Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Jarqo‘ton bosqichi. Bu bosqichda Sopollitepa manzilgohida 
yashagan aholi yangi yerlarni o‘zlashtirgan. Bo‘stonsoy hududidagi 
Jarqo‘ton, Ko‘hitang tog‘ yon bag‘irida Tillabuloq va Arabuloq 
manzilgohlari mana shu davrda asos solingan. Jarqo‘ton manzilgohi 
Sherobod vohasida hozirgi paytda suvsizlanib qolgan Bo‘stonsoy 
o‘zanining qo‘ltiq hosil qilgan qismida joylashgan. Manzilgoh bir 
nechta kichik tepaliklardan tashkil topib, ark va shahriston qismlaridan 


116 
iborat. Soyning boshqa tomonidan qabriston o‘rin olgan. Jarqo‘tonning 
umumiy maydoni 90 ga dan iborat. Uning 20 ga qismi qabristonni 
tashkil etadi. 
Manzilgohning shimoli-g‘arbiy qismida dunyo tomonlariga 
moslab qurilgan qal’a joylashgan. Qal’aning umumiy maydoni 3 ga 
dan iborat bo‘lib, atrofi xom g‘ishdan qurilgan mudofaa devori bilan 
o‘rab olingan. Uning g‘arbiy tomonida atrofi mudofaa devori bilan 
muhofaza qilingan shahar saroyi joylashgan. 
Jarqo‘tonda baland tagkursi ustida, dunyo tomonlariga moslab 
qurilganibodatxonamajmuasi(tarhi 44,5x60m)manzilgohningmahobatli 
imoratlardan biri hisoblanadi. Majmua ibodatxona, xizmatkorlar yashash 
xonalari va xo‘jalik qismidan tashkil topgan. Ibodatxonada muqaddas olov 
mehrobi asosiy o‘rin tutgan. Hovlida suv saqlanadigan quduq mavjud 
bo‘lgan. Ibodatxona mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Qadimgi Sharq 
xalqlari diniy tasavvurida olov insonning tanasini yovuz ruhlardan xalos 
etuvchi, suv esa ulardan tozalovchi vosita vazifasini bajargan. 
Jarqo‘ton ibodatxonasi yaqinida vino tayyorlanadigan maxsus 
xonaning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ehtimol, jarqo‘tonlik aholi diniy 
aqidasida muqaddas ichimlik sifatida vino iste’mol qilingan. 
Ma’lumki, O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlarida muqaddas ichimlik 
Mitraga sig‘inish odatining ishorasi hisoblangan. 
Ibodatxona Murg‘ob vohasining Gonurtepa manzilgohi ibodatxonasi 
bilan umumiylikga ega. O‘rta Osiyoning bronza davri o‘troq dehqonchilik 
vohalari aholisi diniy dunyoqarashida muqaddas olov va ichimlik kulti 
yuqori o‘rinni egallagan. Olov quyoshning yerdagi aksi bo‘lib, keyingi davr- 
da mahalliy aholi orasida tarqalgan Mitraga sig‘inishni o‘zida aks ettirgan. 
Jarqo‘tonning shahristoni qal’aning shimoli-sharqiy, sharqiy va 
janubiy tomonidagi tepaliklar o‘rnida bo‘lgan. Shahristonda aholi 
yashagan uy-joyi, hunarmandchilik inshootlari o‘rganilgan. Aholining 
qurilish imoratlari kishilarning jamiyatdagi mavqeyiga ko‘ra bir va 
ko‘p xonali uy-joylardan tashkil topgan. 
Shahristonning janubiy va janubi-g‘arbiy tomonidagi tepaliklarda 
Jarqo‘tonliklarning qabristoni o‘rin olgan. Shahriston bilan 
qabristonni tabiiy jarlik ajratib turadi. Qabrlar sopolli madaniyatining 


117 
jarqo‘ton, ko‘zali, molali bosqichlariga oid. Qabrlar katakomba usulida 
qazilib, mayitlar yon tomoni bilan g’ujanak holatda sharq tomonga 
qaratib ko‘milgan. Erkaklar o‘ng, ayollar chap tomoni bilan yotqizib 
ko‘milgan. Marhumlarning yoniga jinsi, yoshi va hayotiylik davridagi 
ijtimoiy holatiga qarab turli xil kuzatuv buyumlar qo‘yilgan. 
Jarqoton bosqichi sopollari 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling