Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Hunarmandchilik. O‘rta Osiyoning rivojlangan o‘rta asrlar
davri hunarmandchiligida, temirchilik, shishasozlik, to‘qimachilik, kulolchilik va boshqalar muhim o‘rin tutadi. Temirchilik nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham xiyla rivojlanib, undan mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qulf-kalitlar, shamdonlar, surmadonlar va boshqa buyumlar yasalgan. Temir buyumlar quyish va bolg‘alash usulida yasalgan. 223 IX–X asrlardan shisha ishlab chiqarish hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanadi. Shishasozlik, asosan shaharlarda rivojlanadi. Afrosiyob, Varaxsha va Nisolarning o‘rta asrlar davri madaniy qatlamidan shisha buyumlar topilgan. Ular har xil shakl va hajmli uy- ro‘zg‘or buyumlaridan tortib, zeb-ziynat va pardoz-andoz anjomlarigacha bo‘lgan topilmalarni tashkil etadi. Shishalarning asosiy ko‘pchiligi rangsiz. Rangli shishalar ham mavjud bo‘lib, ular asosan idishlarning sirtini bezashda ishlatilgan. Bu davr shishasozlari turli usuldan foydalangan, xususan, puflash yo‘li bilan yupqa shishalar ishlab chiqargan. Puflash yo‘li bilan idishlarga bezak berishda, deraza oynalarini yasashda foydalanilgan . XI–XII asrlarda shishaga bo‘lgan talab yanada ortib, ishlab chiqarish sur’ati tezlashadi va rangdor shishalar soni ko‘payadi. O‘rta asrlar davriga kelib kulolchilikda katta yutuq erishildi. Sopollarni naqshlar bilan bezash va ularni sirlash texnikasi o‘zlashtiriladi. O‘rta Osiyoda sirli sopollar VIII asrning ikkinchi yarmida ishqorli shaffof sirlar paydo bo‘ladi. Sirning tagida naqshlar asosan uch xil rang-bo‘yoqdan: sariq, ko‘k va yashil ranglarda chizilgan. Yashil rangda tasvirning shakli chizib olingan, sariq va ko‘k ranglarda yuzasi bo‘yalgan. VIII asrning oxirida sirlangan sopollar soni ko‘payib, janubiy hududlarning barcha shaharlarida ishlab chiqariladi. Sir ostiga asosan o‘simlik tasvirlari, xususan, nayza bargli naqshlar chizilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, islom dinida jonli mavjudodni tasvirlash qat’iy man etilgan. Shunga qaramasdan qushlarning tasviri tushirilgan naqshlar uchrab turadi. IX–X asrlarda ishg‘orli, qalayli va yuqori sifatga ega bo‘lgan qo‘rg‘oshinli sirlardan foydalanilgan. Idishlar tez aylantiriladigan charxda yasalib, turli rangli angobda jilo berilgan. Ichki yuzasiga turli xil rangda tasvirlar tushurilgandan so‘ng, olovda pishirilgan. Undan so‘ng esa sirlanib ikkinchi marta qayta pishirilgan. Bu davrda kulollar och ko‘k, sariq va qoramtir jigar ranglardan keng foydalangan. Boshqa bir turli idishlar esa oq rangga bo‘yalib, ustidan qora va jigar rangdagi yozuvlar bilan bezatilgan. Och ko‘k va havo rangdagi sirlardan ham keng foydalanilgan. Naqshlar geometrik to‘r, shtrix, chiziq, yulduzcha va aylana shakllar hamda o‘simlik, barglar va boshqalardan iborat. 224 Sopollarda hayvon va qushlarning tasviri tushirilgan naqshlar, hamda shukurona va nasihat so‘zlari bitilgan yozuv naqshlar ham mavjud. XII asr oxiri XIII asr boshlariga kelib kulolchilik sifatining pasayishi sodir bo‘ladi. Sirlari ko‘kimtir rangdagi dog‘simon tusga kirib, naqshlar o‘zining aniqligini yo‘qotadi. XIV asrning boshlariga kelib kulolchilik o‘zining ilgarigi holiga qayta boshlaydi. Tagi qora bo‘yoqda naqshlangan zangori rangdagi sirlar keng qo‘llaniladi. XV asrlarda qora rangli naqshlar va zangori rang sirlar an’anasi davom etib, o‘zidan oldingi davrdagiga nisbatan sifati bir oz oshadi. XVI asrda esa idishlar oq va zangori bo‘yoqlarga, asr oxirida esa to‘q zangori bo‘yoqqa bezatilib, naqshlari girih va islimiy shakllardan tarkib topadi. Umuman O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar davri tarixi turli siyosiy vaziyatlar va jarayonlar bilan tavsiflanadi. Mintaqada sodir bo’lgan siyosiy jarayonlar bevosita hududning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini belgilab berishga xizmat qilgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling