Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

O‘rta asr shaharlari. Mustaqil feodal davlatlar, xususan, 
samoniylar sulolasi davrida mamlakatning iqtisodiy va madaniy 
hayotiga jiddiy e’tibor berilib, muhim islohotlar o‘tkazadi. Ayniqsa, 
shaharlarni obodonlashtirish ishlari jadallashadi. Shaharlarning 
maydoni kengayib, ichki tuzilmalari murakkablashadi va yangi 
shaharlar paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyoning barcha hududida 
shaharsozlik taraqqiyotida o‘sish davri boshlanib, shaharlar soni 
yanada ko‘payadi. 
Shaharlar ahamiyati, mavqeyi va maydoni jihatdan o‘zaro farq 
qilib, arxeologik belgilariga ko‘ra yirik, o‘rta va kichik shakllari ajralib 
turadi. Shuningdek, shaharlarning uchta qismi (ark, shahriston va 
rabot) to‘liq ajraladi. 
Shaharlarning obodonchiligi, sanitariya va gigiyena holatlariga alohida 
e’tibor berila boshlaydi. Shahar ko‘chalarga tosh to‘shaladi, ichimlik suvi 
va oqovalarda sopol quvurlardan foydalanila boshlaydi. Ishlab chiqarish 
inshootlari shahardan tashqariga, rabot qismiga ko‘chiriladi. 


216 
O‘rta arslar davri tarixiga oid yozma manba ma’lumotlari arab va 
fors mualliflari Istaxriy (X asr o‘rtalari), Muqaddasiy (X asr oxiri), Ibn 
Xavqal, Qudama va Ibn Xurdadbek asarlarida saqlanib qolgan. Ular 
asosan geografik mazmunga ega bo‘lgan. Ushbu yozma manbalar 
O‘rta Osiyo hududidagi shaharlar ro‘yxati, joylashgan o‘rni va ular 
oralig‘idagi masofa to‘g‘risida ma’lumotlar tafsilotidan iborat. Yozma 
manbalar matnlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi bilan 
bog‘liq ma’lumotlar ham mavjud. 
O‘rta Osiyoning eng yirik markazi bo‘lgan Buxoro shahri qadimgi 
o‘rnida rivojlanadi. IX asrning o‘rtalarida shahar yangi mudofaa 
devorlari bilan o‘rab olinib, uning 11 ta darvozasi mavjud bo‘lgan. 
Shahar arkida yangi qurilish inshootlari, xususan, saroy, devonlar 
saroyi va boshqa jamoatchilik imoratlari barpo etilib, tashqi 
tuzilishi tubdan o‘zgaradi. Buxoro shahrining ark qismida 713-yili 
arablar dastlabki masjidni barpo etishadi. Biroz kechroq Registon 
maydonining shimoliy qismida nomozgoh, 795-yili jome masjidlari 
qurilgan. 919-yili unga tutashtirib O‘rta Osiyoda dastlabki minora 
barpo etiladi. 1068-yilda minoraning yog‘ochdan barpo etilgan 
tepa qismi yonib, pishgan g‘ishtdan qayta quriladi. Yozma manba 
ma’lumotlarida keltirilgan ma’lumotlarning guvohlik berishiga ko‘ra 
shahar atrof hududi keng bog‘lar, davlatmand va mansabdor shaxslar 
uy-joy imoratlari bilan band bo‘lgan. 
O‘rta Osiyoning yirikshahar markazlaridan biri bo‘lgan Samarqand 
shahri bu davrda ark, shahriston va rabot qismlaridan tashkil topib, 
asosiy qismi Afrosiyob o‘rnida faoliyat yuritgan. Shaharning to‘rt 
tomonida Kesh, Navbaxor, Buxoro va Xitoy darvozalari joylashgan. 
Janubdagi Kesh darvozasi orqali yangi rabot tomondan kirilgan. 
Buxoro darvozasi shimoliy qismida arka yaqin joyda bo‘lgan. Arablar 
bosqiniga qadar Afrosiyobdan tashqarida devori qiyomat barpo 
etilgan bo‘lib, uning 12 ta darvozasi bo‘lgan. Samarqand shahri 
Somoniylar davlati poytaxti bo‘lgan davrda uchburchak madinaning 
g‘arbida bir necha mahobatli qurilish inshootlari, xususan, saroy 
barpo etiladi. Ma’muriy markaz Buxoroga ko‘chirilgandan so‘ng 
qurilish ishlari to‘xtaydi. Bog‘dodlik geograf ibn Havqal (X asr) 


217 
shahar madinasining tashlandiq holga kelib qolgani, aksincha rabot 
qismining rivojlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot keltirgan. Unda 
shuningdek, shaharning suv ta’minotida quvurlardan foydalanish, 
shahristondagi karvonsaroy, savdo-ishlab chiqarish inshootlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan. Shahar mo‘g‘ullar 
istilosida ko‘p talafot ko‘rib, uzoq muddat turg‘unlik davrini boshidan 
kechiradi. 
O‘rta asr manbalarida birgina Toshkent vohasi hududida 50 dan 
ortiq shaharlar va shaharchalar ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Istaxriy 
bejizga Mavorounnahr va Xurosonda jome masjidlari (masjid – 
musulmon olamida shaharni belgilovchi asosiy alomat) sonining 
ko‘pligi jihatdan Toshkentga teng keladigan o‘lka uchramaydi, degan 
tarifini aytmagan. Muallif ma’lumotlarida “Choch va Iloq mudofaa 
devorlari bilan muhofaza qilingan, darvozalar, arklar, rabotlar, 
bozorlarga ega bo‘lib, ariqlar oqib o‘tadigan shaharlarga boy” o‘lka 
sifatida ta’riflangan. Ulardan eng yirigi Binket, Xarashket, Benoket 
hisoblangan. Binket shahri vohaning ma’muriy markazi hisoblanib, 
uning chegarasi hozirgi Eski Jo‘va hududidagi Chorsu bozori 
hududidan o‘tgan. M.Y.Masson shahar rabotining muhofaza devorini 
kuzatib, shahristonning 16 ga maydonini chegaralagan va rabotining 
chegarasi va mudofaa devorining o‘rnini aniqlashga erishgan. 
Toshkent vohasining yirik shaharlaridan biri Xarashket Buyuk 
Ipak yo‘lidagi yirik savdo-ishlab chiqarish markazi sifatida faoliyat 
yuritgan. Umumiy maydoni 220 ga dan iborat. Qanqaning bu davrdagi 
arki, uchta shahriston, rabot qismlaridan tashkil topib, uch halqa 
mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Yodgorligining janubiy 
qismida taxminan 10 ga maydondagi ixtisoslashgan hunarmandchilik 
ishlab chiqarish inshootlari, karvonsaroy va bozor shaharning voha- 
+dagi yirik savdo-iqtisodiy markaz bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shahar 
mo‘g‘ullar istilosiga qadar (XII asr boshlarida) daryo o‘zanining 
o‘zgarishi sababli tashlandiq holga kelib xarobaga aylanadi. 
Buyuk Ipak yo‘lidagi yirik shaharlardan biri hisoblangan Benoket 
Sirdaryo kechivuda joylashgan. Bu shaharning savdo yo‘lidagi 
ahamiyati yuqori bo‘lib, mustaqil tanga chiqaradigan zarbxonasiga 


218 
bo‘lgan. Maqdisiy qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra shahar aholisi yuksak 
harbiy jasoratga ega bo‘lganligi sababli shaharda muhofaza devorlari 
bo‘lmagan. Hozirgi paytda Sirdaryo toshqinlarida shaharning 
asosiy qismi yuvilib ketishi barobarida ark butunlay nobut bo‘lgan. 
Shahristonda qurilish imoratlarining o‘rni, rabot qismida kulollar 
va shishasozlar ustaxonalari o‘rganilgan. Shahar mo‘g‘ullar istilosi 
davridagi to‘rt kunlik qamal so‘ng vayron qilinib, xarobaga aylangan. 
Termiz uch qismdan iborat shahri bo‘lib, uning maydoni 500 ga 
yetgan. Shaharning barcha qismlari alohida mudofaa devorlariga ega 
bo‘lgan. Shaharda termizshohlar saroyi, aholining uy-joy imoratlari, 
savdo-hunarmandchilik inshootlari va boshqa turdagi imoratlarning o‘rni 
aniqlangan. Termiz shahri XI–XII asrlarda taraqqiyotining yuqori darajasiga 
ko‘tarilib, XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini tufayli inqirozga yuz tutadi. 
Qashqadaryoning asosiy shaharlar markazlari Nasaf, Koson, 
Kesh va boshqa shaharlari rivojlangan. Nasaf hozirgi Shulluktepa 
manzilgohida o‘rnida faoliyat yuritgan. Shulliktepa yodgorligi ark, 
shahriston va rabot qismlaridan tashkil topgan. 
Xorazmda Urganch, Xiva, Xozarasp shaharlari faoliyat yuritgan. 
Farg‘ona vodiysida Quva, Axsikent, Andijon, O‘sh, Qo‘qon va boshqa 
katta-kichik shaharlar bo‘lgan. Umuman O‘rta Osiyoning IX–XIII 
asrlarda shahar yuksak darajada rivojlanib, ular ma’lum davlat 
yoki viloyatning ma’muriy markazi bo‘lish bilan birgalikda, savdo- 
iqtisodiy va madaniy markazlar ham hisoblangan. 
XIII asrning boshida Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ul-tatarlar 
bosqinida O‘rta Osiyoning ko‘pgina shaharlari (Samarqand, Termiz, 
Benoket) vayron qilinib, ba’zilari butunlay inqirozga uchragan bo‘lsa, 
ba’zilari uzoq muddat tashlandiq holiga kelib qoladi. XIV asrning 
boshlarida mintaqada ma’lum siyosiy barqarorlik hukm surib, Chig‘atoy 
ulusi hukmron doirasi vakillari olib borgan obodonchilik ishlari natijasida 
ayrim shaharlar (Qarshi, Andijon) yangi joylarda qaytadan tiklanadi. 
O‘rta Osiyo shaharsozligi taraqqiyotining keyingi bosqichi 
Movaraunnahrda Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o‘rganilish 
va temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog‘liq bo‘lib, mo‘g‘ullar 
davrida vayron etilgan shaharlar qayta tiklanib, rivojlanish davom 


219 
etadi. Shaharsozlik taraqqiyoti o‘zining yuksak cho‘qqisiga Amir Temur 
davrida ko‘tariladi. Bu davrda nisbatan Samarqand va Shahrisabzning 
obodonchiligiga katta e’tibor qaratilib, asosiy qurilish ishlari va 
me’morchilik inshootlari mana shu ikki shaharda barpo qilingan. 
Amir Temur farmoni bilan Toshkent vohasining Sirdaryo bo‘yida 
joylashgan Benoket shahri Shohruxiya nomi bilan qayta tiklanadi. 
Shuningdek, temuriylar davrida Hirot shahrida ham jiddiy qurilish 
ishlari olib boriladi. A.Navoiyning sa’y harakatlari bilan ko‘plab 
jamoatchilik imoratlari barpo etiladi. 
So‘nggi o‘rta asrlar davrida dunyo tarixida sodir bo‘lgan 
muhim o‘zgarishlar O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz yo‘lining ochilishi O‘rta 
Osiyo hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li ahamiyatini yo‘qotib, fan- 
texnika va madaniy taraqqiyot yutuqlaridan chetda qolib ketadi. 
Shuningdek, xonliklar davri hokimiyati taxti uchun o‘zaro kurashi, 
markaziy hokimiyatning beklar bilan olib borilgan doimiy kurashi 
mintaqaning madaniy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling