Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Sopolli bosqichi. Mazkur madaniyatning ilk bosqichiga oid 
yodgorlik Surxon vohasining Muzrabot cho‘li hududidagi 
Ulanbuloqsoy o‘zanida joylashgan Sopollitepa manzilgohida 
o‘rganilgan. Umumiy maydoni 4 ga dan iborat manzilgohning atrofi 
uch qator labirint shaklidagi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. 
Manzilgoh ichkarisida joylashgan 8 ta mahalla janubiy tomondagi 
darvozadan boshlanadigan shoh ko‘chaga tutashgan kichik ko‘chalar 
bilan o‘zaro ajratilgan. Ularda aholi uy-joylari, xo‘jalik imoratlari 
ochib o‘rganilgan. 
Marhumlar manzilgohning ichkarisida uylarning poli tagiga 
ko‘milgan. Murdalar yonbosh holda, erkaklar o‘ng, ayollar chap 
tomonga qaratib, jinsiga ko‘ra tegishli kuzatuv buyumlari bilan dafn 


115 
qilingan. Sopollitepa manzilgohida jami 138 ta qabr o‘rganilgan. 
Ularning 125 tasida bitta, 13 tasida esa juft mayit, jami 158 ta 
mayitlari joylashgan. Shuningdek, 4 ta qabrda hayvon dafn qilingan, 
6 tasi esa kenotafdan iborat. 
Sopol idishlar kulolchilik charxida va qisman qo‘lda yasalgan. 
Bronza va toshdan ham sopol idishiga o‘xshagan buyumlar yasalgan. 
Bronzadan yasalgan qurol yarog‘lar-xanjar, kamon o‘qi; uy-ro‘g‘or 
buyumlar-pichoq, bolta, tesha, bigiz va pardoz-andoz buyumlari- 
oyna, surmadon hamda toshdan yasalgan urchuqboshlar topilgan. 
Muhrlar loy, tosh va bronzadan yasalgan. Ularning sirtiga har xil 
geometrik shakl, ilon, chayon, tog‘ echkisi va boshqa narsalarning 
tasviri tushirilgan. 
Sopollitepa manzilgohida topilgan bronza buyumlari 
Ulonbuloqsoy o‘zani hududida yashagan aholi xo’jaligi 
dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi hisoblangan. 
Ovchilikning ahamiyati qisman saqlanib qolgan. Sopolli bosqichining 
oxirida bu yerda yashagan aholi o‘z joylarini tashlab, Sherobod 
vohasiga ko‘chib o‘tadi. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling