Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Shimoliy Xuroson. Janubiy Turkmaniston hududi ilk o‘rta
asrlar davrida Eron sosoniylariga bo‘ysungan, VII asr o‘rtalarida Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Sosoniylar davlati harbiy-ma’muriy jihatdan to‘rtta hududdan iborat bo‘lgan. Ulardan biri Xuroson hududiga hozirgi Eronning shimoli-g‘arbiy qismi va Janubiy Turkmaniston yerlari kirgan. Shimoliy Xurosonni tashkil etgan Janubiy Turkmaniston Marv, Marvrud, Badgis va Saraxs viloyatlari joylashgan. Kopetdagning g‘arbiy chekkasidagi Gurgan vohasi Xuroson tarkibida bo‘lganligi to‘g‘risida aniq fikr bildirish qiyin. Shimoliy Xurosonning ilk o‘rta asrlar davri yodgorliklari shahar markazlari, dehqonchilik qishloqlari, yer egalarining ixcham qasrlari, uy-qo‘rg‘onlari va diniy inshootlardan iborat. Yirik shahar markazlaridan Ko‘hna Marv, Saraxs, Hisrovqal’a shaharlari va Durnali, Chongli va Uli Kishman kabi shahar turidagi manzilgohlar faoliyat yuritgan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda sosoniylar hukmronligi davrida Gyaurqal’a inqirozga uchrab, ba’zi joylari tashlandiq holiga kelib qoladi va shaharda aholi soni kamayib ketadi. Parfiya davrida barpo etilgan mudofaa devorida ta’mirlash ishlari olib borilib, VII asrda inqiroz bartaraf etilgan. Shaharda obodonchilik ishlari olib borilib aholi uy-joy imoratlari ko‘payadi va hunarmand kulollar mahallasi paydo bo‘ladi. 195 Arab xalifaligining O‘rta Osiyoning markaziy viloyatlariga amalga oshirgan harbiy harakatlari bevosita Marv shahridan boshlangan. Murg‘ob vohasi xalifalik tarkibiga kiritilgandan so‘ng Marv shahri xalifalik noibining ma’muriy markazi aylanadi. Marv vohasida antik davrida shakllangan Durnali, Chongli va Uli Kishman yodgorliklari o‘rnida shaharlar faoliyat yuritgan. Ular vohaning hunarmandchilik, savdo va madaniyat tariqqiy etgan muhim markazlari edi. Saraxs vohasida shu nomdagi shahar, Kopetdog‘ oldi hududida Hisrovqal’a shahri faoliyat yuritgan. Ushbu shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lgan. Ular Parfiya davrida paydo bo‘lib, ilk o‘rta asrda yanada rivojlangan. Shimoliy Xuroson aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. O‘troq dehqonchilik vohalarida sug‘orma dehqonchilik va tog‘ oldi hududida lalmi dehqonchiligi rivojlangan. Irrigatsiya sohasida suv manbaining tanqisligi sababli kichik suv omborlaridan foydalanilgan. Suv omborining o‘rni Marv vohasi va Kopetdog‘ oldi hududida saqlanib qolgan. Dehqonchilikda asosan dukkakli ekinlar: bug‘doy, arpa, jo‘xori, no‘xat, loviya, mosh va poliz ekinlari ekilgan. Kunjut va zig‘ir kabi yog‘ o‘simliklari yetishtirilgan. Texnik ekinlardan paxta va kanop ekilgan. Bog‘dorchilik yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining kulolchilik, metallarga ishlov berish, zargarlik, to‘qimachilik, suyakka va toshga ishlov berish kabi sohalari rivojlangan. Ilk o‘rta asrlarning dastlabki bosqichga oid sopollarning sifati ancha past bo‘lgan, ularning loyi yaxshi pishirilmagan. Sopol buyumlar asosan noksimon, tuxumsimon, sharsimon shaklli tor va keng bo‘g‘izli ko‘zalar hamda chuqur likopchalardan iborat. V–VII asrlarda sopol buyumlarining sifati oshadi. Sopollar obdon tindirilgan loydan yasalgan va yuqori haroratda pishirilgan. Marvning ilk o‘rta asrlar davri amaliy san’atida koroplastikaning ahamiyati yuqori bo‘lib, ko’proq ayol ma’budasining haykalchalari yasalgan. Haykalchalar qolipda yasalgan. Ilk o‘rta asrning boshida antik davrida urf bo‘lgan ayol ma’budasining bir turi – “ona-ma’buda” bosh kiyimi va qo‘llarida oyna ushlab turgan holatda tasvirlangan. Boshqa bir turdagi haykalchalar “qiz-ma’buda”sini aks ettirib, bosh kiyimsiz, sodda ishlangan. 196 VI–VII asrlarda koroplastika san’ati o‘zining ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Uning o‘rnini qo‘lda yasalgan antropomorf, xususan, erkak, otliq va ot tasviridan iborat haykalchalar egallagan. Ot tasvirlangan haykalchasining sirtiga osmon jismlari: quyosh, oy va xoch belgilari tushirilgan. Bunday tasvirlar o‘rta asrlar davri aholisining koinot to‘g‘risidagi dunyoqarash tushunchalari aks ettirgan. Bu davrda davri zoomorf, antropomorf, o‘simlik va yozuvlar tushirilgan bullalar keng tarqalgan. Shimoliy Xurosonning ilk o‘rta asrga oid yodgorliklarida buddaviylik, zardushtiylik va xristianlik diniga oid ibodatxonalar o‘rganilgan. Bu arablar istilosigacha aholi o‘rtasida bir nechta dinlarga e’tiqod qilganligidan dalolat beradi. Hatto, Marv ilk o‘rta asrda manixeylik diniy ta’limotining markazi bo‘lgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling