Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Xorazm. Xorazmning antik davri tarix to‘g‘risidagi qisqacha 
ma’lumotlar yunon-rim mulliflari asarlarida saqlangan. Xorazm mil. 
avv. IV asr boshlarida ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil 


187 
siyosat yurita boshlagan. Antik davri mualliflarining asarlarida 
Xorazm shoxi Farasman (Arrian) yoki Fratafern (Kursiy Ruf)ning 
Aleksandr Makedonskiy bilan kelishib, mamlakat mustaqilligini 
saqlab qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlangan. Xorazmning 
selevkiylar tarkibiga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotlari uchramaydi. 
O’lkada tadqiqotchi olimlar mil. avv. II asr oxiri – I asr boshlariga 
oid Xan sulolasi yilnomasida (Syan Xan shu) keltirib o‘tilgan Kanguy 
davlatiga tobe bo‘lgan beshta viloyatlardan biri hisoblangan Yuegyan 
 
1- Bozorqal’a 2- Oxshaxonqal’a 
3-Qo’yqirilganqal’a 4-Qal’aliqir 
mulkligi bilan qiyoslagan. Xorazmshohlar to‘g‘risida ayrim 
ma’lumotlar sosoniylarning III–IV asrlarga oid pahlaviy bitiklarida 
keltirilgan. Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra 305-yilda Xorazm 
afrig‘iylar sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan. 


188 
Amudaryoning quyi oqimi hududidagi arxeologiya yodgorliklar- 
ning tuzilishi jihatdan bir necha turi ajralib turadi. Yirik shahar 
markazlari, qal’a-istehkomlar, ishlab chiqarish inshootiga ega 
manzillar, uy-qo‘rg‘onlar va diniy inshootlar. Xorazmning antik davri 
manzilgohlari tadrijiy jihatdan arxaik, kanguy-yunon va kushon 
davrlariga oid. 
Hukmdor (Aqshaqonqal’a) 
Xorazm shaharlari tashqi tuzilishi jihatdan O‘rta Osiyoning 
boshqa o‘lkalari shaharlaridan farq qilgan. Xorazm shaharlari uchun 
boshqa joylarda bo‘lganidek uch qismli tuzilmasi xos emas. Bu yerda 
shaharlar aniq o‘lchamli qal’adan iborat bo‘lib, uning atrofida aholi 
uy-joylari va ishlab chiqarish qismi joylashgan shahriston qismi kam 
hollarda mavjud bo‘lgan. 
Xorazmda mil. avv. IV–III asrlarda shahar va qal’alar soni 
ko‘payadi. Ulardan Xiva, Xazorasp, Ko‘hna Uaz, Kandumqal’a, 
Bozorqal’a, Oqchaxonqal’a, Guldursunqal’a, Yarbekirqal’a Qavatqal’a, 
Zamaxshar, Shaxsanam kabi manzilgohlar o‘rnida shaharlar faoliyat 
yuritgan. Milodiy III–IV asrlarda esa yangi shahar markazlari vujudga 


189 
kelgan. Umuman antik davrida Xorazm o‘lkasida sal kam yigirmaga 
yaqin shahar vazifasini bajargan aholi manzillari faoliyat yuritgan. 
Amudaryoning chap sohilida arxaik davrda faoliyat yuritgan 
Xazorasp, Xiva shaharlar antik davrida rivojlanib, ahamiyati yanada 
o‘sadi. Ushbu shaharlar Xorazm davlatining antik davri iqtisodiy 
va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Ularning antik davri 
shaharsozlik xususiyatidan darak beradigan arxeologik ma’lumotlar 
keyingi davr imoratlar tagida qolib ketganligi sababli yaxshi 
o‘rganilmagan. 
Amudaryoning o‘ng sohili hududida antik davri shaharlarining 
o‘rni Oqchaxonqal’a (Qozoqliyotganqal’a), Bozorqal’a, Guldursunqal’a, 
Qirqqizqal’a va boshqa yodgorliklarning o‘rnida saqlanib qolgan. Eng yirik 
shahar markazi Oqchaxonqal’a manzilgohi o‘rnida faoliyat yuritgan. Beruniy 
tumani hududida joylashgan ushbu manzilgoh kvadratsimon shaklda. 
Umumiy mudofaa devoriga ega bo‘lgan qadimgi shaharning maydoni 50 ga 
dan iborat bo‘lib, yuqori va quyi qal’a qismlardan tashkil topgan. 
Qadimgi shaharning quyi qal’a qismi kvadratsimon shaklda 
dunyo tomonlariga qaratib qurilgan. Qal’a ikki qator (6 m) mudofaa 
devor bilan o‘rab olingan. Mudofaa devori burj, shinaklar va xandaq 
bilan kuchaytirilgan. 
Quyi qal’aning shimoli-g‘arbiy chekkasida kvadrasimon 
shaklidagi 11 ga maydonda yuqori qal’a joylashgan. Yuqori qal’a ham 
quyi qal’adagi usulda qurilgan alohida mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Uning ichkarisida joylashgan ikkita qurilish imorati muhim 
o’rin tutadi. Ulardan biri maxsus tag kursi ustida qurilgan, ikkinchisi 
esa atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan inshootdan iborat. 
Yodgorlikning quyi qatlamida aniqlangan topilmalarning 
kamchiligi so‘nggi arxaik davriga, ko‘pchilik qismi antik davriga 
oid. Topilmalar sopol buyumlari, antropomorf va zoomorf shaklli 
haykalchalar, xususan, budda, ehtimol bodxisatva haykalchasi va 
boshqa buyumlarni tashkil etadi. Imoratlarni qurishda ishlatilgan 
g‘ishtlarning sirtida turli xil belgilar chizilgan. 
Ko‘hna shaharning to‘rt tomonida darvozalar mavjud. Darvozalar 
qo‘shimcha devor bilan mustahkamlangan. Oqchaxonqal’a Qadimgi 


190 
Xorazmning boshqa manzilgohlaridan tashqi tuzilishi va ichki tuzilmasi 
murakkabligiga ko‘ra ancha farq qiladi. Oqchaxonqal’aning mahobatli 
saroy va ibodatxonasi o‘xshagan imoratlar antik davriga oid boshqa 
manzilgohlarda uchramaydi. Tadqiqotchi mutaxassis olimlar Xorazmning 
antik davri poytaxtiga asosiy da’vogar manzilgoh ekanligini e’tirof 
etishgan. Mil. avv. IV asrning boshida Xorazm ahamoniylar davlatidan 
ajralgandan so‘ng mamlakat poytaxtiga aylangan. 
Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan Tuproqqal’a manzilgohi 
antik davrining rivojlangan bosqichiga oid. Manzilgohdan saroy
ibodatxona va uy-joy imoratlarining o‘rni ochib o‘rganilgan. 
Manzilgohdan xorazmshohlar va ularning ajdodlari siymosi aks 
ettirilgan loydan yasalgan haykalchalar va devoriy rang-tasvir 
namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san’atdan darak 
beradi. Bu yerda sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir 
tomondan qadimgi Xorazm yozuvini, ikkinchi tomondan esa xo‘jalik 
xususiyatlarini o‘rganishdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilgari Tuproqqal’a manzilgohi Qadimgi Xorazmning antik davri 
poytaxti bo‘lganligi to‘g‘risidagi qarash mavjud edi. Oqchaxonqal’a 
manzilgohi tuzilishi va shaharsozlik xususiyatiga ko‘ra mamlakat 
poytaxti maqomiga davogarlik qilsa, Tuproqqal’a uning yaqinida 
joylashgan hukumdor qarorgohi bo‘lishi mumkin. 
Xorazmda I–IV asrlarda juda katta qurilish ishlar amalga oshirilgan. 
Mamlakatda davlat hokimiyati qudratining kuchayishi natijasida yangi 
istehkomlar qurilib, eskilarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ayrim 
qal’alarning mudofaa devori ta’mirlangan, boshqa bir qal’alarning eski 
devori o‘rnida yangisi barpo etiladi. Hazorasp, Devkesgan, Xivadagi 
Tuproqqal’a va boshqa ayrim qal’alarning mudofaa devorlari qaytadan 
qurilgan. Bu davrda qal’alarning tarhi kanguylar davridagi holatida 
saqlangan, ularning umumiy manzarasi keskin o‘zgartirilgan. 
Qadimgi savdo yo‘llarida mustahkam mudofaa tizimiga ega bo‘lgan 
Kaparas, Qal’aijiq, Ko‘nauaz va boshqa qal’a-shaharlar qurilgan. Qal’a- 
shaharlar ma’lum bir sug‘orish tarmog‘i atrofidagi o‘troq dehqonchilik 
qishloqlarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular mazkur hududning 
ma’muriy markazi va harbiy istehkom vazifasini bajargan. 


191 
Jamoat inshootlari, shu jumladan mahalliy aholining qadimgi diniy 
qarashlar bilan bog‘liq ibodatxonalar Qo‘yqirilganqal’a, Qal’aliqir II, Shovot 
Tuproqqal’asi, Yelxaras, Gyaurqal’a kabi yodgorliklarda o‘z aksini topgan. 
Qo‘yqirilganqal’a yodgorligida diametri 42 m, dan iborat doira 
shaklli minorasimon me’moriy inshoot joylashgan. Inshootning 
atrofi to‘g‘ri to‘rt burchak burj bilan kuchaytirilgan mudofaa devori 
bilan o‘rab olingan. Inshoot mil. avv. IV – milodiy I asrlarga oid bo‘lib, 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling