Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Me’morchilik. Arablar bosqini davrida O‘rta Osiyoning shahar 
va qishloqlarida qurilish ishlari deyarli to‘xtab qolgan. Obodonchilik 
ishlari IX asrning boshlaridan boshlab qayta jonlana boshlagan va X– 
XII asrlarda kuchaygan. Bu davrda mahalliy hokimiyat oldida avval 
shahar mudofaasini ta’mirlash va uy-joy, jamoatchtilik imoratlari 
(bozor, karvon, saroy, sardoba), mahalliy amaldorlar uchun saroy, 
qasrlarni barpo etish vazifasi turar edi. Shuningdek, mahalliy aholi 
uchun yangi imoratlar-machit, madrasa qurish talab qilinar edi. Buyuk 
shaxslar qabrlari ustiga maqbaralar barpo etish an’anasi kuchaydi. 
Bu davr shaharlar ko‘rkini mahobatli me’morchilik inshootlari 
bezab turgan. Somoniylar davridan boshlab mahobatli inshootlarini 
qurishda pishgan g‘ishtlardan foydalanila boshlanishi imoratlarning 
mustahkamligini ta’minlash bilan birgalikda ularning ko‘rkamligini 
ham oshirgan. Ma’lumki, IX asrdan shaharlarda diniy imoratlar: 
masjid, madrasa va maqbaralar barpo etish an’anaga aylanadi. 
Ularining old qismida bo‘y cho‘zib turgan peshtog‘i va gumbaz 
shaklida yopilgan tomi ko‘rkini yanada oshirgan. 


220 
Somoniylar davri me’moriy obidalari ixcham va me’moriy 
yechimi sodda bo‘lgan bo‘lsa, qoraxoniylar, ayniqsa, temuriylar davri 
me’moriy obidalari yirik va salobatli ko‘rinishda bo‘lib, ularning 
mahobatiga mos holda konstruksiyasi ham murakkablashadi. 
Shayboniylar davri me’morchiligida asosiy e’tiborni ularning 
ahamiyati qaratgan. Bu davrda ko‘proq savdo-ishlab chiqarish va 
jamoatchilik inshootlari quriladi. 
Umuman o‘rta asrlar dariga oid me’morchilik obidalari davlatning 
qudratini namoyon etadi. Agar somoniylar davrida qurilgan imoratlar 
kichkina va ixcham bo‘lgan bo‘lsa, qoraxoniylar davrida mahobatli, 
Amir Temur davrida esa juda yirik bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur 
bejizga Oqsaroy peshtog‘iga “Qudratimizga shubha qilsang qurgan 
imoratlarimizga boq”, degan so‘zlarni yozdirmagan. 
IX asrdan boshlab qurilishda pishgan g‘isht ishlatila boshlanib, 
X asrda keng joriy qilinadi. Pishgan g‘ishdan qurilgan imoratlar 
nafaqat mustahkam balki, ularning tashqi qiyofasi ko‘rkam va 
mahobatli bo‘lgan. Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi shunday 
qurilish inshootlaridan biridir. Maqbarani qurishda pishiq g‘ishtdan 
turli usullarda foydalanilgan. G‘ishtlar to‘g‘ri, ko‘ndalang, yon va qirra 
tomonlari bilan terilib, ular o‘ziga xos bezak hosil qiladi. Maqbaraning 
tashqi tuzilishi juda sodda. Me’morchilik obidasining tomi gumbaz 
shaklida yopilgan. Maqbara devorining tepa qismida kichik arkalar 
ketma-ket joylashgan. Burchaklaridagi minorasimon ustunlar 
devorlariga biriktirilgan. Eshiklarining tepasi ham arkasimon. 
Shuningdek, Arabota, Karmanada Said Bahrom Uzunda, Oq 
Ostonabobo, Termizda at-Termiziy maqbaralari kabi me’moriy 
obidalari saqlanganki, ular qurilish usuli va bezalishiga ko‘ra umumiy 
va o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Ularning 
devorlari ganchli murakkab o‘yma naqshlar bilan bezatgan. Bu davr 
me’morchiligida islimiy va girih uslubidagi naqshlar bilan bezash 
keng tarqaladi. Me’moriy obidalar devorining sirtini bezashda 
koshinlardan foydalanila boshlaydi. Koshinlar ko‘k va yashil 
ranglardan iborat bo‘lgan. Me’morchilik inshootlarini barpo etishda 
murakkab qurilish (qubbalar, yoysimon arklar, gumbazlar, peshtoq) 
usullari qo‘llanilgan. 


221 
Bu davrda shahar atrofi va tashqarisida qo‘rg‘onlar va 
qarorgohlar ham barpo etilgan. Ulardan Buxoro yaqinidagi Raboti 
Malik karvonsaroyi hovlisi ichkarisida kichkina xonalar joylashgan. 
Devor xom g‘ishtdan qurilib, sirtiga pishiq g‘isht bilan qoplangan. 
Tomi gumbaz shaklda yopilib, uning atrofida kichik gumbazlar o‘rin 
olgan. 
VII–IX asrlarga oid masjidlar bizgacha deyarli etib kelmagan. Ulardan 
Buxoroda Diggaron va Mog‘aki Attoriylar va boshqalar saqlangan. Ular 
asosiy katta xonadan iborat bo‘lib, usti gumbaz qilib yopilgan. Masjidlar- 
da aylana shakldagi minoralar bo‘lgan. XII asrlarga oid Buxoroda 
Minorayi Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari saqlanib qolgan. 
Ularning tashqi tuzilishi bir-birini takrorlamaydi. Dastlabki ikkitasi 
silliq holda ko‘tarilgan bo‘lsa, Jarqo‘rg‘on minorasi tagkursi ustida qator 
ustunsimon shaklda qurilib, tepada kichik arkalarga tutashgan. Tepa 
qismi davom ettirilib, o‘rtasi belbog‘simon shaklni hosil qilgan. 
Bu davrning alohida shaxslar uchun maqbaralar qurish an’anasi 
kuchaydi. Maqbaraning ba’zilari to‘liq pishiq g‘ishtdan yoki xom g‘isht 
aralashtirib qurila boshladi. Ularga gumbazli, ba’zan ravoqli qilib qurilgan. 
Ulardan Marvda Sulton Sanjar, Xorazmda (Urganch) el Arslon va 
Takashlarning maqbaralari diqqatga sazovordir. El Arslon va Takash 
maqbaralari kvadrat shaklida bo‘lib, tepasida baland gumbaz joylashgan. 
Ular o‘ziga xos me’moriy uslubi va bezalish san’ati bilan ajralib turadi. 
XIV asrning oxirda O‘rta Osiyo me’morchiligi mo‘g‘ul-tatar bosqinidan 
so‘ng o‘zining yangi taraqqiyot bosqichiga kiradi. Me’moriy obidalarning 
gumbaz va qubbalar tuzilishi murakkablashadi. Me’morchilikdagi katta 
yutuqlardan biri, ularga beriladigan bezak va ranglarnig mazmunan 
boyishidan iboratdir. Koshinlar asosan ko‘k, oq va havo ranglarda bo‘lib, 
gumbazlarga asosan havo rang berilgan. 
Bu davrga oid me’moriy obidalar ko‘proq Samarqand va 
Shahrisabz shaharlari barpo qilinadi. Shuningdek, Xorazmda ham 
mo‘g‘ullardan so‘ng huvillab qolgan Urganch shahrida qurilish 
ishlari jonlanadi. Bu davrda Samarqandda Bibixonim, Go‘ri Amir, 
Shohizinda, Shahrisabzda Oqsaroy va boshqa ko‘plab me’morchilik 
inshootlari barpo qilinadiki, ular Sohibqiron Amir Temur davrida 


222 
qurilgan boy me’morchilik namunalaridir. Ulug‘bek davrida ham bir 
necha me’morchilik inshootlari barpo etiladi. Bu davrda shaharlarda 
ko’proq madrasa va masjidlar qurilgan. 
Shayboniylar davrida ham Samarqand shahrida jamoatchilik 
imoratlarini qurish to‘xtamaydi. Poytaxt Buxoroga ko‘chirilgandan 
so‘ng asosiy qurilish inshootlarini barpo qilish mazkur shaharga 
ko‘chadi. Buxoro shahri mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Shahar 
me’morchiligida, xususan, diniy imoratlar qurishda eski an’analari 
yangisi bilan uyg‘unlashadi. Jamoatchilik imoratlarini qurishda 
yangi me’morchilik an’analarining ustunligi yaqqol seziladi. Ayniqsa, 
imoratlardagi gumbazlarning xonalariga mos tushishi me’morlar 
izlanishining natijasidir. 
Bu davrda ham jamoatchilik inshootlari; masjid, madrasa, xonaqoh, 
sardoba, karvonsaroy va boshqa qurilish inshootlarni qurishga 
ko‘proq e’tibor qaratadi. XVI asrning me’moriy bezaklari temuriylar 
davri an’anasi davom etsa-da, XVI asrning ikkinchi yarmidan so‘ng eng 
sodda kam mehnat talab qiladigan bezaklardan keng foydalaniladi. Bu 
davrga oid Mir Arab madrasasi va masjidi, Kalon majmuasi, Abdullaxon 
madrasalari va boshqa me’moriy obidalar qurilgan. Shuningdek, 
Toshkentda Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari barpo etiladi. 
XVII–XVIII asrlar davri me’morchiligi o‘tgan asr an’analarining 
davomi sifatida rivojlanadi. Buxoro, Samarqand va boshqa 
shaharlarda ko‘plab me’moriy obidalar barpo qilinadi. Ayniqsa, 
Xorazm me’morchiligi o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanib, Xiva 
shahrida pishiq g‘ishtdan bir necha madrasalar barpo etiladi. XVII 
asr o‘rtalarida Urganch shahri hozirgi o‘rniga ko‘chirilib, bu yerda 
ham yangi qurilish inshootlari barpo qilinadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling