Milliy arxeologiya markazi raxmon ibragimov arxeologiya
Shulaveri-Shomutepa madaniyati
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Arxeologiya
Shulaveri-Shomutepa madaniyati (mil. avv. V ming – IV ming
yillikning birinchi yarmi) Kavkaz hududida Kura daryosi o‘rta oqimi yerlarida shimoliy varianti (Gruziyadagi Shulaverisgora, Xramis Didigora, Aruxlo, Ozarbayjondagi Shomutepa) va Araks daryosi vodiysida joylashgan janubiy varianti (Naxichavan Kultepasi, Alikemektepasi va boshqalar) faoliyat yuritgan. Kavkazning eneolit davri aholisi paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan uylardan tashkil topgan qishloqlarda yashab, dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan. Dehqonchilikda bug‘doyning barcha turlari, arpa, suli, no‘xat, chechevitsa, uzum yetishtirilgan. Qurg‘oqchil hududlarda yashovchi aholi sun’iy sug‘orish tizimidan foydalangan. Chorvachilikda qo‘y, echki, qora mol, cho‘chqa boqilgan. Chorva mollari yoz mavsumida tog‘ va tog‘oldi yaylovlarida boqilgan. Marhumlar uylarning o‘rtasida va yashash xonalarning ichida joylashgan qabrlarda dafn qilingan. Marhumlar yon tomoni bilan g’ujanak va chalqancha yotqizilgan holatda, ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘milgan. Marhumlarning ayrimining ustiga oxra sepilgan. Chaqmoqtosh va obsidiandan pichoq, to‘g‘nag‘ich, teshgich, o‘roq qadamasi va boshqa qurollar yasalgan. Metaldan faqat eneolit davrning oxirgi bosqichida foydalanish boshlangan. Undan munchoq, bigiz va qisman pichoq yasalgan. 91 Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ular bankasimon idishlar va kichik kosalardan iborat. Sopollarning sirtiga polixrom naqshlar chizilgan. Loydan haykalchalar, suyakdan turli anjomlar yasalgan. Qadimgi dunyo jamiyati taraqqiyotida G‘arbiy Osiyoga yaqin bo‘lgan Yevropa hududi muhim o‘rin tutadi. Yevropaning sharqiy hududining eneolit davri jamiyati xo‘jalik yuritish xususiyati jihatdan G‘arbiy Osiyodan farq qilgan. G‘arbiy Osiyoda jamiyat sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligi negizida rivojlangan bo‘lsa, Sharqiy Yevropa jamiyati taraqqiyotida Bolqon-Karpat hududi metall zaxirasi asosiy o‘rin egallaydi. Bu yerda eneolit davri jamiyati neolit davri mahalliy madaniyatlari va qadimgi sharq ta’sirida shakllangan Karanovo madaniyatlari zaminida vujudga kelgan Gumelnitsa, Kukuteni- Tripoli va boshqa madaniyatlarda o‘z aksini topgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling