Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Choch-Iloq. Choch va Iloq Chirchiq va Ohangaron vohalarini
egallagan qadimgi o‘lka. Choch tarixiga oid dastlabki ma’lumotlar qadimgi yunon manbalarida keltirilgan. Yunon muallifi Strobonning “Geografiya” asarida mil. avv. I ming yillikning o‘rtalarida Yaksart (Sirdaryo) orti yerlarida yashagan jangavor sak qabilalari to‘g‘risida ma’lumot saqlangan. Boshqa bir yunon muallifi Pleney asari orqali bizgacha yetib kelgan ma’lumotga qaraganda selevkiylar sarkardasi Demodam Yaksart ortiga yurish qilib, qal’a-shahar barpo etgan. Bu voqea mil. avv. IV asr oxiri III asr boshlarida sodir bo‘lgan. 181 Vohaning keyingi davr tarixiga oid ma’lumotlar Xitoy manbalarida uchraydi. Unda Yuni mulki (Toshkent vohasi) Kanguy davlati tarkibiga kirganligi to‘g‘risida ma’lumotda keltirilgan. Boshqa bir xitoy manbasida Shi, Chjeshi (Chjesi) toponimlari berilgan. Tadqiqotchi Y.F.Buryakovning fikriga ko‘ra Xitoy ieroglifida shi atamasi tosh ma’nosini bildirib, feruza toshiga nisbatan ishlatilgan. Xitoyliklarda feruza toshi g‘alaba ramzi sifatida qadrlangan. Vohaning Qurama tog‘ida feruza qazib olingan bir nechta konlar aniqlangan. Toshkent vohasida antik davrining ilk bosqichida burgulik- sak madaniyati faoliyat yuritgan. Zamonaviy tadqiqotchilar fors manbalarida qayd etilgan Saka tigraxaudalar yashagan hudud doirasiga Toshkent vohasini ham kiradilar. Mil. avv. III asrda boshida ellin madaniyatiga xos shahar vujudga kelgan. Undan keyin Sirdaryoning quyi oqimidan Jeteasar madaniyatiga oid aholi ko‘chib kelib joylashadi. Natijada burgulik, ellin va jetiasar an’analari negizida mahalliy Qovunchi madaniyati shakllanadi. Vohaning antik davri tarixini asosli moddiy manbalar yetarli bo‘lmasa-da arxeologik jihatdan quyidagi davrlarga ajratish mumkin: Sak davri (mil. avv. VI–IV asr), elllin yoki Qanqa davri (mil. avv. III–II asr), Qovunchi I (mil. avv. II asrning oxiri – milodiy I asr) Qovunchi II (II asr – IV asrning boshi). Selevkiylar qurgan qal’a-shahar Oqqo‘rg‘on tumani hududida joylashgan Qanqa manzilgohiga to‘g‘ri keladi. Qanqa manzilgohi (Shahriston I) dastlabki 6,5 ga joyda bosqichda ilgaridan rejalashtirilgan loyihaga asosan, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo qilingan. Uning shimoli-g‘arbiy chekkasida ark joylashgan. Manzilgoh kvadrat g‘ishtdan terilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Devorlarning o‘rtasida yo‘lakcha – galereya joylashgan. Mudofaa devori to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi burjlar va jangavor shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devor bilan xandak o‘rtasida “berma” yoki “proteyxizm” qoldirilgan. Qanqaning birinchi shahristoni qurilishi ellin shaharsozlik usulida qurilgan. Y.Buryakov Demodam barpo qilgan qal’a aynan Qanqa o‘rnida faoliyat yuritgan, deb hisoblaydi. Qovunchi madaniyatining ilk bosqichida o‘troq manzilgohlari shakllanib, mil avv. II asrdan o‘lkada shaharsozlik taraqqiyotining 181 ikkinchi bosqichi boshlanadi. Qovunchitepa, Kindiktepa, Shoshtepa va boshqa shaharlar shakllanadi. Qanqa manzilgohi mil. avv. II–I asrlarga kelib, Kangyuylar davlatining ma’muriy markaziga aylangandan so‘ng shahar maydoni xiyla kengayib, umumiy maydoni 150 ga yetadi. Shahar antik davrida o‘lkaning savdo-ishlab chiqarish va madaniyat markaziga aylanadi. Xitoy manbalarida Shi shahri mudofaa devorining uzunligi 10 li (4-5 km) masofaga cho‘zilganligi keltirilib taxminan Qanqaning uchinchi shahristoni chegarasiga to’g’ri keladi. Qanqa manzilgohi (antik davri) Antik davriga oid Shohruxiya, Kavardan, Xonobodtepa, Quloqchin-tepa, Mingo‘rik va boshqa o‘ndan ortiq yodgorliklar o‘rnida qadimgi shaharlar faoliyat yuritib, o‘lkada urbanizatsiya jarayoni chuqurlashdi. Shoshtepa manzilgohida atrofi ikki qator devor bilan o‘rab olingan xochsimon qurilish majmuasi ochilgan. Bu majmuaning qurilish usuli Toshkent vohasi uchun xos emas. Arxeolog olima M.I.Filanovichning fikricha Shoshtepa me’moriy majmuasi Jetiasar madaniyati qurilishiga o‘xshaydi. Olimaning fikriga ko‘ra, Toshkent shahrining eng qadimgi o‘rni mana shu manzilgoh o‘rnida shakllangan. Imorat esa ibodatxona vazifasini bajargan. 182 Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo‘rik yodgorligi o‘rnida aholi manzilgohi shakllanib, shahar markaziga aylanadi. Umumiy maydoni 35 ga dan iborat mudofaa devoriga ega manzilgoh ark va shahriston qismlaridan tashkil topgan. Arkda saroy, harbiy zaxira ombori va boshqa imoratlarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatilgan. Toshkent vohasining tog‘ oldi hududlarida va dehqonchilik vohalarining atrofida chorvachilik bilan hayot kechirgan aholi yashagan. Ularning madaniyati xo‘jaligiga oid moddiy manbalar dafn inshootlarida o‘z aksini topgan. Shoshtepa manzilgohi tarhi Qovunchi I dafn inshootlari o‘ra, yorma va qabr-qo‘rg‘on- lardan iborat. Qabr-qo‘rg‘on- larning ustiga tuproq, qisman tosh uyulgan. Ularga ko‘nda- lang, qisman uzunasiga joy- lashgan dromos orqali kirilgan. Qabrlarda yakka va ko‘pchilik marhumlar dafn qilinib, ularga sopol idishlar, menat qurollari, zeb-ziynat va boshqa buyuml- ari qo‘shib ko‘milgan. Qovunchi I bosqichiga oid sopollar qo‘lda yasalgan. Burguluk madaniyati sopollaridan tagi tekisligi bilan farq qilgan. Sopollarning sirtiga oqish rangli angob surtilgan. Ularning sirti jigarrang yoki qora- jigar rangli oqib turgan chiziqlar bilan bezatilgan. Ayrim sopollarning tutquchida qo’yning boshi jonli tasvirlangan. Qovunchi II bosqichiga oid sopollar sekin aylantiriladigan kulolchilik charxida yasalgan. Bu davrda sopol buyumlarning turi ko’payadi. Ayrim sopollar tutquchidagi qo’y tasviri shartli ravishda berilgan. Qovunchi I bosqichida vohada metallurgiya ishlab chiqarishi rivojlangan. Qanqa manzilgohining arki va shahristonida metall eritish 183 o‘choqlari, metaldan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, qurol-yarog‘lar va boshqa buyumlar topilgan. Ular temirdan yasalgan bir tig‘li pichoqlar, uch qirrali katta va kachik kamon paykonlari, omochdan iborat. Umuman Toshkent vohasida mahalliy burgulik va sak madaniyati va chetdan kirib kelgan ellin, jeteasar madaniyatlarining aralashishi natijasida o‘ziga xos antik davri Qovunchi madaniyati shakllanadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling