Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR
- NAZORAT SAVOLLARI
- 1-masalaning bayoni
- 2- masalaning bayoni
3-masalaning bayoni: Mustaqillik sharoitida jamiyat g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari о‗zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta‘minlashdagi ahamiyati yuksak. Dunyodagi barcha xalqlarning milliy g‗oyalari, о‗z navbatida, umuminsoniy mazmunga ega bо‗ladi. YA‘ni, milliy xususiyatlar umuminsoniy g‗oyalar bilan yaxlit, mantiqiy bog‗langan shaklda amal qiladi. «Asrlar, davomida, - deb ta‘kidlaydi Islom Karimov, -xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qо‗shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‗rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, о‗zga xalqlarning ilg‗or tajribalari va madaniyatini о‗rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam» 13 . Darhaqiqat, hech bir umuminsoniy g‗oya yoki qadriyat alohida olingan bir millat tomonidan yaratilmaydi. Umuminsoniy g‗oyalar - bashariyat intellektual salohiyatining ijodiy mevasi, insoniyat taraqqiyoti, evolyusion о‗zgarishlarning mahsuli hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida demokratiya, gumanizm, tinchlik, barqarorlik, mustaqillik, ozodlik, qonun ustuvorligi va inson erkinliklari kabi g‗oya va qadriyatlar umuminsoniy ahamiyatga ega. Ayni paytda, yaxshilik, adolat, millatlarning teng huquqliligi, vijdon erkinligi, tabiatni asrash va shu kabilar umuminsoniy g‗oyalarga misol bо‗la oladi. Jamiyat rivojida ular xilma-xil tarzda, turli-tuman shakllarda namoyon bо‗lib, inson hayotining ma‘naviy mezoni bо‗lib xizmat qiladi. Umuminsoniy g‗oyalarning har bir xalq mafkurasida ustuvor bо‗lishi shu xalqning jahon hamjamiyatiga teng huquqli a‘zo sifatida barcha bilan tinchlik va hamkorlik aloqalarini о‗rnatishi, erkin va farovon hayot barpo etishining muhim shartidir. Qayd etish lozimki, mamlakatimizdagi milliy mafkura umuminsoniy g‗oyalarga suyanadi, undan oziq oladi 14 . 12 И.Каримовнинг Ш. Рашидов таваллудининг 75 йилилигига ба\ишлаб сызлаган нут=идан.1992 йил,тноябрь 13 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т.8. – Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 503. 14 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойиллар ва атамалар (қисқа изоҳли тажрибавий луғат) – Т.: 2002. –Б. 149. XIX asrning ikkinchi yarmidan jahondagi g‗oyaviy- mafkuraviy jarayonlarda demokratik tamoyillarning shakllanib, rivojlanishi yuz bera boshladi. Demokratlashtirish, erkinlashtirish, iqtisodiyotning ochiqligi, havfsizlik muammolariga munosabatlarning bir-biriga yaqinlashuvi bugun jahondagi kо‗pchilik davlatlarning ichki va tashqi siyosatlarini belgilab bermoqda. 200 yil muqaddam jahonning hamma davlatlari avtoritar davlatlar edi. XIX asrning oxirida jahonda 13 tagina demokratik davlat bor edi. XX asrning birinchi yarmida ularning soni ikki marta ortdi, 1992 yilga kelganda esa jahondagi 183 davlatning 91 tasi demokratik davlat bо‗ldi, yana 35 tasi esa avtoritarizmdan demokratiyaga о‗tish davrida turardi. Shu asosda umumsayyora kо‗lamida axloqiy-ma‘naviy masalalar va qiziqishning kuchayishi ravshanroq ayon bо‗lmoqda 15 . Mustaqillik yillarida О‗zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bо‗lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy- ma‘rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat‘i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta‘minlash davlatimiz siyosatining mazmun- mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an‘analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо‗r-kо‗rona nusxa kо‗chirmasdan, о‗zimizga xos va о‗zimizga mos rivojlanish yо‗lini izchil davom ettirish demakdir» 16 . О‗zbekistonda qurilayotgan yangi jamiyat о‗zining g‗oyaviy-mafkuraviy asoslariga suyangandagina pirovard maqsadga erishish mumkin. Qayd etish lozimki, о‗zbek xalqining ming yilliklar davomida yaratgan о‗ziga xos g‗oyalari - tinchlik, ozodlik, hurlik, mustaqillik, ezgulik, barqarorlik, ma‘naviy barkamollik, shaxsni ulug‗lash, uning manfaatlarini hurmatlash - bularning bari yangi shakllanayotgan jamiyatimizning g‗oyaviy poydevori hisoblanadi. Kо‗hna qadriyatlarimiz, olimu ulamolarning asarlari jamiyatning g‗oyaviy- mafkuraviy asosini yaratishda juda muhim ahamiyatga ega bо‗ldi. Yurtimiz xalqlarining tarixi, madaniyati о‗z ildizlari bilan asrlar qa‘riga borib taqalishi va uzoq ming yillarni о‗z ichiga olishini qadimgi fors yozuvchilarining, xitoy, arman va suriyalik geograf va tarixchilarning yozib qoldirgan ma‘lumotlari, Nosiriddin Burhonuddin Rabg‗uziyning «Qisasi Rabg‗uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlaridan, zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»dan, shuningdek, Bexistun, Bundaxishn, qadimgi turkiy bitiklar, jumladan О‗rxun-Yenisey yodgorliklaridan aniq va ravshan bilib olishimiz mumkin. Milliy g‗oya va mafkuramizning ildizlari о‗ta qadimiy ekanligiga yunonistonlik olimlar - Arrian, Kursiy, Plutarx, Geradot, Straban, shuningdek, Abu 15 «Жаҳон адабиѐти», 2003, ноябр. 116-бет. 16 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 28-29. Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari ham guvohlik beradi. Qayd etish lozimki, О‗zbekistonda milliy tiklanish, bir tomondan milliy о‗zlikni anglash, boshqa tomondan, jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarini yaratish, uchinchi tomondan esa bozor iqtisodiyoti munosabatlariga о‗tish asnosida yuz berdi. ―Ayni vaqtda biz jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun‘iy ravishda chetdan turib, zо‗ravonlik yо‗li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshimiz. Biz barcha sohalarda, jumladan, ma‘naviy sohada ham tadrijiy-evolyusion islohotlar yо‗li tarafdorimiz va bunga qat‘iy amal qilamiz. YA‘ni, sodda qilib aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e‘tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar vademokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam о‗rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog‗liq ekanini hayotning о‗zi taqozo etadi‖. 17 Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish eng avvalo uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlashni talab etadi. Agar har bir sohadagi, jumladan, iqtisodiy jabhadagi islohotlar g‗oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta‘minlanmas ekan, jiddiy milliy tiklanish tо‗g‗risida fikr yuritish mushkuldir. Xо‗sh, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda uning qaysi g‗oyaviy- mafkuraviy asoslariga suyanish lozim? Avvalo, iqtisodiy hayot erkinlashishi lozim. Shuningdek, kо‗p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfining shakllanishi о‗ta muhimdir. Biroq, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi eng muhim g‗oyaviy asos - fuqarolarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‗zgartirish, har bir kishiga о‗z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkoniyatini yaratib berishdir. Mamlakat iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish, milliy g‗oya konsepsiyasida ijtimoiy hamkorlik va evolyusion taraqqiyot kabi g‗oyalarning о‗rni kattadir. Ijtimoiy hamkorlik davlat va millat taraqqiyotida har bir soha uchun muhimdir. Siyosat, ijtimoiy soha, iqtisodiyot, madaniy jabhadagi hamkorlik milliy tiklanish uchun kuchli poydevor hisoblanadi. Ayniqsa shu narsani yodda tutish lozimki, davlatning bosh islohotchilik roli jamiyatdagi ijtimoiy hamkorlikni ta‘minlaydigan iqtisodiy asoslarni, siyosiy vazifani, madaniy muhitni, qonuniy- huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, boshqarish va nazorat qilish faoliyatida yaqqol namoyon bо‗ladi. MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: Tarixiy taraqqiyot, tarixiy taraqqiyot mezonlari, tarixiy jarayon, sivilizatsion yondoshuv, g‗oyaviy-mafkuraviy mezon, jadidchilik, g‗oya va mafkuralarning rivojlanish tarixi, tarixiy merosga mafkuraviy yondoshuv, gumanizm. 17 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.101 NAZORAT SAVOLLARI 1. Tarixiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi motivlari nimalardan iborat? 2. Tarixiy taraqqiyot mezonlariga deterministik yondoshuvlarning xususiyatlarini kо‗rsating. 3. Tarixiy taraqqiyotda obyektiv va subyektiv omillar birligini izohlang. 4. Tarixiy taraqqiyotni davrlashtirish tamoyillarini tavsiflang. 5. Konkret tarixiy taraqqiyot bosqichiga g‗oyaviy-mafkuraviy ta‘sirning imkoniyatlari qanday? 6. Temuriylar davridagi jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlarning xususiyatlarini kо‗rsatib bering. 7. Jamiyat taraqqiyotiga doir jadidchilik g‗oyalarining mazmuni va ahamiyati nimada? 8. Hozirgi davrda jamiyat taraqqiyoti haqidagi muqobil g‗oyaviy- mafkuraviy qarashlarning yо‗nalishlarini yoritib bering. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T. : 2008. 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q. -T. : 1998. 3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilaye quramiz. T.7. T.: О‗zbekiston, 1999. 89,99,132,297,303 betlar 4. Karimov I. A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. T.: О‗zbekiston. 2000. 503, 504 betlar. 5. Karimov I.A. Biz tanlagan yо‗l – demokratik taraqqiyot va ma‘rifiy dunyo bilan hamkorlik yо‗li. t.11. T.: О‗zbekiston, 2003. 17, 18 betlar. 5. Mustaqillik. Izohli ilmiy-ommabop lug‗at. -Toshkent, 1998. 6. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqa izohli tajribaviy lug‗at) -Toshkent, 2002. 7. B.Tо‗rayev, J.Ramatov. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. T., «Ijod dunyosi», 2002. Milliy g„oya konsepsiyasining asosiy yо„nalishlari Reja: 1. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining mazmun va mohiyati. 2. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining asosiy yо‗nalishlari. 3. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining ahamiyati. 1-masalaning bayoni: Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasining mohiyati shundaki, yurtimizda shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‗oya barcha millatlarning manfaatlariga mos. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik О‗zbekistondagi barcha millat va elat vakillarining g‗oyasi bо‗lib qolmoqda. I.Karimovning milliy g‗oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e‘tiborning kо‗pligi О‗zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yо‗l-yо‗riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir. Mamlakatimiz milliy g‗oya konsepsiyasida ma‘naviy-ma‘rifiy sohadagi islohotlarni davlat siyosatining ustuvor yо‗nalishi sifatida e‘tirof etilishi, madaniyatning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohadagi barcha muammolarni hal etishdagi roli va о‗rnining ortib borishi, milliy madaniyatning milliy g‗oya va mafkura bilan uyg‗unligi kabi masalalar istiqlol davri adabiy-badiiy, ma‘naviy- madaniy hayotida sifat jihatdan yangilanish, poklanish va barqarorlashuvning boshlanganligidan dalolat beradi. Shu о‗rinda Prezident I.Karimovning «jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma‘rifatdir» 1 , deb ta‘kidlashi bu boradagi islohotlarning tо‗g‗riligiga va davomiyligiga ishoradir. Prezident tomonidan imzolangan «Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyati samaradorligini oshirish tо‗g‗risida»gi (1996 y. 9 sentabr) Farmoni, «Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish tо‗g‗risida» (2006 y. 25 avgust) Qarori esa mazkur sohani rivojlantirish davlat siyosatining bosh maqsadi ekanligidan darak beradi. Milliy mafkura konsepsiyasida milliy tiklanishning tarixiy genezisini aniqlash muhimdir. Bunday tarixiy genezis mavjud va uni о‗zbek xalqining о‗tmish taraqqiyot yо‗lida shakllangan milliy qiyofasidan qidirish lozim. 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 135. Islom Karimov о‗zbek xalqi milliy qiyofasi shakllanganligini isbotlab, uzoq ming yilliklar davrida О‗zbekiston hududiga ne-ne bosqinchilar kelib-ketmadi. Erondan Axmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mо‗g‗ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. «Lekin xalq qoldi-ku. Xо‗sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib о‗zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan о‗troq yashagani, ilm- ma‘rifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bо‗lgani, о‗z urf-odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi?» 1 , deydi. 2- masalaning bayoni: Hozirgi kundagi muhim muammolardan yana biri - milliy tiklanish g‗oyasining strategik va taktik vazifalari masalasidir. Ta‘kidlash lozimki, О‗zbekistonda milliy g‗oya konsepsiyasi milliy mafkuraning bosh g‗oyasi bilan uyg‗undir. Haqiqatdan ham «О‗zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yо‗lidagi bosh g‗oyasi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‗oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma‘no- mazmunini belgilaydi. Har bir inson, uchun muqaddas bо‗lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni о‗zida mujassam etadi» 18 . «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‗zining g‗oyaviy- mafkuraviy asoslariga ega bо‗lib, ular О‗zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‗lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tish vazifasi birdaniga hal bо‗lmaydi. Uning uchun ma‘lum shart-sharoitlar yetilgan bо‗lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat: - jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‗qotish, g‗oyaviy-ma‘naviy boqimandalik hissini bartaraf etish; - kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‗layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish; - insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‗tarish, jamiyatda sodir bо‗layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish; - odamlarda о‗z-о‗zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‗rsatish kо‗nikmasini paydo qilish; - mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish; - davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‗r-kо‗rona aralashuv mexanizmini yо‗q qilish; - qonunlar ijrosini ta‘minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‗lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Jamiyatning erkinlashishi insonlar, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokiga, о‗zaro munosablardagi о‗rni, mavqei, holatiga bog‗liq. Inson erkinlikni xohlaydi, lekin nosog‗lom siyosat, mafkuraviy maqsadlar bunga yо‗l bermasligi mumkin. Bunga sobiq Ittifoq davri yaqqol misol bо‗ladi. О‗zining erkin yoki erkin emasligini farqlamaydigan insonlar ham 1 Каримов И. . А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 143. 18 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.:Ўзбекистон, 2000. – Б. 50-51. uchraydi. Bu ularning ongi, dunyoqarashi, tafakkuri darajasiga bog‗liq. Inson erkinlikni istaydi, ammo mavjud ijtimoiy–iqtisodiy holati bunga imkon bermasligi mumkin. О‗z erkinligini idrok eta olmagan kishi ozod bо‗la olmaydi. Bunday odamlar doimo birovning ta‘sirida va unga qaram bо‗ladi. Iqtisodiy qaramlik inson erkinligini yuzaga chiqarmaydi. Bu о‗ziga xos iqtisodiy tobelik ruhiyatini shakllantiradi. Ayrim ijtimoiy muammolarning mavjudligi kishining erkin faoliyat yuritishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatmasdan qolmaydi. Masalan, bir amallab о‗z ish о‗rnini saqlab turgan, boshqa mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish qо‗lidan kelmagan yoki unga imkoniyati bо‗lmagan kishi о‗z ishini yо‗qotib qо‗ymaslik uchun jim turishni afzal kо‗radi. U ishsiz qolishdan qо‗rqadi. SHо‗rolar davrida insonlar bir kasb doirasiga chambarchas «bog‗lab» qо‗yilgan, boshqa mehnat faoliyati, xususan, tadbirkorlik bilan shug‗ullanish imkoniyatlari cheklangan edi. Bugun xususiy tashabbusga keng imkoniyatlar berildi, biroq bu imkoniyatlardan foydalanish oson kechayotgani yо‗q. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning bozor iqtisodiga asoslangan, mulk xilma– xilligiga о‗tgan О‗zbekistonda hammaning oldida yangi-yangi imkoniyatlar paydo bо‗ldi. Insonlar endi faqat bir narsaga tayanib qolish emas, balki mulkdor bо‗lish huquqining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanishlari mumkin. Buning uchun odamdan faqat yetarli salohiyat, izlanish, mehnat, faollik talab etiladi. Bugun kim shu talablarga javob bersa, muayyan yutuqlarga erishayapti va yomon yashamayapti. Demak milliy g‗oyaning jamiyat hayotiga tadbiq etilishi jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalashtirish bilan uzviy bog‗liqdir. U erkinlik, erkinlashtirishning muhim ma‘naviy omili bо‗lib xizmat qiladi. Chunki u tayanadigan, amal qiladigan qoidalar, tamoyillar shunga shart-sharoit yaratadi va shuni talab ham qiladi. Mustaqillik tufayli jamiyat yangilanishga, erkinlashishga ehtiyoj sezayotgan ekan, demak mustaqillikkacha amal qilgan g‗oyalar, qoidalar, tamoyillar bugungi kun talablariga javob bermaydi, ularga asoslangan holda jamiyat va inson hayotining erkinlashtirish mumkin emas. Mamlakatning huquqiy asoslari, qonunchilik sohasi, ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy negizlari yangilanmoqda. Yangi g‗oyalar demokratik tamoyillar asosida qurilmoqda Bu istiqbolda kuchli, demokratik fuqarolik jamiyatini qurish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Erkinlashtirish va demokratiyalashtirish esa, uning ustuvor yо‗nalishi bо‗lib qoladi. Insonlarning erkin bо‗lishi yoki bо‗lmasligi jamiyatda qanday g‗oya amal qilayotganligiga, u qanday tamoyillarga asoslanishiga bevosita bog‗liq. Agar mamlakatda fikrlar, qarashlar, g‗oyalar xilma–xilligi e‘tirof etilsa va jamiyat hayoti unga asoslansa, shunga mos tarzda ong va tafakkur erkinligi shakllanadi. Tafakkur erkinligi, ya‘ni fikr erkinligi esa insonlar, shaxs erkinligiga, ozod shaxs ma‘naviyatini va demokratiyani qaror topishiga xizmat qiladi. Agar jamiyatda fikrlar, qarashlar, g‗oyalar xilma xilligiga amal qilinsa, insonning jamiyatdagi о‗rni yangicha ma‘no kasb etadi. Ong va tafakkur erkinligi fikrlar xilma–xilligini yuzaga chiqaradi. Mamlakatning kuch-qudrati, salohiyati ortadi. Milliy g‗oya mamlakatning ma‘naviy kuch-qudrat manbaiga aylanadi. Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasida milliy g‗oya va mafkuralar tarixi asoslangan. Uning g‗oyaviy-mafkuraviy asosini ikki jihatdan tahlil etish lozim. Birinchidan, bunday asos nazariy-metodologik nuqtai nazardan tamomila yangi emas. U qadimdan mavjud. О‗zbek xalqining kо‗hna tarixi, mustaqillik uchun bosqinchilarga qarshi kurash, ma‘naviy-ma‘rifiy kо‗tarilish, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qо‗shgan hissasi, ma‘rifatparvarlik, milliy ozodlik harakati, jahon hamjamiyatining faol ishtirokchisiga aylanish kayfiyati - bularning bari milliy tiklanishning g‗oyaviy-mafkuraviy asosini tashkil etadi. Ikkinchidan, milliy g‗oya konsepsiyasining mafkuraviy asosi о‗tmish madaniy-tarixiy merosimiz negizida, о‗zgargan dunyo xususiyatlari e‘tiborga olingan holda yanada takomillashib bormoqda. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash zaruriyati konsepsiyada yoritilgan. Unda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga tahdid solayotgan g‗oyalar, mafkuralar, ularga qarshi kurashish zarurligi kо‗rsatib berilgan. 80-yillarning oxirida О‗zbekistonga kirib kela boshlagan va mamlakatimizga о‗zini «dо‗st», «dindosh», «millatdosh» sifatida kо‗rsatganlarning haqiqiy g‗oyaviy-mafkuraviy qiyofasini kо‗rsatib, ularga qarshi jiddiy kurashish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Shunday qilib, I.Karimov О‗zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga XX asrning 90-yillarida jadal kirib kelgan diniy fundamentalizm, ekstremizm va xalqaro terrorizmning mazmun-mohiyatini ochib berdi. Ayni paytda ushbu konsepsiyada mazkur masalaning ikki tomoniga e‘tibor berildi. Birinchisi, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik va xalqaro terrorizm faqat islom diniga taalluqli emas. Bunday salbiy holatlar boshqa dinlarga ham tegishli ekanligi qayd etildi. Bu bilan islom dinining sofligi saqlandi. Ikkinchi tomondan, bunday salbiy holatlarga qarshi kurashishning yagona yо‗li - fuqarolarda g‗oyaviy immunitetni shakllantirish va u orqali odamlarni g‗oyaviy, ma‘naviy-ruhiy tarbiyalash, ularni milliy g‗oyaga ishontirish, uyushtirish va safarbar etish zaruriyati hamda yо‗l-yо‗riqlari kо‗rsatildi. I.Karimovning bu boradagi nazariy qarashlarida diniy ekstremizm, fundamentalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda kishilarning iymon- e‘tiqodini mustahkamlash, mustaqil fikrga ega bо‗lgan barkamol avlodni tarbiyalash, milliy-madaniy merosni asrash va amaliy faoliyatda unga suyanish kabilar о‗z aksini topdi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling