Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy So‘g‘d.
So‘g‘d. O‘rta asr xitoy yozma manbalarida So‘g‘dning chegarasi
Chu daryosidan Boysun tog‘ tizmalarigacha yerlarni egallagani va o‘lkadagi 8 ta mulklik to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. So‘g‘d hududi antik davridagi kabi ilk o‘rta asrda Shimoliy So‘g‘d (Samarqand), Janubiy So‘g‘d (Qashqadaryo) va G‘arbiy So‘g‘d (Buxoro) qismlardan tashkil topgan. Shimoliy So‘g‘d. Shimoliy So‘g‘d hududi Zarafshon daryosining yuqori oqimi, ya’ni Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi Panjikent tumani hududi kiradi. Zarafshonning yuqori oqimida ilk o‘rta asrlar davriga xos barcha turdagi arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ko‘hna shahar xarobalari nisbatan yaxshi o‘rganilgan yodgorliklardir. O‘lkada ilk o‘rta asrlar davrida o‘ttizdan ortiq shahar va shaharchalar faoliyat yuritgan. Ulardan Afrosiyob va Panjikent ko‘hna shaharlari yaxshi o‘rganilgan. 197 So‘g‘dning ilk o’rta asrlar xaritasi Afrasiyob Samarqandning ilk o‘rta asrlar davri eng yirik shahar markazi. V–VI asrlarda shaharning maydoni keskin qisqarib (75 ga) qisqarib ketadi. VII asrga kelib shaharning antik davridagi qudrati qayta tiklanadi. Arablar istilosi davrida mahalliy aholining shahardan ommaviy chiqarib yuborilishi oqibatida u bo‘shab, turg‘unlikni boshidan kechiradi. VIII asrning ikkinchi yarmidan aholining shaharga qaytib kelishi uning yanada o‘sishiga olib kelgan. Bu darda Samarqand to‘rt qism: ark, ichki, tashqi shahriston va rabotlardan tashkil topib, hududi antik davridagiga nisbatan bir necha barobariga kengayadi. 198 Elchilar sardori Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududida Ko‘hna Panjikent shahri xarobalari saqlanib qolgan. Manzilgoh ark, shahriston, shahar atrofi qismlaridan iborat. Shahar arki o‘rnida imoratlar qurilib, V asrda atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. V asr oxiri – VI asr boshida shahar maydoni kengayib, yangi mudofaa devori barpo etilgan va umumiy maydoni 13,5 ga Tuyadagi suvoriylar yetgan. Shaharning arkidagi 199 saroy majmuasi joylashgan. Saroy xonalari mazmunan boy rang- tasvir va yog‘och o‘ymakorlik naqshlari bilan bezatilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling