Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya


Janubi-g‘arbiy Turkmaniston


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/106
Sana31.01.2024
Hajmi2.82 Kb.
#1829893
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Bog'liq
Arxeologiya

Janubi-g‘arbiy Turkmaniston. Mazkur hududning bronza jamiyati 
eneolit davri mahalliy NMZ III majmuasi davomida rivojlangan. 
Ilk bronza (NMZ IV) – mil. avv. 2800–2300-yilliklar. 
Rivojlangan bronza davri (NMZ V) – mil. avv. 2800–1800- yilliklar 
Eneolit davrida faoliyat yuritgan manzilgohlarda hayot davom etgan. 
Ularning yirik, o‘rtacha va kichik turlari mavjud. Yirik 
manzilgohlardan Nomozgohtepa va Oltintepa yodgorliklari 
nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Nomozgohtepa manzilgohida 
arxeologik qazish ishlari qisman amalga oshirilgan. Manzilgohda 
tor ko‘chalar bilan ajratilgan ko‘p xonali uylarning o‘rni va 
kulolchilik xumdonlari ochilgan. Oltindepa manzilgohi alohida 
joylashgan bir necha tepaliklardan iborat bo‘lib, ilk bronza 
davrida 26 ga, rivojlangan bronza davrida 46 ga joy 
o‘zlashtirilgan. Eneolit davrining oxirida har tomonlama 


104 
rivojlangan Oltintepa manzilgohi bronza davrida mahalliy hududning 
yirik markaziga aylangan. NMZ IV bosqichining boshida manzilgohning 
atrofida mudofaa devori barpo etiladi. Keyinchalik birinchi devorga 
ikki marta qo‘shimcha devor qurilib, qalinligi 6 metrga yetgan. Devor 
tashqi tomondan yarim aylana burjlar qurilgan. Kirish darvozasining 
ikki chetidagi pilon – minorasifat inshootlar joylashgan. 
1. Oltintepa manzilgohining kirish darvozasi. 2. Zikkurat 
Darvozadan boshlangan markaziy ko‘chaga tutashgan kichik 
ko‘chalar mahallalarni o‘zaro ajratib turadi. Markaziy ko‘chaga sopol 
siniqlari to‘shab chiqilgan. Manzilgoh kulollar, misgarlardavlatmand 
shaharliklar, zodagonlar mahallasi va diniy markaz qismlariga bo‘lingan. 
Aholining uy-joy imoratlari xonadon egalarining jamiyatda 
tutgan mavqeyiga qarab bir va ko‘p xonali qilib qurilgan. Uylarning 
ko‘lami va shinamligi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Rivojlangan 
bronza davrida qurilish-me’morchilik sohasida muhim yutuqlarga 
erishilgan. Uy-joy imoratlari aholining mavqeyiga qarab qurilgan. 
Davlatmand va amaldorlarning ko‘p xonali uylarining maydoni 
juda kata (180 m

gacha) va juda shinam, hunarmand ustalarning 
bir xonali uylarining maydoni ancha kichik bo‘lgan. Bunday tafovut 
rivojlangan bronza davri aholisi o‘rtasida mavjud mulkiy va ijtimoiy 
tabaqalanishning kuchayganligidan darak beradi. 
Oltintepaning sharqiy qismidagi tepalikda zinasimon qilib 
qurilgan o‘ziga xos ibodatxona inshooti joylashgan. Inshoot faoliyati 
davomida uch marotaba qayta qurilgan. Rivojlangan bosqichida 
minoraning balandligi oshirilib yirik ko‘rinishga kelgan. Uning 
uzunligi 21 m, eni 8-10 m, balandligi 12 bo‘lib, shimoldan janubga 


105 
tomon mo‘ljallab qurilgan. Ibodatxonaning yonida “kohin uyi” deb 
nomlangan imorat joylashgan. 
Ibodatxona majmuasi toat-ibodat, yashash joylari va xo‘jalik 
qismlaridan tashkil topgan. Ibodatxonada “olov-mehrobi” asosiy 
o‘rin tutgan. Ibodatxonadan buqa va bo‘rining oltindan yasalgan 
haykalchasi topilgan. Ibodatxonada yulduz belgilari aks ettirilgan 
narsalar uchraydi. Ibodatxona inshootini Qadimgi Shumerning Ur 
davri zikkuratini eslatadi. Old Osiyo hududidagi ibodatxonalarida 
buqa boshini tasvirlash an’anaga aylangan. Mutaxassislarning fikriga 
qaraganda, buqaning boshi tasvirlangan ibodatxona oy xudosiga 
bag‘ishlangan. Qadimgi shumerliklar asotirida buqa yerga guyoki 
oydan tushgan va uning sharafiga ibodatxona barpo etish an’anaga 
aylangan. 
Bronza davrida qabrlar manzilgoh ichkarisida, uylarning 
atrofida joylashgan. Qabrlarning bir nechta turi aniqlangan. Ular bir 
kishi ko‘milgan oddiy chuqur qabrlar, ichki tomonidan xom g‘isht 
terib chiqilgan xonada ketma-ket dafn etilgan jamoaviy qabrlar va 
aholining nufuzli a’zosi dafn etilgan sag‘analar. Zikkuratning ibodat 
majmuasida ham kohinlar jamoasiga tegishli sag‘ana joylashgan. 
Marhumlar bilan birga ma’lum buyumlar, ovqat solingan idishlar, 
chiroq va boshqa buyumlar qo‘shib ko‘milgan. 
Ilk bronza davrida hunarmandchilikning bir nechta turi faoliyat 
yuritgan. Metall hunarmandchiligi ancha rivojlanadi. Oltintepa 
manzilgohidan misga ishlov berish ustaxonasi aniqlangan. Misgarlik 
yaxshi rivojlangan. 
Ilk bronzaning dastlabki bosqichda misga mishyak va keyin qo‘rg‘oshin 
aralashtirib bronza hosil qilingan. Mis va bronzadan uy-ro‘zg‘or buyumlari, 
mehnat qurollari va boshqa kundalik ehtiyoj anjomlari yasalgan. Misdan 
yasalgan igna, bigiz, qarmoq, ikki tig‘li pichoq topilgan. 
Ayniqsa, zargarlik hunari yaxshi rivojlangan. Oltin, kumush kabi rangli 
va qimmatbaho metallardan turli xil zeb-ziynatlari va ilohiy buyumlar 
yasalgan. Oltindan yasalgan buqa va bo‘ri boshi tasvirlangan topilmalar 
zargarlik san’atining yuksak namunasidir. Qimmatbaho toshlardan ham 
taqinchoqlar yasalgan. 


106 
Hunarmandchilikda kulolchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Oltintepa manzilgohining kulollari mahallasidan 60 dan ortiq ikki 
qavatli xumdon ochilgan. Bu davrda sekin aylantiradigan, ya’ni qo‘l 
charxidan foydalanish boshlangan. Sopollarning sirtiga eneolit davri 
zoomorf tasvirlarning o‘rnida geometrik shaklli monoxrom naqsh 
chizish urf bo‘lgan. Sopol buyumlarning uch xil turi ajralib turadi: 
naqshli, naqshsiz va ko‘kish rangli. Bronza davrining rivojlangan 
bosqichi sopollari kulolchilik charxida yasalgan. Sopol buyumlarining 
sirtiga qizg‘ish-oq, sariq yoki qisman pushti rangli angob surtilgan. 
Bu bosqichda sopollarning sirtiga naqsh chizish an’anasi yo‘qolib, 
asosiy e’tibor ularning sifati va soniga qaratila boshlaydi. Bu bevosita 
kulolchilik sohasida ixtisoslashish jarayoning chuqurlashganligini 
ko‘rsatadi. Tovoq, kosa, tuvak, xum, choynak va boshqa sopol 
buyumlari yasalgan. 
Nomozgoh IV davri sopollari 
Toshdan yasalgan qurollarga bo‘lgan 
ehtiyoj qisman saqlanib qoladi. 
Toshdan yasalgan turli xil mehnat 
qurollari, 
uy-ro‘zg‘or 
buyumlar 
topilgan. 
Chaqmoqtoshdan 
bargsimon kamon paykoni yasalgan. 
Toshdan yorg‘uchoq, keli sopi
havoncha va muhrlar yasalgan. 
Terrakota muhrlari ham mavjud. 
Haykalchalarda ayol, erkak va hayvon 
timsoli aks ettirilgan. 
Bronza davri tasviriy san’ati 
yuksalgan. Antropomorf va zoomorf 
shaklli haykalchalar o‘zida bronza davri madaniyati, diniy qarashlari 
bilan birgalikda iqtisodiy munosabatlarini aks ettirgan. 
Bronza davrida ayol ma’budasini yangi shakldagi timsolida aks 
ettirgan haykalchalar paydo bo‘lgan. Rivojlangan bronza davrida ayol 
haykalchalarining bir necha turi paydo bo‘lib, ular aholisi orasida bir 
necha ayol ma’budalarga e’tiqod qilish odati mavjudligidan dalolat 
beradi. Erkaklar aks ettirilgan haykalchalari kam uchraydi. 


107 
Oltintepa manzilgohidan old tomoniga tuyaning boshi yopishtirib 
yasalgan to‘rt g‘ildirakli arava nusxasi topilgan. Bu topilma bronza 
davri aholisi aravani tortishda ho‘kiz bilan birga tuya kuchidan 
foydalanganini ko‘rsatadi. 
Muhrlar asosan tosh, qisman mis va bronzadan yasalgan. Janubiy 
Turkmanistonning bronza davri muhrlardagi tasvirlarning shakli va 
uslubi Mesopotamiya muhrlariga o‘xshash. Dastlab muhrlarga geometrik 
shakllar tushirilgan. Keyinchalik hayvonlar yoki fantastik mavjudotlar 
aks ettirilib, ramzi murakkablashadi va guruh tasvirlar ko‘paygan. 
Oltintepa manzilgohidan topilgan ayrim sopollarning sirtiga 
Qadimgi Sharqning ilk markazlarida (Shumer, Elam, Hindiston) 
uchraydigan ilk yozuvga o‘xshash belgilar chizilgan. Bu belgilar ilmiy 
jihatdan maxsus o‘rganilmagan. Terrakota haykalchalarining sirtiga 
chizilgan turli xil belgilarni V.M.Masson hafta, oy va yilni ifodalovchi 
taqvim bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. 
Bu davrda qo‘shni xalqlar bilan aloqalar o‘rnatilgan. Fil suyagi va 
lazuritdan yasalgan har xil buyumlarning nusxalari ko‘plab uchraydi. 
Janubiy Turkmanistonning naqshli sopollariga o‘xshash namunalar 
Moxenjadaro manzilgohidan ham topilgan. Ikkala tomonda 
uchraydigan moddiy topilmalar Hindiston bilan savdo va madaniy 
aloqalarning yo‘lga qo‘ilganligidan dalolat beradi 
O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy hududining rivojlangan bronza 
davri jamiyati ilk sivilizatsiya markazlariga o‘xshash usulida 
rivojlangan. O‘lkadagi Oltintepa, Nomozgohtepa va boshqa yirik 
manzilgohlarda qadimgi sharqning ilk shaharlariga xos mudofaa 
devori, mahobatli imoratlar, xususan, ibodatxona, ixtisoslashgan 
ishlab chiqarish mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish kabi 
arxeologik alomatlar mavjud. Ko‘rinishdan jamiyatni boshqarish 
tizimining diniy usuli hukmron bo‘lgan. Dunyoviy hokimiyat 
shakllanib ulgurmasdan jamiyat inqirozga uchragan. 


108 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling