Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Farg‘ona vodiysi. Farg‘ona tarixiga oid fors va yunon-rim yozma 
manbalarida jo‘yali ma’lumotlar mavjud emas. Gerodotning “Tarix” 
asarida keltirilgan parikaniylarni ayrim tadqiqotchi olimlar Farg‘ona 
vodiysi hududi yashagan, deb hisoblasa, boshqalar inkor qilgan. Tarix 
sahifalarida Farg‘ona to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar mil. avv. II asrdan 
boshlab Xitoy manbalarida uchrab boshlaydi. Xitoylik sayyoh Chjan 
Syanning mil. avv. 138-yilda g‘arbiy o‘lkalarga qilgan safari tafsilotlari 
bilan bog‘liq. Antik davri Xitoy yozma manbalarida (Shitszi, Xanshu), Da- 
van (Da-yuan) davlati to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. 
Sima Syanning “Shitszi” asarida keltirgan ma’lumotlarga 
qaraganda Davanda yashagan aholi o‘troq hayot kechirib, guruch, 
bug‘doy musallasbop uzum navini yetishtirgan. Afsonaviy uchar 
otlari – arg‘amaqlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, 
manbada o‘lkada 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar, xususan Ershi 
va Yuchen shaharlari tilga olingan. 
Antik davriga oid yodgorliklar majmuasini Y.A.Zadneprovskiy 
Sho‘rabashat (mil. avv. IV–I asrlar–Sho‘rabashat va Qoratepa 
bosqichlar) va Marhamat (I–IV asrlar Xo‘jambog‘ va Marhamat 
bosqichlari) davrlariga ajratadi. N.G.Gorbunova Farg‘on vodiysining 
Eylaton madaniyati o‘rnida vujudga kelgan yodgorliklarini Ko‘gay- 
Qorabuloq madaniyati (mil. avv. II-VII asrlar) nomi bilan yuritgan. 
Ko‘gay yodgorligi o‘troq dehqon jamoasi yodgorligi, Qorabuloq esa 
chorvadorlarga oid qabr-qo‘rg‘ondan iborat bo‘lib, o‘troq dehqon 
jamosi aholisi bilan tog‘oldi hududda yashagan chorvador qabilalar 
o‘zaro aloqada bo‘lgan. Ko‘gay-Qorabuloq madaniyatining dastlabki ikki 
bosqichi (ilk – mil. avv. III–I, ikkinchi bosqichi I–IV) antik davriga oid. 
Farg‘ona vodiysining antik dari o‘troq dehqonchilik manzilgohlari 
alohida mikrovohalar: Yassi, Qoradaryo, Qorsuv, Sirdaryoning 


184 
yuqori oqimi hududida tarqalgan. Yodgorliklar katta-kichik shahar 
va qishloq xarobalaridan iborat. Bu davrga oid 20 ga yaqin katta- 
kichik shahar turidagi manzilgohlar aniqlangan. 
Shurabashat davri manzilgohlarining ko’pchiligi Farg‘ona 
vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Farg‘onaning sharqida, Yassi 
daryosi bo‘yida joylashgan Shurabashat manzilgohi antik davriga oid 
eng yirik manzilgoh hisoblanadi. Umumiy maydoni 70 ga keladigan 
ko‘hna shahar xarobasi daryodan tashqari uch tomoni mudofaa devor 
bilan o‘rab olingan. Devor burjlar bilan kuchaytirilgan. Manzilgohning 
sharqida joylashgan ark qismi ham alohida mudofaa devoriga ega. 
Shahriston zichlangan tuproq – val devor o‘rab olgan. Devorning 
sirtiga xom g‘isht terilgan. Arkning mudofaa devori esa xom g‘ishtdan 
terilgan. Ko‘hna shaharning asosiy qismida qurilish imoratlari 
uchramaydi, ochiq qoldirilgan. Bu manzilgohni Y.A.Zadneprovskiy 
xitoy manbalarida qayd etilgan Yuchen shahri bilan qiyoslangan. 
Shurabashat davrida Farg‘ona vodiysida Qoradaryo, Mingtepa 
(Marhamat), Sarvontepa, Chordonatepa manzilgohlari o‘rnida 
qadimgi shaharlar faoliyat yuritgan. 
Shurabashat davri sopollari 


185 
Marhamat bosqichida aholi soni ko‘payib, ular yashaydigan 
hududlar doirasi kengayadi. Sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya tizimi 
takomillashib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Milodning boshida vodiyning 
tog‘oldi hududlari ham o‘zlashtirilib, aholi manzillari paydo bo‘ladi. 
Shahar va qishloqlar rivojlanib, ularning soni yanada ko‘padi. Shahar 
markazlarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo jamlanadi. 
Yirik shahar markazlaridan Marhamat manzilgohining maydoni 
40 ga Manzilgohda mil. avv. III–II asrlarda shahar sifatida shakllanib, 
I–III asrlarda taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Shaharning 
atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Mudofaa devor burjlar 
va shinak bilan kuchaytirilgan. Shaharning imoratlarini qurishda 
paxsa va xom g‘isht ishlatilgan. Shahristonning asosiy qismi ochiq 
qoldirilgan, qurilish imoratlari uchramaydi. 
Arxeolog A.N.Bernshtam manzilgohni Xitoy manbalarida qayd 
etilgan Davan davlatining poytaxti – Ershi shahri bilan qiyoslagan. Buyuk 
Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan shahar IV asrgacha Farg‘ona vodiysidagi 
yirik savdo-iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lgan. 
Marhamat davrida aholi Farg‘ona vodiysining barcha yerlarini 
o‘zlashtirib, aholi manzillari, xususan, shaharlar soni yanada 
ko‘payadi. Bu davrga oid Kalamishtepa (Darvozaqirtepa), 
Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa, Qilichqabr II, To‘rtko‘l, Oqbura, Ko‘hna 
Quva yodgorliklari Farg‘ona vodiysining antik davri kichik shaharlari 
yoki shaharchalarining xabasidir. 
Andijon shahridan 40 km g‘arbda joylashgan Kalamishtepa 
(Darvozaqirtepa) manzilgoh uch qismdan iborat bo‘lib, II–III asrlarga 
oid. Manzilgoh arki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib, atrofi 
mudofaa devori bilan o‘rab olingan va uning sirtida xandaq mavjud. 
Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi hududida chorvador qabilalari 
yashagan. Antik davriga oid Vorux, Turatosh va Qorabuloq 
qabristonlarida mingdan ortiq qabrlar aniqlangan. Ular oddiy o‘ra, 
yorma va katakomba (lahat) qabrlardir. Ichki tomonidan xom 
g‘isht yoki tosh terib chiqilgan qabrlar, ya’ni sistalar ham mavjud. 
Marhumlar tirikligida jamiyatda egallagan mavqeyiga qarab ma’lum 
kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan. 


186 
Shahar markazlarida ixtisoslashgan hunarmandchilikning 
to‘qimachilik, kulolchilik, metallarga ishlov berish, xususan, 
temirchilik, misgarlik va bronza quyish va boshqa turlari rivojlangan. 
Mahalliy kon zaxirasiga asoslangan hunarmandchilik sohalari qishloq 
xo‘jalik va binokorlik asbob-uskunalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda 
harbiy qurol-yarog‘larni yasashga ixtisoslashgan. 
Bronza quyish ustaxonasining o‘rni Farg‘ona vodiysining ko‘pgina 
manzilgohida aniqlangan. Topilgan kam sonli metall buyumlari 
temir, bronza va misdan ishlangan. Har xil metaldan yasalgan uy- 
ro‘zg‘or, xo‘jalik buyumlari va qurol yarog‘larning kam sonli nusxasi 
saqlanib qolgan. Temir Korug‘i manzilgohidan uzunligi 34 sm, eni 4 
sm keladigan qilichning pastki qismi topilgan. 
Ilk bosqichda sopollar tez aylantiradigan kulolchilik charxida va 
qisman qo’lda yasalib, yuqori haroratda pishirilgan. Sopollarning 
sirtiga qizil angob surtilgan. Sopol buyumlarni yasashda ma’lum 
standartga, ya’ni andazaga qat’iy amal qilingan. 
Savdo-iqtisodiy munosabatlar yaxshi rivojlangan. Hunarmand- 
chilik ishlab chiqarishi, savdo-sotiq, xususan, Buyuk Ipak yo‘li orqali 
xalqaro savdo rivojlangan. Moddiy topilmalar orasida Xitoy va 
Hindistondan keltirilgan buyumning ko‘pgina namunasi uchraydi. 
Farg‘ona vodiysining xalqaro savdo yo‘li bo‘yida joylashganligi antik 
davri jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim 
o‘rin tutgan. 
Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy-madaniy 
viloyatlaridan biri bo‘lib qolmasdan, davlat tashkilotiga ega o‘lka 
hisoblangan. Ko‘hna Sharqning Xitoy kabi yirik imperiyasi harbiy 
qo‘shinlariga qarshi tura oladigan Davan davlatining iqtisodiy va 
harbiy salohiyati ancha yuqori bo‘lgan. Mamlakatda antik davrining 
ikkinchi bosqichida urbanizatsiya jarayonlari chuqurlashib, 
shaharlar rivojlanishi bilan birga ularning soni ko‘paygan. Shaharlar 
ishlab chiqarish va savdo markaziga aylangan. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling