Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Farg‘ona. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyo hududagi ilk o‘rta asrlar
davri yirik tarixiy o’lkalaridan biri bo’lib, Xitoy yozma manbalarida Lona (Polona) Boxan, Ninyuan nomlari bilan tilga olingan. Bu yerda ilk o‘rta asrga oid 250 dan ortiq arxeologiya yodgorliklar qayd etilib, shundan 22 tasi shahar turidagi manzilgoh hisoblanadi. Farg’onaning Koson, Axsikent, Quva, Andijon, O‘sh, O‘zgan, Qo‘qon kabi yirik shahar markazlari va Qo‘rg‘ontepa, Oqbura kabi boshqa shahar hamda shaharchalar faoliyat yuritgan. Koson va Axsikent Farg’ona o‘lkasining shimoliy qismida joylashgan. Koson mahalliy hukmdorlarning poytaxti va Turk xoqonligining qarorgohi bo‘lgan. Maydoni unchalik katta bo‘lmagan trapetsiya shaklidagi shahar mustahkam mudofaa devoriga ega bo‘lgan. Janubi-sharqiy tomonda arki joylashgan. Shahar yaqinida oltita minorali turk hukmdorlarining qarorgoh-qasri o‘rin olgan. A.N.Bernshtam shahar ichkarisidagi ochiq joyda turk amaldorlarining chodiri bo’lgan, degan fikrni bildirgan. 212 Farg‘onaning ilk o‘rta asr xaritasi Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davri aholi manzillari orasida Axsikent mavqeyi va ahamiyati jihatdan ikkinchi shahar hisoblanadi. Shahar xarobalari o‘lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o‘ng sohilida saqlanib qolgan. Shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat ko‘hna shaharning maydoni 70 ga. Antik davrida shakllangan manzilgoh ilk o‘rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar qarorgohi joylashgan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Ko‘hna shaharni o‘rab turgan mudofaa devor burjlar bilan kuchaytirilgan. Shahristonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan arki, chuqur xandaq bilan ajratilgan. Arxeolog A.N.Bernshtamshaharningshakllanishini Kushondavri bilan, taraqqiyotini esa VI–VII asrlar bilan belgilaydi. A.Anorboyev esa shahar mil. avv. II asrning boshlarida shakllangan deb hisoblaydi. Shaharning ilk o‘rta asrlar davriga oid madaniy qatlamlari yaxshi o‘rganilmagan. Yozma manbalarda hukmdor qarorgohi bo‘lganligi qayd etilgan. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar davriga oid boshqa shahar markazi hozirgi Quva shahrining sharqiy chekkasida kvadratsimon shakldagi maydoni (12 ga) manzilgoh o‘rnida faoliyat yuritgan. Manzilgohning shimoli-sharqida (2 ga) ark joylashgan. Shahristonni uch tomondan rabot 213 o‘rab olingan. Ilk o‘rta asrlarda shaharda uy-joylar ko‘payib, aholi mudofaa devoridan tashqaridagi yerlar o‘zlashtiradi. Qurilish imoratlar xom g‘isht va paxsadan barpo qilingan. Katta uylar yog‘och ustunlar yordamida tomi tekis yopilgan. Ko‘hna shahar yaqinida budda ibodatxona joylashgan bo’lib, u VII asrda buzib tashlangan. Arab manbalarida Quva shahri ilk o‘rta asrlarda taxt vorisining qarorgohi joylashganligi keltiriladi. Farg‘ona vodiysining xilma-xil tabiati va iqlim sharoiti turli xil xo‘jalik sohalarining rivojlanishi hamda har bir hududda o‘ziga xos xo‘jalik turining qaror topishini ta’minlagan. Sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik, bahor va kuz fasllarda yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adigan tog‘ oldi hududida lalmi dehqonchiligi rivojlangan. Bog‘dorchilik va polizchik dehqonchilik asosiy tarmog‘i hisoblangan. Toshloq yerli hududlar uzumchilikning rivojlanishi uchun qulay joylar hisoblangan. Farg‘ona vodiysining chim o‘tli janubiy qismida chorva mollari yozda boqiladigan yaylovni, markaziy qismidagi yarim cho‘l hududi esa qishki yaylovni tashkil etgan. Chorvachilikda kichik tuyoqli mollar yetakchilik qilgan. Shuningdek, qoramol va yilqichilik ham qo’shimcha chorva hisoblangan. Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning metall ma’danlariga boy o‘lkalardan biri hisoblanadi. Vodiyning temir, oltin va simob rudalariga boy bo‘lgan konlari to‘g‘risida qadimgi va o‘rta asrlar davri manbalarida qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bu yerdagi ma’dan konlari antik davrdan qazila boshlagan. Ilk o‘rta asrlarda metallarga ishlov berish hunarmandchiligi yuksak darajada rivojlanib, ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. Bu davrda mahalliy temir rudalariga ishlov berish takomillashgan. Qurol yarog‘lar, mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or anjomlari asosan temirdan yasalgan. Yodgorliklardan omoch so‘qasi, bolta, pichoq va paykonlar topilgan. Vodiyning antik davri uchun xos sirtiga qizil angob surtilgan sopollari keskin kamayib, ularning o‘rnida rangi oqish, ayrim hollarda sirtiga oqish angob surtilgan buyumlar ko‘payadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida yasalgan. 214 Farg‘ona vodiysida birorta dunyoviy din yetakchi o‘rinni egallamagan. Ibtidoiy diniy qarashlar, xususan, totemizm, fetishizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish, butlarga sig‘inish odatlariga xos alomatlar moddiy manbalarda o‘z aksini topgan. O‘rta asrlar davri muallifi al- Shahristoniy Koson shahrida quyosh ibodatxonasi mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Farg‘ona vodiysining daryo bo‘ylaridagi baland qayirlarda va ekin maydonlarining chetida ilk o‘rta asrlar davriga oid dafn inshootlari joylashgan. Ular qabr-qo‘rg‘on osti go‘rlar, chuqur, yorma va lahat qabrlar, usti yog‘och to‘sin bilan yopilgan chuqur qabrlar, yer osti dahmasi, yer ustida joylashgan mug‘xona va nauslardan iborat. Farg‘ona vodiysining qulay tabiiy sharoiti, suv zaxiralariga boyligi, tog‘ va tog‘ oldi hududi yaylovlari agrar ishlab chiqarish taraqqiyotining asosiy omil hisoblangan. Mahalliy kon zaxiralari hunarmandchilik ishlab chiqarishning rivojlanishini, o‘lkaning Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashganligi xalqaro savdo aloqalari taraqqiyotini ta’minlagan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling