Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Murg‘ob vohasining bronza davri
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Murg‘ob vohasining bronza davri
arxeologiyasi. Afg‘onistondan oqib keladigan Murg‘ob daryosi Qoraqum cho‘lida Amudaryoga yetmasdan qurib qoladi. Daryoning quyi oqimidagi yerlar qadimdan dehqonchilik uchun juda qulay bo‘lgan. Bu yerlar eneolit davrining oxirida Geoksur vohasidan ko‘chib kelgan aholi tomonidan o‘zlashtirila- di. Nomozgoh V davri sopollari Bronza davrida vohaga boshqa bir etnik guruh kelib joylashadi. V.M.Masson Janubiy Turkmanistonning rivojlangan bronza davri jamiyati inqirozga uchragandan keyin, aholi bu yerga ko‘chib kelgan joylashgan, degan fikrni bildirgan. V.I. Sarianidi Murg‘ob vohasining yangi etnik guruhi ildizini Shimoliy Suriya va Janubiy Anatoliya hududi bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra mil. avv. IV ming yillikning oxirida O‘rta yer dengizining shimoli-sharqiy qismidan Eron tog‘lariga qadar cho‘zilgan keng hududda yog‘ingarchilik kamayib, qurg‘oqchil iqlim sharoiti qaror topadi. Qurg‘oqchilik Shimoliy Suriya va Anatoliyada yashagan aholi hayotiga jiddiy ta’sir qilgan. Natijada Oronto vohasining ilk shahar markazlari inqirozga uchrab, ularda yashagan aholi ko‘chishga maj- bur bo‘lgan. Ko‘chib kelgan aholining asosiy qismi Murg‘ob vohasiga, bir qismi esa Surxon va Balxob vohalariga joylashadi. Qolgan qismi esa yurishni davom ettirib, Sharqiy Turkiston hududigacha borgan. Marg‘iyona va Baqtriya hududida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlardagi umumiylikdan kelib chiqib arxeologiya fani sohasida BMAK (Baqtriya va Marg‘iyona arxeologik majmuasi) atamasi qo‘llaniladi. BMAKningbronzadavrixronologiyasimil. avv. 1800/1700– 109 1100 yillar doirasida belgilangan. Oxirgi o‘tkazilgan radiokarbon tekshirishlari mazkur xronologik ko‘rsatkichni taxminan 500 yilga, ya’ni mil. avv. 2300/2150 – mil. avv. 1500 yillikka qadimiylashtirdi. Murg‘ob daryosining bronza davri arxeologik yodgorliklari alohida ariqlar bilan sug‘orilgan 8 ta mikrovoha hududida tarqalgan. Keleli (markazi – Keleli I), Gonur (Gonur), To‘g‘aloq (To‘g‘aloq I), Taxirboy, Ajiquyi, Toip, Odambosan (Odambosan I) va Avchin kabi mikrovohalarning har birida o‘rtacha 10–30 tadan manzilgoh o‘rin olgan. Mikrovohalar alohida xo‘jalik tumani yoki kichik ma’muriy hududiy tuzilmani tashkil etgan. Egribogaz hududi ham alohida mikrovohani tashkil etgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Ovchin mikrovohasining shimoli-sharqiy qismida Andronovo madaniyatiga xos chorvadorlarga tegishli dafn inshootlari aniqlangan. Murg‘ob vohasidagi arxeologik yodgorliklar ilk shahar shaklidagi manzilgohlar, qal’a-qo‘rg‘onlar, dehqonchilik qishloqlari, ishlab chiqa- rish va diniy inshoot – ibodatxona hamda dafn inshootidan iborat. Vohadagi eng yirik yodgorlik Gonurtepa manzilgohi hisoblanadi. Manzilgohning asosiy qurilish imoratlari qal’a va uning yaqinidagi ibodatxona majmuasidan iborat. Gonurtepaning markaziy qismida joylashgan kvadrat shakldagi ichki qal’a taqir joyda barpo etilgan. Qal’a ikki qator mudofaa devori va to‘g‘ri to‘rtburchak burjlarga ega. Devorlar orasidagi yo‘lakcha orqali burjlarga kirilgan. Qal’aning ichkarisidagi kvadratsimon shakldagi (120x125 m) dunyo tomonlariga moslab qurilgan saroy majmuasi asosiy o‘rin tutadi. Saroyning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Ichkaridagi imoratlari juda zich qurilgan. Saroy yaqinida mahalliy hukmdor va saroy amaldorlari uchun xizmat qilgan ibodatxona joylashgan. Shaharda aholi uy-joy imoratlari, ishlab chiqarish inshootlari joylashgan. Shaharning sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilingan. Bu yerda shaharga sopol quvurlarda ichimlik suvi olib kirilgan. Uy-joylar aholining jamiyatda tutgan mavqeyiga qarab bir va ko‘p xonali bo‘lgan. 110 1. Gonur 2. Keleli III 3. Keleli IV 4. Gonur I (saroy) 5.To‘g‘aloq XXI ibodatxonasi (umumiy ko‘rinishi) 6. To‘g‘aloq XXI rejasi 7.To‘g‘aloq I qishloq ibodatxonasi. Murg‘ob vohasining boshqa bir yirik manzilgohi To‘g‘aloq I hisoblanib, umumiy maydoni 12 ga dan iborat. Manzilgohning markazida balandligi 4 m tag kursi ustida qurilgan inshoot joylashgan. Manzilgoh To‘g‘aloq mikrovohasining markazi hisoblangan. Keleli III va Keleli IV yodgorliklari baland tag kursi ustida dunyo tomonlariga moslab barpo etilgan kvadrat shaklidagi manzilgohlar bo‘lib, ularning atrofi ikki qator devori bilan o‘rab olingan, o‘rtasida yo‘lakcha mavjud. Mudofaa devori tashqi tomondan burjlar bilan kuchaytirilgan. Bu manzilgohlar bronza davri aholisining qishloqlari bo‘lgan. 111 Murg‘ob vohasidagi markaziy manzilgohlarda joylashgan ibo- datxonalar jamoatchilik inshootlari orasida mavqeyi jihatdan muhim o‘rin egallaydi. Gonurtepa, To‘g‘aloq 21 va To‘g‘aloq 1 manzilgohlarda o‘rganilgan ibodatxonalarda olov va muqaddas ichimlik kultlari muhim o‘rin tutadi. Gonurtepa manzilgohidagi ibodatxona majmuasi olov, muqaddas ichimlik kulti, qurbonlik keltirish qismlardan tashkil topgan. Bu yerdan xaoma tayyorlash maqsadida o‘simliklarni yanchish uchun mo’ljallangan keli toshlar va o‘simliklardan tayyorlanadigan ichimlik saqlangan idishlar topilgan. Shuningdek, ko‘knori va nasha urug‘lari ham saqlanib qolgan. Narsalarning sirtiga chizilgan o‘simlik orasida efedra daraxtining tasvirlari ko‘p uchraydi. Murg‘ob vohasi aholisi orasida olov va muqaddas ichimlik kultlari asosiy o’rinni egallagan. Keyingi davr tarixidan ma’lumki, muqaddas ichimlik kulti bevosita mahalliy xalq orasida tarqalgan mitraga sig‘inish odati bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi Mitraga sig‘inishda quyosh xudosi sifatida qaragan. Qadimgi xalqlar tasavvurida mitra quyosh chiqishning sherigi sifatida aks etgan. Avestoda Mitra yomg‘irni chaqiradi, o‘simliklarning o‘sishiga va butun hosilga yordam berishi to‘g‘risida yozilgan. Boshqa turdagi manzilgohlar dehqon jamoasi qishloqlaridan iborat. Mikrovohalarda joylashgan yodgorliklarning asosiy ko‘pchilik qismi dehqonchilik qishlog‘i hisoblanadi. Ularda asosan o‘troq dehqon jamoasining uy-joylari va qisman hunarmandchilik inshootlari joylashgan. Bronza davriga yodgorliklar orasida dafn inshootlari muhim o‘ringa ega. Gonur manzilgohining o‘zidan uch mingdan ortiq dafn inshootlari aniqlangan. Ularning bir nechta turi ajralib turadi. Dafn inshootlari oddiy qabrlar, sag‘ana yoki sistalardan iborat. Qabrlar marhumlar hayotiylik davridagi mavqeyiga ko‘ra ma’lum kuzatuv buyumlari bilan ko‘milgan. Vohada hunarmandchilik ishlab chiqarishi yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning metalsozlik, kulolchilik, to‘qimachilik, zargarlik, toshlarga ishlov berish kabi turlari faoliyat yuritgan. Bronzadan yasalgan mehnat qurollari va uy-ro‘zg‘or bumlari, xususan, diniy maqsadlarda foydalanilgan idishlar topilgan. 112 Diniy marosimlarda foydalanish maqsadida bronzadan yasalgan idishlarning labiga ilon, chayon, hayvonlar tasviri tushirilgan. To‘g‘aloq vohasidagi manzilgohdan kam sonli temir bo‘laklari, xususan, munchoqlar topilgan. Oltin va kumushdan yuksak mahorat va did bilan yasalgan buyumlarning namunalari ko‘plab uchraydi. Murg‘ob vohasi aholisi hayotida zargarlik alohida o‘ringa ega bo‘lgan. Gonurtepa manzilgohining shimoliy va g‘arbiy qismida joylashgan kulollar mahallasida ikki yarusli xumdonlarining o‘rni ochilgan. Sopol buyumlari tez aylantiradigan kulolchilik charxida yasalgan. Sopollarning sirtiga oqish rangdagi angob surtilgan, naqshlar chizilmagan. Sopol buyumlari turli xil kosa, kichik, yirik hajmli xum va vazalardan iborat. Tosh, loy va qisman metallardan yasalgan muhrlar topilgan. Toshdan yasalgan muhrlarga ilon, chayon, qurbaqa, burgut, xoch, fitomorf tasvirlar: nina bargli daraxt, chamasi efedra, lola yoki ko‘knori tushirilgan. Murg‘ob vohasi yodgorliklaridan shumer, hind mixxat yozuviga o‘xshaydigan belgilar uchraydi. Bu belgilar maxsus tadqiq etilmagan. Murg‘ob vohasining bronza davri jamiyati Mesopotamiya, Misr, Eron va Hindistonning ilk sivilizatsiyasi markazlariga xos yo‘nalishda rivojlangan. Gonurtepa yodgorligini o‘rgangan V.I.Sarianidi Marg‘ob vohasining bronza davri jamiyatini qadimgi sharqning beshinchi Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling