Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Shimoliy Tohariston. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar davri
yirik tarixiy-madaniy o‘lkalaridan biri hisoblangan Toharistonning chegarasi Baqtriyaning antik davridagi hududiga to‘g‘ri keladi. Tohariston shimoli-g‘arbiy, shimoli-sharqiy va janubiy qismlardan tashkil topgan. Tohariston to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot 383-yilga oid Xitoy manbalarida uchraydi. Unda bu o‘lka Tuxola deb tilga olinadi. Yozma manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Tohariston 27 viloyatdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 8 tasi shimoliy qismida joylashgan. 204 Toharistonning shimoliy qismida 30 ga yaqin shahar turidagi manzilgohlar aniqlangan. Ularning eng yiriklari Eski Termiz, Budrach- Chag‘aniyon, O‘zbekontepa, Xosiyattepa, Kofirqal’a, Xolbuk va boshqa- lar. Shimoliy Tohariston hududidagi shaharlardan Termiz qadimdan yozma manbalarda Tarmita, Tami, Drmat, Tirmiz nomlari bilan tilga olingan. Ko‘hna shaharning o‘rta asrlar davri o‘rni zamonaviy shahardan g‘arbda antik davridagi o‘rnida, 10 ga maydondagi sun’iy tepalikda saqlanib qolgan. Ilk o‘rta asrning oxirida shaharning maydoni kengayib, 35 ga dan iborat birinchi hudud shaharning madina qismini, 175-180 ga dan iborat ikkinchi hudud esa rabot qismlarini tashkil etgan. Yozma manbalarda shaharning rabot qismida bozor va turli hunarmandchilik mahallalari joylashganligi keltirib o‘tilgan. Rabotda kulollar, shishasozlar va temirchilar ustaxonalarining o‘rni aniqlangan. Surxon vohasining ikkinchi yirik shahri Chag‘aniyon xitoylik budda dini ziyoratisi Syuan Szyan (630 yillar) ma’lumotida “Chigoyenna” nomi bilan tilga olingan. Uning ma’lumotida shaharning aylanasi 10 li. (4-5 km) va unda 5 ta budda manastri mavjudligi qayd etilgan. Chag‘aniyon hozirgi Denov shahridan 6 km janubi-sharqda Qizilsuv daryosining bo‘yida Ko‘hna Budrach yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Bu yerda joylashgan Oqmozortepa yodgorligi shaharning arkini, Dunyotepa yodgorligi esa shahriston qismini tashkil etgan. Kushonlar davridayoq ark qismida 20 ga maydonda shahar shakllanadi. Ilk o‘rta asrlar davrida shahristonning maydoni kengayib, 50 ga joy mudofaa devori barpo etila- di. Yodgorlikning ark qismida aniqlangan me’moriy inshoot xarobalari o‘rnida Chog‘aniyon hukmdorlarining ilk o‘rta asrlar davri saroyi joylashgan. Shimoliy Tohariston kichik mulkliklaridan birining markazi bo‘lgan Kattatepa (Xosiyattepa (may. 20 ga) manzilgohi ikki qismdan iborat bo‘lib, mudofaa devori bilan o’rab olingan. Devorlar yarim aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak burjlar va jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Ark qismida mahalliy hukmdorlar ibodatxonasi va dafinasi joylashgan. Manzilgoh tadqiqotchilar tomonidan o’rta asr arab manbalarida qayd qilingan Kuftan mulkligining markazi Xushvara shahri bilan qiyoslangan. 205 Tojikistonda Kofirnahr va Vaxsh daryo vohalari hududida shahar shakliga ega bo‘lgan manzilgohlaridan biri hisoblangan Kofirqal’a (maydoni 13 ga ga yaqin) manzilgohi antik davrida shakllangan. Kvadrat shaklga ega bo‘lgan manzilgoh devori, xandaq, proteyxizm, burj va shinaklardan tashkil topgan mudofaa tizimiga ega bo‘lib, markaziy ko‘cha shaharni ikkiga ajratib turgan. Shaharga ellin davrida asos solingan. Shahar mudofaa devorining ichkarisida aholi turar joy imoratlari joylashgan. Shahar atrofida aholi turar joylari va ishlab chiqarish inshootlari o‘rin olgan. Kofirqal’a Vaxsh vohasining ilk o‘rta asrlar davri markaziy shahri hisoblangan. Bolaliktepa. 1. Manzilgohning rejasi 2. Devoriy suratlar O‘lkanning boshqa bir yodgorliklari Bolaliktepa, Kuyovqo‘rg‘on, Yumaloqtepa manzilgohlari ilk o‘rta asrlar davri davlatmand yer 206 egaslarining ko‘shki va qasrining o‘rni bo‘lgan. Bu yodgorliklarda markaziy o‘rinni muhtasham qabulxona va mehmonxonalar egallagan. Mahobatli xonalar dunyoviy mazmunga ega rang-tasvirlar, haykalchalar, yog‘och va ganch o‘ymakorlik bezaklari kabi san’at namunalari bilan bezatilgan. Shimoliy Tohariston xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalari: temirchilik, kulolchilik, shishasozlik, zargarlik, to‘qimachilik, ko‘nchilik rivojlan-gan. Xitoy yozma manbalarida xitoyliklar shisha tayyorlashni toharistonliklardan o‘rganishgani keltirilgan. Bolaliktepa va Munchoqtepa (Tojikiston) yodgorliklaridan ko‘k va havo rangdagi kichik shisha buyumlari (flakonlar) va qisman xo‘jalik buyumlari topib o‘rganilgan. Keyinchalik shishasozlik O‘rta Osiyoning boshqa hududiga ham keng tarqala boshlaydi. O‘lkaning ilk o‘rta asrning dastlabki bosqichdagi sopollari antik davridagi kabi nafis shakli va yuqori sifatini saqlab, yanada mukammalashadi. Bu davrdagi sopol buyumlarining sirtiga o‘yib chizilgan va yopishtirilgan naqshlar bilan bezash odat tusiga kirgan. Shimoliy o‘lkalarga xos qo‘sh baldoqli sopollar tarqaladi. Keyingi bosqichda qo‘lda yasalgan sopol buyumlar soni nisbatan ko‘payib, shakli o‘zgarib boradi. VII–VIII asrlarda yanada nafis va sifatli sopollar yasalgan va ularning sirtiga chizilgan naqshlar murakkablashgan. Shimoliy Toharistonda buddaviylik dini saqlanib qoladi. Syuan Szyan Termiz va Chag‘anyon shaharlaridagi bir necha budda ibodatxonasi to‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Eski Termizdagi antik davri buddaviylik ibodatxonalari faoliyatini davom ettirgan. Shimoliy Toharistonning ilk o‘rta asrlar davrida koroplastika, ya’ni kichik haykalchalar va rang-tasvir san’ati yaxshi rivojlangan. Koroplastika san’ati namunalari Kuyovqo‘rg‘on ko‘shkidan topib o‘rganilgan. Haykaltoroshlik san’atida antik davri an’ansi davom etib, o‘zida so‘nggi gandxara va sasoniylar madaniyatining ta’siri sezilib turadi. Tasviriy san’atning boshqa bir turi bo‘lgan rang-tasvir namunalari Bolaliktepa va Tavka yodgorliklarida o‘rganilgan. Bolaliktepa devoriy suratlari nufuzli oilaning bazm marosimlari, Tavka yodgorligi tasviriy san’at namunalari esa ov jarayoni aks ettirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling