Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana22.11.2020
Hajmi1.4 Mb.
#149900
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
MIG tarixi nazariyasi


 2-masalaning  bayoni:  Milliy  g‗oyamiz  insonparvarlik,  inson  qadr-
qimmati,    sha‘ni  va  or-nomusi,      xaq-huquqlari    hamda    manfaatlarining 
ustuvorligi  prinsipiga  tayanadi.  Unda  insonning  hayoti  oliy  qadriyatdir.  Bu 

prinsip о‗tkinchi xarakterga ega bо‗lmay, balki О‗zbekistonning demokratik 
rivojlanish istiqbolini о‗zida mujassam etadi.  
  Bunda  milliy  g‗oyaning    insonparvarlik  va  demokratik  prinsiplari  inson 
xamda  jamiyat  manfaatlari  uygunligini  belgilab  beruvchi  tayanch  nuqta  va  
jipslashtiruvchi  omil  vazifasini  о‗taydi.    Demak,    milliy  istiqlol  g‗oyasi  ikki 
muhim,  bir-biri  bilan  bog‗liq  negizga  tayanadi.  Bu,    bir  tomondan. 
О‗zbekiston xalqining tarixi, turmush tarzi, urf-odat, an‘analari, madaniyati 
bilan  bog‗liq  milliy-madaniy  merosi  bо‗lib,  bu  uning  asosi,  bosh  negizi, 
tayanchi  hisoblanadi.  Ikkinchisi,  dunyo  xalqlari  e‘tirof  etib,    faqat 
ezgulikka, 
 
bunyodkorlik 
 
ishlariga. 
о‗zaro 
totuvlik 
va 
hamjihatlikka 
xizmat 
qilib 
kelayotgan 
umuminsoniy  tamoyillardir.  Shu  ma‘noda  milliy  g‗oya  umumbashariy 
qadriyatlarni e‘tirof etadi. 
Milliy  qadriyatlarga    sodiqlik  -  milliy    g‗oyaning  tayanch  negizlaridan 
biridir. 
Bu 
prinsip 
О‗zbekiston 
hududida 
istiqomat  qilayotgan  har  bir  fuqaroning  о‗z  milliy  qadriyatlarini  asrab-
avaylash,  kelajak  avlodlarga  yetkazishi  uchun  tо‗la  imkoniyatlar  yaratilishini 
ifodalaydi.  О‗tmishdan  qolgan  buyuk  madaniy  boyliklarimiz,  mumtoz 
qadriyatlarni  hurmat  qilish,  ularni  ijodiy  jihatdan  о‗rganish  —  bu  prinsipning 
asosiy  jihatidir.  Lekin  shu  narsani  umumqonuniyat  sifatida  hisobga  olish 
kerakki,  umumbashariy  qadriyatlar,  avvalo,  milliy-ma‘naviy  negizda 
shakllanadi. Xalq, millatning ruhiyati uning milliy-madaniy merosi orqali uning 
hayotida,  maqsad  va  orzularida,  jamiyat  qurilishida  о‗zining  aniq  ifodasini 
topadi,  Ijtimoiy  taraqqiyot  natijasida  u  yoki  bu  xalqlarga  xos  bо‗lgan  milliy-
ma‘naviy  qadriyatlarning  umuminsoniy  mohiyati  dunyo  xalqlari  rivoji  uchun 
umumbashariy  qadriyat  sifatida  xizmat  qiladi.  Ular  bir  birini  boyitadi,  ayni 
paytda о‗zaro mushtaraklikka ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. 
Milliy  g‗oya  –barkamol  avlodni  tarbiyalash omilidir.   Milliy  g‗oyada  inson 
manfaatlarini ta‘minlash – yuksak qadriyat sifatida e‘tirof etiladi. О‗zbekistonning 
mustaqil  taraqqiyoti  jarayonida  inson  huquqlarining  kengayishi,  mas‘uliyatining 
ortishi. 
О‗zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  –  inson  huquqlari  va  erkinliklari 
ustuvorligini  ta‘minlashning kafolati.   
3-masalaning  bayoni:  Mustaqillik  sharoitida  milliy  g‗oyani  rivojlantirish, 
uning  ma‘naviy  ta‘sirchanligi  va  mafkuraviy  samaradorligini  oshirish  jarayonida 
inson  huquq  va  erkinliklarini  takomillashtirish  muammosi  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi.  
Milliy  g‗oyamizning    о‗ziga  xos  jixati  ham  shundaki,  u  fikrlar  va 
g‗oyalar xilma-xilligini tan oladi. Jamiyatning yakka-yagona mafkurasi sifatida 
biron-bir  fikr,  g‗oyani  e‘tirof  etmaydi.  Erkinlik,  xususan,  fikr  erkinligi  va 
xilma-xilligi prinsiplariga amal qilish milliy istiqlol g‗oyasi uchun muhim. Fikr 
erkinligi  va  g‗oyalar  xilma-xilligiga  asoslanish  taraqqiyotni  ta‘minlab 
turuvchi, inson salohiyatini oshiruvchi noyob imkoniyatdir. 
Jahon  tajribasi  shundan  dalolat  beradiki,  о‗z  davlatchiligini  qо‗lga  kiritish, 
milliy  va  ijtimoiy  ozodlikka  erishish  hech  kayerda  yengil  va  osonlikcha 

bо‗lmagan.  Mustaqillikka  erishgan  xar  bir  mamlakat  о‗z  taraqqiyot  yо‗lini 
izlaydi,  yangi  jamiyat  barpo  etishda  о‗z  andozasinn  ishlab  chiqishga  intiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyat,  odamlar  о‗rtasida  tarkib  topgan 
munosabatlar,  ularning  dunyokarashi,  jumladan,  diniy  e‘tiqodi  ruhiyati  va 
xulq-atvor  normalari  ham  shuni  taqozo  etadi.  Masalan,  dunyoda  ijtimoiy 
taraqqiyot  yо‗lining  turli  variantlari  mavjud.  Turkiya,  Janubiy  Koreya, 
Shvetsiya  modellari  va  boshqalar  bunga  misoldir.  Bir  qancha  musulmon 
mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni kо‗rsatadi. 
Ikkinchi  jahon  urushidan  sо‗ng  Ovrupo  mamlakatlari  va  Yaponiya  xalq 
xо‗jaligini qayta tiklash rejasi ham buning amaliy namunasi bо‗ldi. 
О‗zbekiston  boshqa  davlatlar  taraqqiyoti  jarayonida  tо‗plangan  va 
respublika  sharoitiga  tadbiq  qilsa  bо‗ladigan  barcha  ijobiy  va  maqbul 
tajribalardan,  shak-shubhasiz,  samarali  foydalanadi.  Biron-bir  modelni,  hatto 
u  ijobiy  natijalar  bergan  taqdirda  ham,  kо‗r-kо‗rona  kо‗chirib  olish  tо‗g‗rn 
emas.  Aksincha,  aniq-ravshan  vositalar  va  usullar  qaysi  mamlakat  uchun 
mо‗ljallangan  bо‗lsa,  о‗sha  mamlakatning  о‗ziga  xos  sharoitidagina    ijobiy 
natija beradi. 
 
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:  
milliy  taraqqiyot  strategiyasi,  strategik  imkoniyat,  strategik  vazifalar, 
taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.  Strategik vazifalarni belgilovchi mezonlar. 
2.  ―О‗zbek modeli‖ning strategik ahamiyati nimada? 
3.  О‗zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashish  imkoniyatlari 
va muammolari. 
4.  О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish omillari. 
5.  Strategik  vazifalarni  amalga  oshirishni  g‗oyaviy-mafkuraviy  ta‘minlash 
zaruriyati nimada? 
6.  Strategik  vazifalarni  amalga  oshirishning  taktik  usullari  va  vositalarini 
kо‗rsating. 
 
MAVZUGA OID  ADABIYOTLAR: 
1.  О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: 2008. 
2.  Karimov  I.  A.  Jaiyatimizni  erkinlashtirish,  islohotlarni  chuqurlashtirish, 
ma‘naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – 
barcha  ishlarimizning  mezoni  va  maqsadidir.  T.15.  –T.:  О‗zbekiston, 
2007. –B.199. 
3.  Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash – barcha islohot 
va  о‗zgarishlarimizning  bosh  maqsadidir.  О‗zbekiston  respublikasi 
Prezidenti  Islom  Karimovning  2007  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
yakunlari 
va 
2008 
yilda 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor  yо‗nalishlariga  bag‗ishlangan 
Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma‘ruzasidan:  «Xalq  sо‗zi»,  2008  yil  9 

fevral. 
4.  Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.:―Ma‘naviyat‖, 
2008. –B. 108. 
5.  Berdyayev N. Duxovniy krizis intelligensii. SPb., 1909. –S.92. 
6. 
1
  Karimov  I.  A.  Biz  kelajagimizni  о‗z  qо‗limiz  bilan  quramiz.  T.7.  –T.: 
1999 –B.373, 374, 379, 381,   
7.  Milliy  istiqlol  g‗oyasi:  asosiy  tushuacha  va  tamoyillar.  —  T.: 
О‗zbekiston, 2001. –B. 51-52. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Milliy g‟oyada siyosiy institutlar va  mafkuralar xilma xilligi tamoyili 
Reja:  
 
1. 
Siyosiy institutlar va  mafkuralar xilma xilligi tushunchasi, uning mazmun va 
mohiyati.  
2. 
Milliy g‘oya va siyosiy institutlar xilma-xilligi. 
3. 
Siyosiy partiyalar faolligini oshirish va milliy g‘oyani takomillashtirish. S 
 
O‘rni  va  ahamiyati  jihatidan  siyosiy  partiya  va  harakatlar  jamiyat  hayotida 
muhim  rol  oynaydi.  Siyosiy  partiyalar  jamiyatni  harakatga  keltiruvchi  asosiy 
siyosiy  kuchlardan  biri  hisoblanadi.  Qaysi  mamlakatlarda  siyosiy  partiyalar 
harakatda bo‘lmas ekan, shu mamlakatda fikrlar erkinligi ham  bo‘lmaydi. Tarixiy 
taraqqiyotning  ma‘lum  bir  bosqichida  jamiyatda  ijtimoiy–iqtisodiy  tabaqalanish 
roy bergan. Buning oqibatida manfaatlari bir-biriga qarama–qarshi bo‘lgan ijtimoiy 
guruhlar  va  ular  manfaatlarini  ifoda  qiluvchi  siyosiy  partiyalar  shakllana 
boshlagan. 
 “Partiya” so‘zi lotincha ―pars (―partire‖)‖ – qism, guruh, bo‘lak so‘zlaridan 
kelib  chiqqan  bo‘lib,  u  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan  ijtimoiy  sinf,  tabaqa, 
guruhlarining eng ilg‘or, faol qismini birlashtirgan siyosiy tashkilotni anglatadi. 
Siyosiy  partiyalarning  vujudga  kelishi  siyosiy  hokimiyatni  qo‘lga  kiritish 
uchun  murosasiz  kurash  olib  borish  zaruriyati  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Siyosiy 
partiyaga o‘xshash institutlar g‘arb va sharqda qadimdan mavjud bo‘lgan. Tarixdan 
ma‘lumki,  siyosiy  partiyalar  qadimgi  Yunonistonda  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular 
oldin  juda  ozchilikni  o‘z  saflarida  birlashtirgan.  Ular  tarkibi  jihatidan  juda  tor 
doirada  uyushgan    siyosiy  tashkilotlar  bo‘lgan.  Ular  asosan  jamiyatdagi  turli 
sinflarning  manfaatlarini  emas,  balki  quldorlar  sinfi  ichidagi  xilma-xil  siyosiy 
oqimlar manfaatlarini ifoda etgan. Afinada geteriylar, Rim optimat va populyarlari 
antik  davrida  siyosiy  partiya  vazifalarni  bajarishgan.  Jamiyat  tarixidagi  turli 
siyosiy  tizimlarda  odamlar  o‘zlarining  alohida  manfaatlarni  himoya  qilish 
maqsadida uyushganlar va irodalarini jamiyatga  o‘tkazishga uringanlar. 
 
Mamlakat  siyosiy,  iqtisodiy  hayotini,  davlat  va  jamiyat  qurilishini  yanada 
erkinlashtirish, chuqurlashtirish va uni modernizatsiyalash quyidagilarni o‘z ichiga 
qamrab oladi: 
  Siyosiy, davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari,  
Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirishni 
Partiya jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonida har bir mamlakat oldida 
turgan  vazifalarni  belgilashda  va  royobga  chiqarishda  o‘ziga  xos  o‘rniga  ega 
bo‘ladi hamda muayyan funktsiyalarni bajaradi. 
Partiya  dasturlari  siyosiy–ijtimoiy  aniq  maqsad  va  funktsiyalariga  qaratilgan 
bo‘lib, ular ikki turga bo‘linadi: 
1.  Ichki  funktsiyasiga:  1)  Jipslashtiruvchi.  2)  Muvofiqlashtiruvchi.  3) 
Rag‘batlantiruvchi.4) Etakchilikka intilish. 5) Mavqeiga mosligi. 
2.  Tashqi  funktsiyasiga:  1)  Targ‘ibot  va  tashviqot.  2)  Ma‘lim  ciyosiy 
yo‘nalishga  moslashtirish.  3)  Siyosiy  voqea  va  jarayonlarga  hozirjavoblik  kabi 
vazifalar kiradi.  

Milliy g‟oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-
sharoitlari va omillari 
Reja:  
1. 
Milliy  g‘oyaning  negizlari  tushunchasi,  uning  mazmun  va  mohiyati. 
Milliy ma‘naviy meros va umuminsoniy demokratik printsiplar.   
2. 
Milliy g‘oya va milliy ma‘naviy meros o‘rtasidagi uzviylikning Prezident 
Islom Karimov asarlarida nazariy asoslanishi.  
3. 
 Milliy  g‘oya  negizlarini  asrab-avaylash,  uni  himoya  qilish  shart-
sharoitlari va omillari. 
Mustaqillik  yurtimizda  yashayotgan  barcha  xalqlar  uchun  eng  ulkan  tarixiy 
burilish davri bо‗ldi, tabiiyki, bu davr о‗ziga xos asosli g‗oyalarning shakllanishini 
ham talab qildi. 
Tarixiy  jihatdan  zaruriyat,  hayotiy  ehtiyoj  hisoblangan  bunday  g‗oyalar 
О‗zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  tomonidan  vatan  ravnaqi,  yurt  tinchligi, 
xalq  farovonligi,  komil  inson,  ijtimoiy  hamkorlik,  millatlararo  hamjihatlik,  diniy 
bag‗rikenglik  kabi  milliy,  ayni  paytda,  umuminsoniy  qadriyatlar  sifatida  asoslab 
berildi.
1
  
Milliy istiqlol g‗oyasining qator muhim tarixiy vazifalari bor: 
– birinchidan, milliy istiqlol g‗oyasi aholini, avvalambor, yosh avlodimizni 
vatanparvarlik,  el  –  yurtga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash,  ularning  qalbida 
insonparvarlik  va  odamiylik  fazilatlarini  payvand  qilishdek  olijanob  ishlarimizda 
madadkor bо‗lishi zarur; 
– ikkinchidan, u Vatanimizning shonli о‗tmishi, buguni va buyuk kelajagini 
uzviy  bog‗lab  turishga,  о‗zimizni  ulug‗  ajdodlarimiz  boqiy  merosining  munosib 
vorislari  deb  his  qilish,  shu  bilan  birga,  jahon  va  zamonning  umumbashariy 
yutuqlariga  erishmoqqa  yо‗l  ochib  beradigan  va  shu  maqsadlarga  muttasil  da‘vat 
qiladigan g‗oya bо‗lishi kerak; 
uchinchidan,  milliy  istiqlol  g‗oyasi  kelajagi buyuk  davlat qurayotganimizga 
mustahkam  ishonch  bag‗ishlab  ruhimizni  baland,  belimizni  baquvvat  qilishga 
xizmat qilishi lozim.  
G‗oya  va  mafkura.  G‗oya  tushunchasi  mafkura  tushunchasi  bilan 
chambarchas  bog‗liq,  aniqrog‗i  biri  ikkinchisini  yaratadigan  hodisadir.  Mafkura 
kelib chiqishiga kо‗ra arabcha sо‗z bо‗lib, fikrlarning kо‗pligini bildiradi va о‗zbek 
tiliga  kо‗p  asrlardan  buyon  о‗zlashib  ketgan.  Shuningdek,  tafakkur  (fikrlar 
majmuasi)  va  mutafakkir  (fikrlar  egasi)  sо‗zlari  asosida  ham  fikr  tushunchasi 
yotadi. 
Mafkura - muayyan guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, 
maqsad va intilishlarini, ijtimoiy - ma‘naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‗oyalar, 
ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. 
Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  jamiyat  mafkurasiga  shunday  ta‘rif  bergan: 
―Odamlarning  ming  yillar  davomida  shakllangan  dunyoqarashi  va  mentalitetiga 
asoslangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning  kelajagini  kо‗zlagan  va  uning 
                                                 
1
  Каримов  И.  А.  Миллий  истиқлол  мафкураси  –  халқ  эътиқоди  ва  буюк  келажакка 
ишончдир. – Т.: «Ўзбекистон», 2000. – Б. 3 -31. 

dunyodagi  о‗rnini  aniq-ravshan  belgilab  berishga  xizmat  qiladigan,  kechagi  va 
ertangi  kun  о‗rtasida  о‗ziga  xos  kо‗prik  bо‗lishga  qodir  g‗oyani  men  jamiyat 
mafkurasi deb bilaman‖.
1
 
Sodda  qilib  aytganda,  jamiyatimizning  mafkurasi  shu  jamiyatning  fikriy-
g‗oyaviy  tayanchi  bо‗lishi,  oddiy  inson  va  uning  manfaatlarini  ifoda  etishi, 
xalqimizning bexatar,  tinch  – omon,  farovon,  badavlat  turmushga  erishishi  uchun 
kuch - g‗ayrat manbai bо‗lishi lozim. 
Milliy  mafkura,  birinchidan,  о‗zligimizga,  muqaddas  an‘analarimizni 
anglash  tuyg‗ularini,  xalqimizning  kо‗p  asrlar  davomida  shakllangan  ezgu 
orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qо‗yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab 
olishi shart. 
Ikkinchidan,  jamiyatimizda  bugun  mavjud  bо‗lgan  xilma  –  xil  fikrlar, 
ziddiyatlar  va  g‗oyalar,  erkin  qarashlar,  har  qanday  toifalar  va  guruhlarning 
intilishlari  va  umidlaridan,  har  qanday  insonning  e‘tiqodi  va  dunyoqarashidan 
qat‘iy nazar, ularning barchasini yagona bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz 
va  davlatimizning  daxlsizligini  asraydigan,  el  –  yurtimizni  eng  buyuk  maqsadlar 
sari chorlaydigan yagona g‗oya – mafkura bо‗lishi kerak. 
Uchinchidan,  milliy  mafkuramiz  har  qanday  millatchilik  va  shunga 
о‗xshagan  unsurlardan,  boshqa  elat  va  xalqlarni  mensimaslik,  ularni  kamsitish 
kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bо‗lib, qо‗shni davlat va xalqlar, umuman 
jahon  hamjamiyatida,  xalqaro  maydonda  о‗zimizga  munosib  hurmat  va  izzat 
qozonishda  poydevor  va  rahnamo  bо‗lishi  darkor.  Milliy  mafkura  vositasida  el  – 
yurt  birlashadi,  о‗z  oldiga  buyuk  maqsadlar  qо‗yadi  va  ularni  ado  etishga  qodir 
bо‗ladi. Millat, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyotning garovidir. 
Binobarin,  milliy  mafkura  har  qanday  xalqni  –  xalq,  millatni  –  millat 
qiladigan, uning yо‗li va maqsadlarini aniq – ravshan kо‗rsatib beradigan fandir. 
Mustaqillik  yillarida  jamiyatimiz  a‘zolarining  dunyoqarashi,  fikrlash  tarzida 
teran о‗zgarishlar rо‗y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga 
safarbar  etadigan,  uning  ezgu  maqsadlari  va  hayotiy  manfaatlarini  о‗zida 
ifodalaydigan  milliy  g‗oya  va  mafkurani  yaratish  ijtimoiy  –  siyosiy  va  ma‘naviy 
taraqqiyotimizning  muhim  sharti  bо‗lib  qoldi.  Prezident  Islom  Karimov 
ta‘kidlaganidek: ―Oldimizga qо‗ygan olijanob maqsad – muddaolarimizga yetish, 
eski  mafkuraviy  asoratlardan  batamom  xalos  bо‗lish,  g‗oyaviy  bо‗shliq  paydo 
bо‗lishiga  yо‗l  qо‗ymaslik,  begona  va  yot  g‗oyalarning  xurujidan  himoyalanish, 
bunday  tajovuzlarga  qarshi  tura  oladigan  har  tomonlama  barkamol  insonlarni 
voyaga  yetkazish  zarurati  xalqimiz  va  jamiyatimiz  manfaatlariga  mos  yangi 
mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda‖.  
 
 
 
 
 
                                                 
1
 Каримов И. А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга 
хизмат этсин. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 11. 

Milliy g‟oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog‟liqligi 
Reja:  
1. 
Milliy g‘oya va umummafkuraviy jarayonlar tushunchalarining o‘zaro 
munosabati, mazmun-mohiyati.  
2. 
Mafkuraviy  jarayonlarning  turli  xil  ijtimoiy  guruhlar,  qatlamlar 
manfaatlari bilan bog‘liqligi, uni anglash darajalari. 
3. 
Dunyodagi  mafkuraviy  jarayonlar.  Mafkuraviy  jarayonlar  va 
mafkuraviy 
kurashlar. 
Siyosiy-ijtimoiy, 
iqtisodiy, 
geosiyosiy 
maqsadlar.  
 
Prezidentimiz  ―Tafakkur‖  jurnali  bosh  muharriri  bilan  bо‗lgan  suhbatda 
mafkuraga,  xususan,  milliy  mafkuraga  bо‗lgan  munosabatini  konsepsiya  sifatida 
shunday  ifodalaydi:  ―Odamlarning,  ming  yillar  davomida  shakllangan 
dunyoqarashi  va  mentalitetiga  asoslangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning 
kelajagini  kо‗zlagan  va  uning  dunyodagi  о‗rnini  aniq-ravshan  belgilab  berishga 
xizmat  qiladigan,  kechagi  va  ertangi  kun  о‗rtasida  о‗ziga  xos  kо‗prik  bо‗lishga 
qodir g‗oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman‖.
1
 
Darhaqiqat,  mafkura  о‗tmish,  bugungi  va  ertangi  kun  о‗rtasida  о‗ziga  xos 
tafakkur  kо‗prigi  va  millatni  birlashtiruvchi  bayroqdir.  О‗zbekistonda  bir  yuz 
о‗ttizdan oshiq millat, elat va etnik guruhlar bir mamlakat hududida yashar ekan, 
ularning  bir  maqsadni  kо‗zlashi,  о‗zaro  uyg‗unlikka  ega  bо‗lishi,  milliy  birlikni 
vujudga  keltirish  uchun,  albatta,  о‗zaro  о‗ziga  xos  bir  milliy  mafkurasi  bо‗lishi 
hayotiy  zaruriyatdir.  Shuning  uchun  ham,  mafkura  bugungi  kunimizda  kо‗p 
millatli  xalqimizni  bir  davlat  miqyosida,  bir  yurt  xalqini  bir  hududda 
birlashtiruvchi  asosiy  kuch  sifatida  ham  maydonga  kelishi  mustaqil  taraqqiyot 
talabi hisoblanadi. 
Milliy  g‗oya  kabi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  tushunchalari  ham 
mavhum  narsalar  emas.  Umuman  inson  degan  shaxs  bо‗lmaganidek,  milliy 
qadriyatlarsiz umuminsoniy qadriyatlar ham bо‗lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlar 
milliy qadriyatlarning о‗ziga xos majmuasidir. Masalan, har bir millat, xalqning asl 
fuqarosi о‗z vatanini obod, xalqini farovon kо‗rishni istaydi. Ma‘lumki, bu milliy 
istiqlol  g‗oyasining  bosh  maqsadidir.  Shu  bois  milliy  va  ma‘naviy  umuminsoniy 
qadriyatlar  fuqarolik  jamiyatining  muhim  zaminini  tashkil  qiladi.  Umuminsoniy 
qadriyatlar  о‗zining  mazmuni,  mohiyati,  keng  miqyosda  amal  qilish,  dunyodagi 
kо‗plab xalqlar, elatlar, millatlarning о‗tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi 
taraqqiyoti  bilan  uzviy  aloqadorlikda  ekanligi,  о‗zida  jahon  sivilizatsiyasining 
yaxlit  va  bir  butunligini  ifodalaganligi  bilan  mintaqaviy,  milliy  qadriyatlardan 
tubdan farq qiladi.  
Aytish  joizki,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  bir  –  biri  bilan  bevosita 
bog‗liq.  Ularning har  ikkalasi bir – biriga  ta‘sir  etadi, biri ikkinchisini  tо‗ldiradi, 
mazmunan  va  mohiyatan  boyitadi  Umuminsoniy  qadriyatlar  barcha  millatlar, 
elatlar va xalqlar-ning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalay-di. 
                                                 
1
 Каримов И. А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга 
хизмат этсин. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 11. 

Milliy  qadriyatlarni  umuminsoniy  qadriyatlardan  ajratib  olib,  о‗z  millatini 
maqtash,  uning  tarixi,  madaniyatini  ideallashtirish  boshqa  millat  vakillarining 
milliy  tuyg‗ulari  va  nafsoniyatlariga  birmuncha  tegib  ketadi.  Bu  milliy  tuyg‗ular 
millatchilik va  ―shovinistik‖  tuyg‗ulariga aylanib ketishi  mumkin.  Shuning uchun 
ham, bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, meyordan chiqib 
ketmaslik,  о‗zga  millat  kishilari  tili,  madaniyati,  tarixi,  an‘ana  va  udumlarini 
astoydil  hurmat  qi-lish  talab  qilinadi.  Zero,  mamlakatimizda  bironta  ham  xalq  va 
mil-lat  о‗zidan  boshqa  xalqlar,  millatlardan,  umumiy  jahon  siviliza-siyasidan 
ajralgan holdagi tarixga ega emas. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Milliy g‟oyaning o‟ziga xos xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va 
vositalari 
Reja:  
1. 
Milliy  g‘oyaning  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Milliy    g‘oyaning  muayyan 
mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liqligi.  
2. 
Milliy  g‘oyani  rivojlantirish  tushunchasi,  ma‘no-mazmuni,  milliy  g‘oya 
rivojlanishining ong va tafakkur, turli xil omillar bilan bog‘liqligi.  
3. 
Milliy  g‘oya  ta‘sirchanligini  oshirish  mexanizmlari.    ―Fikr  –  g‘oya  – 
mafkura – tizim‖ munosabati. Milliy g‘oya va OAV. 
 
      Mafkura  va  g‗oyalar  tarixiy  taraqqiyotda  yetakchi  mavqelardan  birini 
egallaydi.  Insoniyatning  kо‗p  ming  yillik  о‗tmishi  buni  yaqqol  tasdiqlaydi.  Yer 
yuzida  dastlabki  odamzod  paydo  bо‗lib,  uning  urug‗,  jamoa  yoki  xalq  sifatida 
shakllanishi  rо‗y  bergan  dastlabki  davrlardayoq  ularni  birlashtirib  turadigan 
umumiy  g‗oya  va  mafkuraga  ehtiyoj  tug‗ildi.  Prezidentimiz  Islom  Karimov 
ta‘kidlaganidek:  «Chunki,  mafkura  –  jamiyatda  yashaydigan  odamlarning  hayot 
mazmunini,  ularning  intilishlarini  о‗zida  mujassamlashtiradi»34.  Ma‘ruzada  bu 
holat va zaruriyat turli misollar orqali isbotlanishi lozim. 
   Jamiyat  tarixini  о‗rganish  shuni  kо‗rsatadiki,  ilk  moddiy  va  ma‘naviy 
madaniyat  maskanlarining  kо‗pchiligi  dastlab  Sharqda  shakllangan  va  bu 
insoniyatning  keyingi  taraqqiyoti  uchun  zamin  bо‗lib  xizmat  qilgan.  Xususan, 
qadimgi  Misr,  Vavilon,  Turon,  Eron,  О‗indiston  va  Xitoyda  vujudga  kelgan 
sivilizatsiyalar tarixda muhim о‗rin tutadi. Јadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda 
birinchilardan  bо‗lib  yerga  ishlov  berdilar,  tabiatdan  tanlab  olish  yо‗li  bilan 
madaniy  о‗simliklarning kо‗plab  navlarini  yetishtirdilar.  Ular murakkab  sug‗orish 
inshootlari  va  moslamalarini  yaratdilar,  tarixga  ma‘lum  bо‗lgan  birinchi  suv 
tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qо‗lga о‗rgatdilar, 
ipak  qurti  boqib,  undan  tabiiy  ipak  olishni  kashf  etdilar.  Nihoyatda  murakkab 
me‘morchilik  san‘atiga  asos  soldilar,  tabiat  kuchlari  qarshisida  qanchalik  sabr-
toqatli,  irodali,  о‗tkir  fikrli,  jismonan  baquvvat  va  ruhan  yengilmas  bо‗lishni 
jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‗oyalarni yaratdilar, ularni amalga 
oshirdilar.  Bu  misollar  xolisona,  «Osiyomarkazchilik»  g‗oyalaridan  xoli  bо‗lgan 
holda, umuminsoniy nuqtai nazardan tushuntirilishi lozim. 
   Mafkuraviy  jarayonlar  tarixiy  va  ijtimoiy  shart-sharoit  bilan  uzviy  aloqador 
bо‗lib,  davrlar  almashuvi  bilan  yangilik  tomon  о‗zgaradi.  Ma‘ruzada  buni 
qadimdan  Turon  va  Turkiston  mintaqasi  deb  nomlangan,  bugungi  kunda  uning 
markazi  hisoblangan  hozirgi  О‗zbekiston  hududida  yuz  bergan  jarayonlar  bilan 
isbotlashga harakat qilish mumkin. 
  Ma‘lumki,  milliy  g‗oya  va  mafkuraning  tarixiy  shakllari  va  kо‗rinishlari 
xalqimizning kо‗p ming yillik о‗tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, 
Sug‗diyona  va  Baqtriyada  ilk  bor  shakllangan,  ajdodlarimiz  tomonidan  bundan 
2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – «Avesto» kitobida ham ezgulik 
g‗oyalari  ilgari  surilgan.  Yaxshilik  bilan  yomonlik  о‗rtasidagi  azaliy  kurash  aks 
                                                 
34 Ислом Каримов. Миллий истиілол мафкураси – халі эътиіоди ва буюк келажакка ишончдир. – «Фидокор» газетаси, 2000 
йил, 8-июн.
 

ettirilgan.  Zardо‗shtiylikning  ezgulik  va  insonparvarlik  haqidagi  qarashlari 
mintaqamizga  islom  dini  kirib  kelgunga  qadar  asosiy  g‗oyalar  edi.  Shuningdek, 
turkiy  xalqlar  о‗rtasidagi  Kо‗k  tangrisiga  (osmon  va  quyoshga)  sig‗inish 
(shamanizm)  va  buddizm  (buddaviylik)  ham  diniy  e‘tiqod  sifatida  zardо‗shtiylik 
bilan yonma-yon yashab keldi. 
  Zardо‗shtiylik  mintaqada  ilk  bor  shakllangan  dastlabki  davlat  birlashmalari: 
Xorazm,  Sug‗diyona  va  Baqtriyada  davlat  dini  darajasiga  kо‗tarildi  va  rasmiy 
mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardо‗shtiylik bilan bir 
qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini о‗tay boshladi. 
Ammo,  Turonning  vaqti-vaqti  bilan  bosqinchilar  hujumiga  uchrab  turishi 
jamiyatdagi  barqarorlikni  izdan  chiqarar  edi.  Miloddan  avvalgi  VI-IV  asrlarda 
Ahmoniy  shohlari,  329-327 yillarda  Aleksandr  Makedonskiyning  bosqinchilik 
yurishlari mintaqada mavjud bо‗lgan mustaqil davlatchilikka ma‘lum muddatga chek 
qо‗yilishiga sabab bо‗ldi. Xalqimiz о‗z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga 
qarshi  yillar  davomida  kurash  olib  bordi.  Mustaqillik  g‗oyalari,  о‗z  milliy 
davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning о‗sha paytdagi orzu-umidlari, ta‘bir 
joiz  bо‗lsa,  uning  g‗oya  va  mafkurasini  tashkil  qiladi.  Ularga  asoslangan  xalqimiz 
Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar. 
     Bunda  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  psixologik  ta‘sir  о‗tkazishning 
yangidan  -  yangi  usullaridan  foydalanadilar.  Xususan,  milliy  hayotimizga  xos 
muayyan  xususiyatlarni  ochiqdan-ochiq  qoralash,  yerga  urish  yoki  ayrim  tarixiy 
voqea-hodisalarni  umuman  bо‗lmagandek,  jahon  madaniyati,  ilmu-faniga  ulkan 
hissa  qо‗shgan  ulug‗  allomalarimizni  bizga  aloqasi  yо‗qdek  qilib  kо‗rsatishga 
urinishlar mavjud. 
     Shuningdek,  mintaqa  davlatlari  о‗rtasida  ziddiyatlar  keltirib  chiqarish  va 
jahon  afkor  ommasida  О‗zbekiston  haqida  notо‗g‗ri  tasavvur  tug‗dirishga 
bо‗layotgan intilishlarni hech qachon e‘tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. 
     Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, 
xilma-xil  qarashlarning  mafkura  maydonida  hukmronlik  qilishga  intilishi  tabiiy, 
albatta.  Bunga  e‘tiqod  umumiyligiga  asoslangan  holda  yakka  mafkura 
hukmronligini  ta‘minlash  orqali  jahon  maydonlarini  mafkuraviy  jihatdan  о‗ziga 
qaram  qilishga  bо‗layotgan  xatti-harakatlarni  misol  keltirish  mumkin.  Diniy 
aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar 
ijtimoiy,  milliy  xususiyati,  qaysi  davlatga  mansubligidan  qat‘iy  nazar,  barcha 
musulmonlarning ma‘naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona 
xalifalik  ostida  siyosiy  birlashuvi  g‗oyasini  asoslashga  harakat  qiladi.  Kо‗rinib 
turibdiki,  bu  diniy-siyosiy  ideologiya  diniy  asosda  birlashuv  g‗oyasini  birinchi 
о‗ringa qо‗yadi. U diniy-ma‘naviy zamindagi uyg‗unlik mamlakatlarning iqtisodiy, 
madaniy-ma‘rifiy,  ilmiy-texnik  sohalardagi  hamkorligiga,  ular  salohiyatining 
birlashishiga  va  xalqlar  taraqqiyotiga  yо‗l  ochsa  buning  nimasi  yomon  degan 
savolni  о‗rtaga  tashlaydi.  Yuzaki  qaraganda  bu  gap  tо‗g‗riga  о‗xshaydi.  Bunday 
mafkura  tarafdorlari  о‗z  qarashlarini  aksariyat  hollarda  ana  shunday  «beozor» 
shaklda taqdim etishga harakat qiladilar. 
 
 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling