Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet68/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

E’tiroz qilishingiz mumkinki, biz mollarimizni boqishga qancha harakat qilsak, farzandimiz tarbiyasiga ulardan yuz barobar ko‘proq harakat qilamiz deb.
Bu da’voingiz ma’lum bo‘lsada, ammo to‘g‘ri emas. Dalil shulkim, kimning uyida moli bo‘lsa, tekshirsa ko‘radiki, yil davomida uning mollaridan bittasi ham kasal bo‘lmagan, ammo farzandi hech bo‘lmasa, uch marta xastalikka chalingan”.

...So‘zingiz to‘g‘ri bo‘lsa ham mening da’voimga hech zarari yo‘q, chunki bolaning sog‘lig‘iga e’tibor berish ham farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishni bildirmaydi. ...Odamning kamoli faqat sog‘liq va kuchdan iborat bo‘lmay, balki jismonan, aqlan va axloqan yuksalishdan iborat”1.Ushbu mulohazalardan anglanayotganidek oilaning asosiy vazifasi bu farzand tarbiyasidir. Zero, tarbiya bu juda katta mas’uliyatdir!


Farzand tarbiyasida oila qanchalik mas’ul bo‘lsa, mahallaning mas’uliyati ham undan kam bo‘lmaydi. SHu o‘rinda I.A. Karimovning quyidagi fikri muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish o‘rinli: “Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, etim-esirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan”1.
Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi o‘zining tarixiy asoslariga ega.
Buyuk umuminsoniy qadriyat sifatida dunyoga kelgan “Avesto”da ham o‘g‘il bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash faqatgina oilaning emas, balki, yurt ulug‘lari va ustozlarning ham vazifasi ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ilgari suriladi. Unda yozilishicha, o‘g‘il bolalar ta’lim tizimida “muqaddas ko‘ylak” udumini bajarish marosimida ustoz bilan Quyoshga qarab sajda qilishgan. Hammasi “Avesto”da ezgulik va yaxshilikka madadkor kuchlarni ulug‘lovchi qasamyodlarni aytishgan. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad, bolalar qalbida yoshligidan dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, Oliy Axura-Mazdaga e’tiqodni mustahqamlash, insonlar boshiga jamiki yomonliklarni va yovuzliklarni soluvchi Axura-Manu (Ahriman)dan nafratlanish hissini tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Zardusht esa “muallim — kohinlarning burchlari bolalarga ilmlarni yaxshilik yo‘sini ila o‘rgatib, yaxshi bilan yomonni ajrata oladigan qilish, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etishdir. Kimda-kim, aqlu farosat bilan yomonlikka qarshi qurashsa, u Axura-Mazda yo‘lini tutgan bo‘ladi”, — deydi2.
Demak, har tomonlama etuk, barkamol avlod tarbiyasi bizda ancha qadim tarixga ega. Ulug‘ faylasuflarimiz, shayxlarimiz bu borada ajoyib fikrlarni bildirgan. Umuman insonning ahloqiy tarbiyasi ajdodlarimizning doimiy diqqat markazida turgan.
Bugungi davlatimizning mustaqilligi sharoitida oila va mahalladagi tarbiyaga munosabat, qarashlar o‘zgacha tus olmoqda. Zero, insonlarning ma’naviy – axloqiy va ma’rifiy qarashlarini shakllantirish, ularning kelajakdagi hayotlarini belgilab beruvchi omildir. Ayniqsa, yoshlarda milliy tuyg‘u, o‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash, avvalo oilada asos solinishi hech kimga sir emas. SHuning uchun ham bugungi kun oilasini ma’naviy va madaniy sog‘lomlashtirish, umumjamiyat o‘rtasida oila, mahalla, maktab salohiyatini ko‘tarish muammosi o‘ta dolzarblik kasb etmoqda.
O‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an’analariga tayangan holda, ulkan ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Keksalarning pandu nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi orqali odamlar ongiga ezgulik g‘oyalari singdirib boriladi.
Inson qaerda ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan qarasa, u milliy g‘oya targ‘ibotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, deb aytish mumkin bo‘ladi. Demak, milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti fikrlar xilma-xilligi tamoyiliga ziyon etkazmagan holda uch maqsadga: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashdek oliy maqsadga xizmat qiladi. «Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning oliyjanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi»3.
Milliy g‘oya targ‘ibotida jismoniy tarbiya va sport ham o‘ziga xos muhim vosita hisoblanadi. Bugun O‘zbekiston farzandlarini ushbu sohada erishayotgan yutuqlarini butun dunyo e’tirof etmoqda. CHunki mamlakat, uning butun hokimiyat tizimi ushub sohada juda katta islohotlarni amalga oshirmoqda. Oxirgi o‘n yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1900 dan ziyod bolalar sporti ob’ekti yangidan barpo etildi. Maktab, kollej va litseylarning sport zallari 100 % qayta ta’mirlandi. Dunyo sportida noyob tajriba sifatida e’tirof etilgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalarini, yoshlik va sport bayramlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Kamolga etgan yoshlarimiz dunyoning 40 tadan ortiq mamlakatida bo‘lib, sportning 30 turi bo‘yicha Vatan sharafini munosib himoya qildilar. Ana shunday yosh sportchilar o‘tgan davrda o‘z mahorati, azmu shijoatini namoyon etib, 1000 dan ortiq medalni, jumladan, 400dan ortiq oltin, 300dan ortiq kumush va 300dan ortiq bronza medalni qo‘lga kiritdilar. Ayniqsa, eng so‘ngi yutuqlarimizdan biri bo‘lgan, bokschilarimizning Braziliya Respublikasining Rio hahrida bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida 10 ta vazn kategoriyasining 7 tasida (3ta oltin, 2ta kumush, 2ta bronza) g‘alabani qo‘lga kiritganlari mamlakat sport tarixidagi eng katta yutuqlardan biri bo‘ldi. Bu haqda yozarkan maxalliy va xorijiy OAV hodimlari “Olimpiada 2016” yakunlariga ko‘ra mamlakat nomini endi UzBOKStan, deb atasa ham bo‘ladi!”, degan e’tirofni ta’kidlashdi. Mana shu e’tirofning o‘zi ham xalqimizning har bir a’zosi, yoshlarimizning har bir vakili qalbida cheksiz g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bu esa miliy g‘oyaning maqsadlari bilan mutarakdir.
Milliy g‘oyani aholining keng qatlami orasida targ‘ibot va tashviqot qilishda shubhasiz ommaviy axborot vositalari (OAV) etakchi o‘rinni egallaydi. Xuquqiy demokratik jamiyat qurishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli benihoya katta. SHu bois, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining mustaqil respublika mezonlariga javob bera oladigan yuridik maqomlarini belgilab beruvchi xujjatlar majmuasi qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va to‘la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.”1 Bugun jamiyatimizning ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardagi etakchi o‘rinni egallashini hisobga olgan holda, bugun OAVi hatto “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda erkin faoliyatga asoslangan OAV shakllantirildi va uning faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida avvalo, xuquqiy kafolatlarni yaratishga kirishildi.
Eng asosiy targ‘ibot quroli–ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog‘liq. Berilayotgan axborotda faqat yutuqlarni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini o‘ylab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka solish bilan faqat o‘zimizga zarar qilamiz. Demak muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga yordam beradi. Ochig‘i, faqat maqtov targ‘ibotning yagona usuli va xattokieng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak, mafkurada hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.
Bunga misol. Bir vaqtlar AQSH fuqarolarida demokratiya tamoyillarining bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan. Mutaxassislar tomonidan bu muammoning turli echimlari taklif qilingan, lekin targ‘ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olinadi: demokratiyaning kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi hamda unga muqobil sifatida kommunizm va monarxiya targ‘ib etildi. Targ‘ibotning bu usuli kutilgandek samara berdi; odamlar «yomon bo‘lsa ham, demokratiyadan qo‘ymasin», degan fikrga keldi va uning ashaddiy himoyachilariga aylandi.
Talaba-yoshlarning siyosiy-ijtimoiy vaziyatga munosabatini shakllantirishda ichki va tashqi axborot muhiti asosiy rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni individual tarzda o‘zlashtirishni shaxsning tajribasi bilan bog‘lash kerak, yoshlarniig ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini tavsiflovchi bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan intellektual sifatlar ko‘rsatkich-indikator (mezon) sifatida ishtirok etishi mumkin.
Hozirgi paytda talaba yoshlarning ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi intellektual vosita vazifasini bajaruvchi mutlaqo yangi tipdagi yangi avlod o‘quv adabiyotlari kerak. Buning uchun yoshlarning fizologik-psixologik rivojlanishlarini va dunyo siyosatining yangicha shakllanayotganligini e’tiborga olib, yaratilayotgan adabiyotlarning kontekstini tubdan o‘zgartirish kerak.
Ta’kidlash joizki, so‘z va matbuot erkinligi demokratik islohotlar sur’atini jadallashtirishga xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari esa doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling