Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Drevneyamnaya (qadimgi chuqur) madaniyat


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Drevneyamnaya (qadimgi chuqur) madaniyat. Bu madaniyatga 
(mil. avv. III ming yillikning boshidan oxirgi choragigacha) oid 
yodgorliklar Janubiy Ural bo‘yidan Moldovagacha bo‘lgan yerlarda 
tarqalgan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar asosan qabr- 
qo‘rg‘onlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning o‘n minga yaqini 
o‘rganilgan. Tuproq-qo‘rg‘on tagida joylashgan chuqur qabrda 
mayit o‘rin olgan. Mayit chalqancha yotqizilib, ustidan oxra sepilgan. 
Ayrim tuproq-qo‘rg‘onlar tagida bir nechta qabrlar bo‘lgan. Kuzatuv 
buyumlari kam sonli tosh qurollar, sopol idishlar va qisman metall 
buyumlaridan iborat. Sopollarning tagi dumaloq, tuxumsimon 
shaklda, sirtiga uyib naqshlar chizilgan. 
Drevneyamniy madaniyatiga oid qabrlardan aravaning yog‘ochdan 
yasalgan g‘ildiragi topilgan. Aravalar tuzilishiga ko‘ra ikki xilda bo‘lgan. 
Bir xili ikki va to‘rt g‘ildirakli, ikkinchisi to‘rt g‘ildirakli, usti chodir bilan 
yopilgan. Ikkinchisi ko‘chib yurish jarayonida odamlar yashaydigan kulba 
vazifasini bajargan. Aravaning kashf etilishi ko‘chmanchi chorvador 


95 
aholi xo‘jaligining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Drevneyamniy 
madaniyati egalarining asosan chorvachilik xo‘jaligini yuritib, qo‘y, echki 
qora mol va yilqi boqishgan. Ovchilik ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Afanasyev madaniyati (mil. avv. III–II ming yillikning boshlari) 
Yenesey daryosining yuqori oqimi va Oltoy dashtlarida eneolit 
va bronza davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. Xakasiyadagi 
Afanasyev tog‘i nomidan olingan. Bu madaniyatga oid qabrlar dastlab 
1920 yilda o‘rganilgan. Tog‘li Oltoy, Xakasiya, Minusiy botig‘i, Sharqiy 
Qozog‘iston, G‘arbiy Mongoliya va Sinsizyan hududida tarqalgan. 
Afanasyev madaniyati tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda 
Sharqiy Yevropaning Drevneyamniy madaniyati aholisining ko‘chib 
kelishi natijasida shakllangan. Yodgorliklari qabr-qo‘rg‘onlar va 
kam sonli manzilgohlardan iborat. Aholi yashaydigan manzilgohlar 
qisman o‘rganilgan. Ulardan Balituyul, Yelo, Qora Tenish, Tenga, 
Katta Tolgoek, Aragol, Kurota va boshqa yodgorliklar yaxshi 
o‘rganilgan. Manzilgohlardan yerto‘la uy-joylarning o‘rni ochilgan. 
Ayrim uylarining ichki tomonidan yog‘och terib chiqilgan. 
Mozor-qo‘rg‘onlar pastqam tuproq uyumidan iborat bo‘lib, 
ayrimlarining atrofiga aylantirib tosh terilgan. Qabrlarning pastida 
bir-ikki yoki bir nechta chuqurdan iborat mayitxonalari joylashgan. 
Ularning ichki tomoniga yog‘och terilib, tepasi ham yog‘och bilan 
yopilgan. Marhumlar g’ujanak holatda yotqizib ko‘milgan. Erkaklar 
bir va bir necha ayol bilan birga dafn etilgan. Ular turmush o‘rtog‘i va 
turmush o‘rtoqlari yoki kanizaklari bo‘lgan. 
Marhumlarning bosh va oyoq tomoniga sopol buyumlar, mehnat 
qurollari va hayvon go‘shti qo‘yilgan. Marhumni dafn etish marosimida, 
uning xotirasiga bag‘ishlab olov yoqilgan va qurbonlik keltirilgan. Mehnat 
qurollari asosan toshdan yasalgan. Misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari, 
igna, bigiz, kichik pichoq kabi uy-ro‘zg‘or anjomlarining nusxasi topilgan. 
Kumush va oltindan yasalgan buyumlar ham mavjud. Mis buyumlari 
urib ishlash usulida yasalgan. Rangli metallarga ishlov berish hunari 
yetakchi o‘rinni egallagan. Bu davrda mahalliy mis konlarini qazib olish 
jadallashadi. Afanasyev tog‘ida joylashgan qabrlarning biridan meteorit 
temirdan yasalgan bilakuzuk nusxasi topilgan. 


96 
Sopol buyumlari mato qolipda, tagi tuxumsimon yoki dumaloq shaklida 
yasalgan. Ular turli xil o‘lchamli uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlaridan iborat. 
Bo‘yi baland sapol buyumlar ko‘pchillikni tashkil etadi. Sopollarning sirtiga 
o‘yib geometrik va archa bargi shaklli naqshlar chizilgan. 
Afanasyev madaniyati egalari xo‘jaligining asosini chorvachilik 
tashkil etgan. Qo‘y, qora mol va yilqi boqilgan. Yozgi mavsumda chorva 
otarilarini baland tog‘ yaylovlarida boqish an’anasi vujudga keladi. 
Bu bevosita chovador, ya’ni nomadlar qabilasi shakllanayotganidan 
darak berar edi. Ovchilik ahamiyatini saqlab qolgan. 
Eneolit davrida misdan foydalanishning boshlanishi kishilik 
jamiyati taraqqiyotida tub burilish davrini boshlab beradi. Bu davrda 
Yer yuzining sug‘orma dehqonchilik yuritish uchun qulay bo‘lgan 
janubiy hududlarida xo‘jalikning ilg‘or shakliga o‘tilishi jamiyatning 
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘zgarishlar sabab 
bo‘lgan. Bu jarayon ilk sivilizatsiyaning shakllanishiga olib keladi. 
Yevrosiyoning shimoliy dasht hududida o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan 
ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish jarayoni kechadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling