ega bo‘lalar. O‘rta Osiyoning VIII asr tarixi arablarning o‘lkani istilo qilishi va mahalliy aholining ularga qarshi harakatlaridan iborat. Arablarning bosqinchilik harakatlari mahalliy madaniyat an’analarining inqiroziga va ma’lum muddatli susayishga sabab bo‘ladi. O‘rta Osiyoning keyingi davr madaniyat taraqqiyoti islom dini mafkurasi asosida rivojlnadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling