Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

ibodatxona – observatoriya vazifasini bajargan. 
Ibodatxonaning asosiy zallarida mahalliy ma’budalarning 
haykalchasi topilgan. Topilmalarorasidahaykalshaklidagiossuariylar 
va sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari muhim o‘ringa ega. 
Sopollardagi yozuv namunalari ibodatxona xo‘jalik hisobini yuritish 
bilan bog‘liq. Majmua xonalarining birida yirik xumlar joylashgan. 
Ular ibodatxona majmuasining xo‘jalik qismi hisoblangan. 
Xorazm aholisi dehqonchilik xo‘jaligini riojlantirib, sug‘orish 
tizimini muntazam takomillashtirib borganlar. Dehqonchilikda 
bug‘doy, arpa, tariq va poliz ekinlari ekilgan. Bog‘dorchilik, xususan, 
uzumchilik yaxshi rivojlangan. Sug‘orma dehqonchilik yuritadigan 
hududlarda dehqon jamoasi ko‘proq qoramol boqishgan. Sariqamish 
atrofi hududida yashovchi aholi xo‘jaligida qoramol va yilqichilik 
rivojlangan. To‘qimachilikda paxta, jun va ipak tolalaridan turli 
matolar, gazlama, gilamlar, chodirlar to‘qilgan hamda kigiz bosilgan. 
Xorazmliklarning g‘oyaviy hayotida antik davri zardushtiylik diniy 
e’tiqodlari saqlanib qoladi. Marhumlarning suyaklari solingan ostadon 
qabristonlar aniqlangan. Turli xil shaklga ega ostadonlar topilgan. 
Qadimgi Xorazm sopollari asosan kulolchilik charxi va qisman qo‘lda 
yasalgan. Sopollarning sirtiga asosan oqish, qizg‘ish, qizg‘ish-jigar rangli 
angob surtilgan. Ayrim sopollarning sirtiga naqshlar chizilgan. Loydan 
yasalgan kam sonli ritonlar topib o‘rganilgan. Xumbuztepa Qal’aliqir, 
Qo‘yqirilganqal’a yodgorliklarida ritonlarning ot va afsanoviy hayvon 
boshli tasviri tushirilgan namunalari topib o‘rganilgan. 
O‘rta Osiyoning muhim tarixiy o‘lkalaridan biri sanalgan Xorazm 
antik davrida o‘ziga xos madaniyat an’anasi va xo‘jalik xususiyatiga 
ega bo‘lgan tarixiy-madaniy viloyati hisoblangan. Xorazmning antik 


192 
davri iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida o‘lkaning unumdor tuprog‘i 
va menerallarga boy Amudaryo suvi muhim o‘rin tutgan. O‘lkaning 
iqtisodiy salohiyati antik davri jamiyati, xususan, urbanizatsiyasi 
taraqqiyotining muhim omili hisoblangan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling