Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

G‘arbiy So‘g‘d (Buxoro)So‘g‘dning g‘arbiy qismida ilk o‘rta asrlar 
oid Buxoro, Poykent, Varaxsha va boshqa shaharlar rivojlangan. Ularning 
eng yirigi hisoblangan Buxoro shahrining maydoni 34 ga ni (shundan 
3,5 ga ark) tashkil etgan. Shaharning mazkur davridan madaniy 
qatlamlari keyingi davr imoratlari tagida qolib ketganligi sababli yaxshi 
o‘rganilmagan. 
Ko‘hna Poykent Buxoroning ilk o‘rta asrlar davri shahar 
markazlaridan biri. Poykent o‘rnida mil. avv. III asrda aholi manzilgohi 
shakllanib, V asrda 13 ga maydon egallagan joy mudofaa devori 
bilan o‘rab olinib, shahriston qismi paydo bo‘ladi. V asr oxiri – VI asr 
boshida shahar hududi kengayib, 20 ga maydonni egallagan ikkinchi 
shahriston vujudga keladi. Poykent o‘rta asr yozma manbalarida 
savdogarlar shahri sifatida tilga olingan. 
Buxorodan 30 km shimoli-g‘arbda ilk o‘rta asrlar oid Varaxsha 
manzilgohi joylashgan. Uchburchak shaklga ega bo‘lgan manzilgohning 
umumiy maydoni 6,5 ga dan iborat bo‘lib, mudofaa devori bilan 
o‘rab olingan. Arkda V asrda ta’mirlash ishlari olib borilib, ikkita 
yirik saroy majmuasi, ibodatxona va xo‘jalik imoratlari barpo etiladi. 
Arkning hashamatli xonalari diniy va afsonaviy mazmunga ega bo‘lgan 
mazmunan boy devoriy rang-tasvirlar bilan bilan bezatilgan. 
Janubiy So‘g‘d. Janubiy So‘g‘d ilk o‘rta asrlar davrida Kesh va 
Naxshab vohalaridan tashkil topgan. Shopur I tuzdirgan mamlakatlar 
ro‘yxatida Kas shahri tilga olinib, tadqiqotchilar tomonidan Kesh 
bilan qiyoslangan. Xitoy manbasi Shi (Beyshi), Kyuy-sha yoki Kye- 
shuan (Tanshu) Kesh o‘lkasi bilan qiyoslangan. Kesh shahri ilk o‘rta 
aslarning dastlabki bosqichida hozirgi Kitob shahridagi Qalandartepa 
manzilgohida antik davri o‘rnida faoliyat yuritgan. Keyingi bosqichda 
shahar g‘arbga, hozirgi paytda “Qo‘rg‘on” deb ataladigan joyga 
ko‘chiriladi. 


200 
Varaxsha devoriy surati. 
Kesh vohada Chimko‘rg‘ontepa (40 ga), Kishmishtepa va 
Kamaytepa manzilgohlari o‘lkaning maqomi jihatdan poytaxtdan 
keyingi o‘rinni egallagan shaharlar sanalgan

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling