215
2-bob. O‘rta asrlar davri moddiy madaniyati
Kalit so‘zlar: ark, shahriston, rabot, koshin, girih, islimiy, gumbaz,
minora, maqbara , karvonsaroy.
O‘rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari. O‘rta Osiyonig
IX–XIII asrlar boshlariga oid tarixi
chuqur siyosiy jarayonlar, ya’ni
yirik feodal davlatlarning vujudga kelishi
va ularning almashinuvi
bilan tavsiflanadi. IX asrning oxirgi
choragidan boshlab arab
xalifaligidan mustaqil siyosat yurita boshlagan toxiriylardan boshlab,
mo‘g‘ullar istilosiga qadar somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar,
saljuqiylar, g‘aznaviylar davlatlari faoliyat yuritgan. Siyosiy jarayonlar
bevosita mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy taraqqiyotga
o‘zining ta’sirini o‘tkazgan.
Rivojlangan o‘rta asrlar davrida yirik feodal davlatlarning qaror
topishi siyosiy barqarorlikning ta’minlanishiga, mintaqaning iqtisodiy
yuksalishi va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga olib keladi.
Savdo munosabatlarining yuksalishi, ixtisoslashgan hunarmandchilik
ishlab chiqarishining o‘sishini ta’minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: