Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Maykop madaniyati. Shimoliy Kavkazda Kuro-Araks madaniyati
bilan bir davrda Maykop madaniyati ham rivojlangan. Bu madaniyat Taman yarim oroli va Kuban bo‘yi hududidan Chechniya va Ingushetiyagacha bo‘lgan yerlarga tarqagan. Bu madaniyatning nomi Maykop shahri yaqinida o‘rganilgan qabr-qo‘rg‘ondan olingan. Maykop madaniyati yodgorliklari qisman manzilgohlar va ko‘proq qabr-qo‘rg‘onlardan iborat. Maykop madaniyatning oid qabr-qo‘rg‘on 1897-yilda arxeolog N.I.Veselovskiy tomonidan Kuban daryosining irmog‘i Beloy daryosi bo‘yidan topib o‘rganilgan. Balandligi 11 m tuproq uyumi tagida joylashgan o‘lchami 5,3x3,73 m, chuqurligi 1,4 m bo‘lgan yirik qabr-qo‘rg‘on yog‘och devor bilan uchta xonaga ajratilgan. Janubdagi katta xonada erkak, qolgan xonalarda ayollar dafn qilingan. Marhumlar g’ujanak holatda yotqizilgan va ustidan oxra sepilgan. Erkak qabrida oltin, kumush, serdolik, feruza va lazuritdan yasalgan turli xil buyumlar topilgan. Ulardan oltindan yasalgan sher, buqa shakli, munchoq, halqa ajralib turadi. Oltin va kumushdan idishlar ham yasalgan. Ikkita kumish idishning sirtiga naqshlar chizilgan. Ulardan birida tog‘, daryo, o‘simlik, hayvonlar va boshqa birida bir guruh hayvonlar tushirilgan. Birinchi idish mahalliy ustalar tomonidan yasalgan, ikkinchisi esa Mesopotamiyaning Jamdat Nasr torevtikasi bilan aloqadan darak beradi. Shuningdek, qabrdan bronza va loydan yasalgan idishlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va qurol yarog‘lar topib o‘rganilgan. Qabr-qo‘rg‘on Maykop madaniyatining ilk bosqichiga oid sardorga tegishli bo‘lgan. Maykop madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid qabr-qo‘rg‘onlar Kuban orti hududida tarqalgan. Ular kuzatuv buyumlariga juda boy. Ularda silliqlangan tosh boltalar, o‘roq qadamalari, kamon o‘qi 103 uchlari, kumushdan yasalgan to‘g‘nag‘ich va munchoqlar, oltin uzuk, bronzadan yasalgan buyumlar va sopol buyumlar topilgan. Qabrlarning biridan bronzadan yasalgan uzunligi 63 sm qilich nusxasining topilishi muhim ahamiyatga ega. Qilich bu yerda yashagan aholi o‘rtasida ziddiyatning kuchayganligini ko‘rsatadi. Bu davrda dolmenlar ham paydo bo‘ladi. Dolmen tik turgan to‘rtta yirik toshning ustidan beshinchi tosh yotqizib qurilgan dafn inshooti. Maykop madaniyati egalari motiga dehqonchiligi va uy chorvachiligi bilan shug‘ullangan. Sopol idishlari qo‘lda va qisman kulolchilik charxida yasalgan. Qabrlardan turli xil kuzatuv buyumlari topilgan. Kuzatuv buyumlarining miqdori va sifati marhumning hayot davridagi ijtimoiy holatiga ko‘ra qo‘yilgan. Maykop madanitining ilk bosqichiga oid topilmalar Janubi Mesopotamiya buyumlariga o‘xshaydi. Bu madaniyatga Shumerdan ko‘chib kelgan aholi tomonidan asos solingan. O‘rta Osiyo hududida bronza davri jamiyati mahalliy eneolit davri madaniyatlari davomida rivojlanadi. Mintaqaning janubiy hududida o‘troq dehqonchilik madaniyati zaminida ilk sivilizatsiya shakllangan bo‘lsa, shimoliy, shimoli-sharqiy yerlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling