Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Misning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatini 
yoritib bering. 
2. Misning jamiyat madaniy taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsating. 
3. Old Osiyoning eneolit davri madaniy taraqqiyot xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
4. Anov I Nomozgoh I majmualari xususiyatini tavsiflab bering? 
5. Nomozgoh II davri madaniy o‘zgarishlarni nimalardan iborat? 
6. Nomozgoh III davri jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
sohalarda qanday yutuqlarga erishilgan? 
7. Eneolit davri Sarazm madaniyati xususiyatlarini yoriting. 
8. Yevrosiyoning shimoliy hududidagi eneolit davri madaniyatlari 
xususiyati nimalardan iborat edi? 


98 
2-bob. Bronza davri 
 
Tayanch so‘zlar: angob, Apadan, bronza, zikkurat, ibodatxona, 
ilk shahar, ixtisoslashgan hunarmandchilik, megaron, mirta, plyastr, 
saroy, torevtika, qabr-qo‘rg‘on, xaoma. 
Bronza davrining umumiy tavsifi. Bronza davri metallurgiya 
taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bronza – misga 
qo‘shimcha (mishyak, qo‘rg‘oshin, qalayi, 9:1 nisbatda) qo‘shib eritish 
natijasida hosil bo‘lgan metall. Insoniyatning bronzadan foydalana 
boshlangan davrdan ilk temir asrigacha tarixi bronza davri, deb 
nomlanadi. Metalning bu turidan foydalanish Yer yuzining barcha 
joylarida bir xil kechmagan. Bronza quyish texnologiyasi dastlab 
qadimgi sharqda, xususan, Mesopotamiyada mil. avv. IV ming yillikning 
oxirida vujudga kelgan. Bu yerdan qo‘shni hududlarga yoyilib, Yer 
yuzining boshqa joylariga tarqalgan. Yevrosiyoning chekka hududida 
bronza davri nisbatan kechroq boshlanib, mil. avv. I ming yillikning 
o‘rtalarigacha davom etgan. Yevrosiyo hududida bronza davrini mil. 
avv. III–II ming yilliklar doirasida sanalash qabul qilingan. 
Jamiyatning ilg‘or shakllari erta qaror topgan Yevrosiyoning 
junubiy hududida shahar markazlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mada- 
niy markaz sifatidagi ahamiyati ortib boradi. Shahar markazlarida 
hunarmandchilik rivojlanib, ixtisoslashish jarayoni chuqurlashadi. 
Ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari rivojlanib, birinchi ijtimoiy 
mehnat taqsimoti dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. 
Hunarmandchilik sohalarining rivojlanishi savdo munosabatlari 
shakllananishiga olib keladi. Bu davrda savdo munosabatlari tovar 
ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Zaruriy xom-ashyolarga bo‘lgan ehtiyoj 
xalqaro savdoning rivojlanishi va madaniy aloqalar takomillashishiga 
olib kelgan. Bu o‘z navbatida qadimgi xalqlar o‘rtasida texnologiya 
yangiliklarning almashish jarayoni kuchaygan. 
Jamiyat iqtisodiy sohasida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar 
ijtimoiy hayotiga ham ta’sirini o‘tkazadi. Jamiyat a’zolari orasida 
mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanishni chuqurlashtirib boradi. 
Aholi o‘rtasida qarama-qarshilik kuchayadi, siyosiy ziddiyatlar 
vujudga keladi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan mazkur jarayonlar 


98 
bronza davri ilk sivilizatsiyasi, qolaversa, davlatchilik shakllanishi- 
ning muhim omillari hisoblangan. 
Bronza davrida ilk sivilizatsiya erta qaror topgan sharq 
mamlakatlarida qadimgi (Shumer, Akkad, Bobil) podsholiklar 
rivojlanib, ular o‘rtasida O‘rta Sharq siyosiy hokimiyati uchun kurash 
davom etayotgan davrda Yevrosiyoning shimoliy qismida xo‘jalikning 
ishlab chiqaruvchi shakliga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. 
Qadimgi Sharqning bronza davri jamiyati taraqqiyoti ilk sivilizatsiya 
shakllanish jarayonida bo‘lgan Elam (Eron) va Troyaning (Kichik Osiyo) 
arxeologik majmualarida o‘z aksini topgan. Qadimgi Elamning bronza 
davri ilk sivilizatsiya Suziana (Suza II) majmuasida namoyon bo‘ladi. Mil 
avv. III ming yillikning birinchi yarmida Suzaning maydoni kengayib, 
alohida qismlar: qal’a, aholi uy-joylari va ishlab chiqarish inshootlari 
ega bo‘lgan ilk shahar shakllanadi. Manzilgohning qal’a qismida Apadan 
– dunyoviy hokimiyat qarorgohi, ya’ni saroy barpo etiladi. Dunyoviy 
boshqaruv tizimi shakllanib, hukmdor tabaqasi vakllari ajralib chiqadi. 
Hunarmandchilik ishlab chiqarishi yanada rivojlanadi. Ayniqsa, 
metallurgiya sohasida muhim yutuqlarga erishiladi. Bronzadan 
qurol-yarog‘lar: xanjar, bolta, nayzaning uchi va ancha murakkab 
shaklga ega uy-ro‘zg‘or buyumlari yasalgan. 
Aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish jarayoni 
chuqurlashib, jamiyatning ayrim a’zolari qo‘lida moddiy boyliklar 
to‘planib boradi. Bu jarayon aholining uy-joylari, dafn inshootlari va 
ularda saqlangan kuzatuv buyumlarida namoyon bo‘ladi. 
Suza manzilgohidagi ayrim qabrlarning ichki tomoni xom g‘isht 
bilan terib chiqilgan. Boshqa bir qabrda marhum bilan qo‘shib ko‘milgan 
sopol idishning sirtida buqaga qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli arava va uch 
tabaqali piramida ustida o‘tirgan odamsifat shaklli tasvir chizilgan. Bu 
qabrdan 25 uzoqdan topilgan ikkita buqa va aravakashning skletini 
arxeolog olim G.Chayld hukmdor, ehtimol Suza hukmdoriga tegishli, 
deb hisoblaydi. Boshqa bir qabrdan esa aravaning ikkita yirik g‘ildiragi, 
metaldan yasalgan idishlar, qurol yarog‘lar, zeb-ziynat buyumlari va 
sopol idishlar topilgan. 


99 
Manzilgohdan silindr shaklli muhrlar, sopollarning sirtiga bitilgan 
yozuvlar ham topilgan. Bu topilmalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi 
o‘zgarishdan, ya’ni Elamda sinfiy jamiyat shakllanib, ilk davlat vujudga 
kelganidan dalolat beradi. Mil. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmi 
kelib Elamda davlatchilikning shakllanishi nihoyasiga yetadi. 
Kichik Osiyoning ilk bronza davri jamiyati taraqqiyoti Polioxni, 
Termi, Emporio, Qumtepa va boshqa manzilgohlarda o‘z aksini 
topgan. Anotoliyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Troya (Troya I) 
manzilgohining atrofi toshdan terilgan mudofaa devori bilan o‘rab 
olingan. Uy-joy imoratlari toshdan qurilgan. Troya I tashqi talofat 
yoki zilzila sababli inqirozga uchraydi. 
Troyaning rivojlangan (Troya II) bosqichida yangi madaniyat 
qaror topadi. Bu davrda 2 ga maydoni egallagan shahar mudofaa 
devorining qudrati yanada oshiriladi. Devor to‘g‘ri to‘rt burchak 
burjlar bilan kuchaytirilgan. Shaharning ikkita kirish darvoza 
bo‘lgan. Shahar markazida megaron shaklida qurilgan ikkita imorat 
joylashgan. Ulardan biri (uzunligi 35 m) mahalliy hukmdor qarorgohi, 
boshqa bir kichikrog‘i esa ibodatxona bo‘lgan. Troya jamiyatida 
mulkiy tabaqalanish jarayoni chuqurlashadi.
Xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Arpa, bug‘doy, tariq 
ekilgan. Chorvachilikda qoramol, qo‘y, echki va cho‘chqa boqilgan. 
Kulolchilik, metallarga ishlov berish, zargarlik, to‘qimachilik kabi 
ixtisoslashgan hunarmandchilik turlari rivojlangan. Sopol buyumlari 
qo‘lda yasalgan. Toshga ishlov berish qisman saqlanadi. Toshdan 
yasalgan mehnat qurollarining kam sonli nusxalari topilgan. Toshdan 
yo‘nib ishlangan urchuqboshlar va to‘quv dastgohining qismlari topilgan. 
Keyingi bosqichda bronza buyumlari soni ko‘payadi. Mishyakli 
bronzadan yasalgan qurol-yarog‘ va uy-ro‘zg‘or buyumlarining ko‘p 
sonli nusxasi saqlanib qolgan. Zargarlik san’ati yaxshi rivojlangan. 
Kumush va oltindan yasalgan ko‘p sonli zeb-ziynat buyumlari 
topilgan. Moddiy topilmalar orasida Boltiqbo‘yi qahrabosidan 
yasalgan marjon va Badaxshon lazuriti uchraydi. Ushbu topilmalar 
Troyaning iqtisodiy hayotida xalqaro savdo aloqalari muhim o‘ringa 
ega bo‘lganligini ko’rsatadi. 


100 
Bronza davrining rivojlangan bosqichida Kichik Osiyoda hunar- 
mandchilik ishlab chiqarishi ayniqsa, zargarlik yuksak darajada 
rivojlanadi. Jamiyat a’zolari orasida mulkiy tabaqalanish va ijtimoiy 
tengsizlik jarayoni chuqurlashadi. Aholi o‘rtasida tobora kuchayib 
borayotgan harbiy qarama-qarshilik mil. avv. III ming yillikning oxiriga 
kelib keskin tus oladi. Markaziy Anatoliyadagi Alaja Huyuk yodgorligidagi 
sag‘anadan topilgan qurol-yarog‘lar mazkur jarayondan dalolat beradi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling