Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
Milliy g‟oyada milliy va diniy bag‟rikenglik tamoyili Reja: 1. ―Milliy bag‘rikenglik‖ va ―Diniy bag‘rikenglik‖ tushunchalarining ma‘no-mazmuni. Milliy bag‘rikenglik va ko‘pmillatlilik. 2. Ko‘pdinlilik, dinlararo bag‘rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati. 3. Milliy g‘oyaning milliy bag‘rikenglikka zid holatlar, milliy ayirmachilik va separatizm kabilarning oldini olishdagi ahamiyati. Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish masalalari O‗zbekistonda titul, davlatga o‗z nomini bergan millat bo‗lgan o‗zbek-larga alohida mas‘uliyat yuklaydi. Chunki bu yerda ta‘kidlab ko‗r-satmasak ham jahonda mamlakatga o‗z nomini bergan millat vakil-lari kam sonli millat vakillariga tazyiq o‗tkazayotgan davlatlar ho-zir ham uchrab turadi. Bunday holat esa bizning tariximiz va milliy istiqlol g‗oyamizga butunlay ziddir. I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek: ―Respublika aholisi o‗rtasida ko‗pchilikni tashkil qiladigan o‗zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‗z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kamsonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o‗ziga xos madaniy- ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‗zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul bo‗lishdan ham iboratdir‖. Davlat o‗zini demokratik davlat deb e‘lon qilgani bilan mil-latlararo munosabatlar bilan bog‗liq muammolar yo‗q bo‗lib qol-maydi. Huquqlarni deklaratsiya qilish bilan bir qatorda uni amalga oshirish yo‗lida konkret ishlar qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, respublikamizda milliy-mada-niy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan institutsional asoslar-ning yuzaga kelishi uchun ham tegishli shart-sharoitlar yaratildi. Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashttirshp, milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish hamda milliy-uslubiy yordam berishni yo‗lga qo‗yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika baynalmilal madaniyat markazining tash-kil etilgani fikrimizning isboti bo‗la oladi. 1991 yilda bor-yo‗g‗i 10 tacha bo‗lgan Milliy madaniyatlar mar-kazlari soni 2005 yilning 1 martiga kelib 138 taga yetdi. Ular bu-gungi kunda milliy qadriyatlarni tiklash yo‗lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Viloyatlar bo‗yicha olinganda Qoraqalpog‗iston Respublikasida -5, Andijon – 5, Buxoroda – 11, Jizzaxda – 5, Qashqadaryoda – 4, Na-voiyda – 7, Namangan – 4, Samarqandda- 11, Sirdaryoda – 9, Surxon-daryoda – 4, Farg‗onada – 4, Xorazmda – 2, Toshkent viloyatida – 31, Toshkent shahrida – 23 va respublika miqyosida 13 ta Milliy mada-niyat markazlarida faol ish olib borilmoqda. Milliy mansublik bo‗yicha olinganda, respublika bo‗yicha 1 ta-dan arab, belorus, bolgar, boshqird, grek, guruzin, dungan, litva, xi-toy, qrim tatarlari va qoraqalpoq, 3 tadan polyak va buxoro yaxu-diylari, 4 tadan ozarbayjon va ukrain, 5 tadan arman, nemis, uyg‗ur, tojik, turk va yaxudiy, 6 tadan qirg‗iz va turkman, 9 ta tatar, 14 ta qozoq, 19 ta rus, 29 ta koreys Milliy madaniyat markazlari faoliyat olib bormoqda. Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‗liq tadbirlarni tashkil etishda ayrim xorijiy ommaviy axborot vosi-talarida quyidagi masalalarga alohida urg‗u berilayotgani va mamla-katimizdagi real voqelik buzilib talqin qilinayotganiga e‘tibor berish maqsadga muvofiq: – Mamlakatimizda tashqi migratsiya jarayonlari barqarorlashgan bo‗lsa-da, u bilan bog‗liq faktlar buzib talqin qilinmoqda; – respublikamiz xukumati tomonidan olib borilayotgan ishlar noxolis baholangan holda, Orolbo‗yi muammosiga milliy tus berish-ga harakat qilinmoqda; –O‗zbekistonning go‗yoki qo‗shni davlatlarga hududiy da‘volari mavjudligi haqida gapirilmoqda; – milliy g‗oya masalasi faqat o‗zbeklarning g‗oyasi sifatida tal-qin etilmoqda; – go‗yoki, milliy tillarda axborot maydonining qisqarib borayot-gani haqida gapirilmoqda. Vaholanki, faktlar buning aksini ko‗rsa-tadi. Birgina misol. Mustaqillik yillarida televedenieda rus tilidagi efir hajmi 4.4 barobar, boshqa tillardagi efir hajmi esa 30 barobar o‗sadi. Bugungi kunda televidenieda o‗zbek, qoraqalpoq va rus tillari-dan tashqari mamlakatimiz xalqlarining 7 tilida ko‗rsatuvlar olib borilmoqda. Radioda sodir bo‗lgan o‗zgarishlar bundan ham sezilarlidir. Mustaqillikkacha jami 6 (o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik va qirim-tatar) tilda eshittirishlar olib borilgan. Ayni paytda, bu tillar qatoriga qirg‗iz, uyg‗ur, boshqird-tatar tillardagi eshit-tirishlar ham qo‗shildi. ―Ta‘lim tizimida boshqa millat va elat vakillarning ulushi kamayib bormoqda‖ degan mutlaqo o‗rinsiz va noto‗g‗ri bo‗lgan ma‘-lumotlar tarqatilmoqda. Vaholanki, 7 tilda oliy va o‗rta ta‘lim olib borilmoqda. Oliygohlar talabalarining milliy tarkibi aho-lining umumiy milliy tarkibini aks ettirishi barobarida qardosh tillarda faoliyat ko‗rsatayotgan 20 dan ortiq fakultet va bo‗limning 30 foizi mustaqillik yillarida ochildi. Bundan tashqari, Milliy madaniyat markazlari qoshida ―Yakshan-ba‖ maktablari faoliyat ko‗rsatmoqda. Masalan, polyak, ukrain, grek milliy madaniy markazlari qoshida tashkil etilgan ―Yakshanba‖ maktablarida tahsil olgan 10 dan ortiq yoshlar o‗z ona tillarini mu-kammal o‗rganib olib, etnik vatanlari oliygohlarida o‗qimoqda. 1989 yildagi aholini ro‗yxatga olish 200 mingga yaqin koreys-larning 99 foizi ona tilida o‗qish va yozishni bilmasligini ko‗rsat-gan edi. Hozirgi kunda koreys ―Yakshanba‖ maktablarida ta‘lim oluv-chilarning 72 foizi koreyslar bo‗lsa, 10 foizini o‗zbeklar, 18 foizi-ni boshqa millat va elat vakillari tashkil etadi. Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ivrit tili, yahudiy xalqi tarixi, madaniyati o‗rganila boshlagani ham mustaqillik ber-gan imkoniyat samarasidir. Millatlararo totuvlik haqida so‗z ketar ekan, mustaqil O‗zbekis-tonda, xalqning turmush tarzida bag‗rikenglikning barcha ko‗rinish-lari mavjudligini alohida ta‘kidlash lozim(III. 4-chizma). Qayd etilgan ayrim fikrlar va dalillar ham respublikamizda amalga oshirayotgan milliy siyosatning mohiyatini anglab yetishga xiz-mat qiladi. Aynan shunday siyosat tufayli mamlakatimizda etnik munosabatlarning tenghuquqlilik, o‗zaro hurmat, do‗stlik va hamkor-likka asoslangan o‗ziga xos sifatiy holati – millatlararo totuvlik qaror topdi. Yurtboshimiz ta‘kidlaganidek: ―alohida g‗urur va iftixor bilan ta‘kidlab aytmoqchimanki, O‗zbekistonning boyliklari ko‗p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz, bu – jamiya-timizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‗stlik va hamjihat-likdir‖. Diniy bag‗rikenglik ozod va farovon Vatan qurishning sharti sifatida. Mamlakatimizda barcha millat vakillarining tinch va ahil yashashiga o‗zbek xalqining azaliy diniy bag‗rikengligi, Preziden-timiz va hukumatimizning oqilona siyosati ham muhim rol o‗yna-moqda. Yuqorida keltirilgan chizmadan ko‗rinib turibdiki, oilaviy, ham-kasblar, qarindoshlar, qo‗shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag‗ri kenglikning ham ko‗rinishlari va namoyon bo‗lishi turlichadir. Ma‘lumki, diniy bag‗rikenglik (tolerantlik) – xilma xil din-larga e‘tiqod qo‗ygan kishilarning ezgu g‗oya va niyatlar yo‗lida ham-kor va hamjihat bo‗lib yashashi, jamiyat ravnaqi yo‗lida mehnat qilishlarini anglatadi. Insoniyat o‗zini anglagan juda qadim zamonlardan boshlab, nima-largadir ishonib, e‘tiqod qilib kelgan. Mohiyatiga ko‗ra dinlar ez-gulik g‗oyasiga asoslangan bo‗lib, yovuz kuchlar azaldan ulardan o‗z maq-sadlari yo‗lida foydalanishga harakat qilganlar. Natijada mil-lionlab insonlar begunoh qirilib ketishgan. Inkvizatsiya tufayli minglab kishilar dahshatli qiynoqlar bilan o‗ldirilgan. Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va kelajagi uchun insonni insonga dushman qiladigan har qanday diniy talqinu, ta‘limotlar yadro qurollaridan ham xavfliroqdir. Bizning yurtimizda qadim qadimdan zardushtiylik, buddaviy-lik, xristianlik va yahudiylik dinlariga e‘tiqod qilgan kishilar ahil yashab kelganlar. Bu asriy an‘ana hozirgacha davom etmoqda. Diyorimizda turli millat va dinga mansub kishilar o‗z taqdirlari va farzandlari kelajaklarini O‗zbekiston bilan bog‗lab diniy bag‗ri-kenglik qilayotganlari haqida Prezidentimiz shunday deydi: ―Bizda mu-rosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz hududida islomning o‗lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida topgan noyob budda madaniyati yodgorliklari, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi. Bugungi kunda shaharlarimizda turli dinlarga mansub muas-sasalar – musulmonlarning masjidlarini, yahudiy sinagogalarini, katolik va protestant mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko‗rishingiz mumkin‖. Ma‘lumki, din ham, mafkura ham, siyosat ham odamlarni ishon-tirishga, ya‘ni insonning ma‘naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag‗rikenglik milliy istiqlolimiz g‗oyasining asosiy shart-laridan biri bo‗lib qolaveradi. Komil insonni shakllanishida milliy g‟oyaning o‟rni Reja: 1. Komil inson, barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun mohiyati. Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar. 2. O‘zbekistonda ta‘lim to‘g‘risidagi qonun. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida barkamol avlod tarbiyasiga munosabat. 3. Barkamol avlodning shakllanishi, unga xos xususiyatlar: yangicha tafakkur, falsafiy dunyoqarash, ma‘naviy axloqiy poklik, yuksak ma‘naviyat. О‗zbekiston о‗z istiqloliga erishganidan sо‗ng jamiyat ma‘naviy hayotini sog‗lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e‘tibor berish mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qо‗yilishi ham moziyning kо‗p asrlik saboqlariga, jamiyat oldida kо‗ndalang turgan yangi vazifalarni hal etishga oqilona yondashishning kо‗rinishidir. Milliy о‗zlikni anglash jamiyatimiz hayotida rо‗y bergan ma‘naviy о‗zgarishlarning asosidir. Milliy о‗zlikni anglash ham shaxsning, xalqning ma‘naviy kamoloti bilan bog‗liq. Milliy о‗zligini, о‗z manfaatlarini, о‗z mamlakati taraqqiyoti istiqbolini chuqur, xolisona anglagan inson va xalqgina keng rivojlanish imkoniyatlariga ega bо‗la olishini tarix saboqlari har doim isbotlab kelgan. Komil inson g‗oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ularni ma‘naviyat va ma‘rifat sohasida tengsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkazish haqida qayg‗urmagan xalqning, millatning kelajagi yо‗q. Bunday xalq va millat tanazzulga maxkum 1 . Jamiyat taraqqiyotidagi yuksalishlar, taraqqiyot imkoniyatlari, komil inson shaxsining shakllanishi muayyan ma‘naviy muhit va imkoniyatlar bilan bog‗liq bо‗lgan. Kо‗p jihatdan ijtimoiy turg‗unlik holatlari, iqtisodiy, siyosiy inqirozlar ma‘naviy buxronning natijasi tarzida namoyon bо‗ladi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotidagi tushkunliklar va yuksalish sababini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillar bilan bir qatorda kishilar ongi, e‘tiqodi, dunyoqarashi, komillik darajasidan ham izlash kerak. Milliy g‗oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama komil insonni tarbiyalashdan iborat. Komil inson esa, bu – ozod shaxs, erkin fikr etuvchi, о‗z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, о‗z Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir. Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, «bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tо‗zishga olib boradigan yо‗ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma‘naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli». Komillik – mehr-muruvvat, adolat, tо‗g‗rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi kо‗plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir. Komil inson g‗oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma‘naviyatining uzviy bir qismi bо‗lib kelgan. Zardо‗shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil 1 Комил маънавият - мустақиллик таянчи. - Т., 1997, 98-бет. inson g‗oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma‘no-mazmun kasb etgan. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma‘naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog‗langan. Forobiy fozil shahar aholisi haqidagi g‗oyalarini ilgari surar ekan, shaxsning ma‘naviy kamolotini adolatli jamiyat qurishning asosiy sharti deb hisoblagan 1 . Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma‘no-mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, о‗zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an‘analarimizga kо‗ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur о‗rganib, uni boyitish, katta-kichikka extirom kо‗rsatish borasidagi harakatlarida kzga kо‗rinadi. Komillik darajasini har kim о‗zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning о‗zidan kо‗ra boshqalarga yaxshiroq ma‘lum bо‗ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bо‗lgan inson. Chunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u hech narsaga erishmagan bо‗ladi. Komil inson о‗z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g‗oyalarni tarkatayotgan kimsalar ortidan kо‗r-kо‗rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bо‗ladi 1 . Xalqimizning kadim-kadimdan ajoyib odatlari, о‗gitlari bor, yurtga muhabbat, Ona va Vatanni sajdagoh kabi muqaddas bilish, yolg‗on gapirmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, kattani hurmat, kichikni izzat qilish shular jumlasidandir. Bular xalqimizning hayoti, turmush tarzi, ma‘naviyati va mentalitetiga singib ketgan. Bunday о‗ylab qaralsa, ajdodlarimizning ana shu talablarida jamiyat, inson uchun eng zarur fazilatlar aytib о‗tilgani ayon bо‗ladi. Oqqan daryo oqaveradi, deganlaridek, e‘tiqodi mustahkam ulug‗ ajdodlarning avlodlari bu xususiyatlarni о‗zida jamuljam qilgan munosib farzandlar bо‗lib yetishadilar. Shuning uchun bizning Vatanimiz yosh avlodga, uni tarbiyalashga bor kuch-imkoniyatini sarflamoqda. Tariximizda komillik timsollari kо‗p: Alpomish – xalqimizning ideal qahramoni, u – aql , faxm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning badiiy timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal – Farxod obrazi. U aql iy va jismoniy kamolot egasi. Farxod Nakshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyilini о‗zida mujassam etgan shaxs. Oybekning «Navoiy» romanida esa Navoiy – ideal obraz. Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir. Bugungi kunda Vatan ijodkorlar zimmasiga yoshlarga ibrat bо‗ladigan yangi barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini yaratish vazifasini yuklamoqda. Mustaqil Vatanimiz oliy maqsad qilib olgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barkamol, ezgu g‗oyalarni hayotiy e‘tiqodiga aylantirgan yetuk insonlargina bunyod eta oladi. 1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти, 1993, 45-бет. 1 Жўраев Н. «Агар огох сен…» Т.»Ёзувчи» 1998, 65-бет. Shuning uchun yangilanayotgan jamiyatimizda sog‗lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma‘naviyatini shakllantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yuksak darajaga kо‗tarish orqali komil insonlarni voyaga yetkazishga yuksak e‘tibor berilmoqda. Vatanimizda sog‗lom avlod harakatining keng tus olgani, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug‗vor maqsadni amalga oshirish yо‗lidagi muhim qadamlardir. Bugungi kunda farovon turmush asosi — erkinlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlikdir. Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi qatlamlarining islohotlar mohiyatini anglab yetishiga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishmog‗imiz darkor. Buning uchun esa ularning dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, yerga munosabatini tubdan о‗zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot о‗tgan tuzumda ayrim mutaxassislarning ishi bо‗lsa, bugun umumxalq, umumjamiyatning manfaatiga daxldor masala bо‗lib qoldi. Butun xalq yangi iqtisodiy tafakkur bilan qurollanmoqda. Bizning mulkka, mehnatga munosabatimiz tubdan о‗zgara boshladi. Miyamizga singib qolgan «davlat mulki» degan tushuncha yoniga bugun xususiy mulk, paychilik jamiyatlari, shirkat, fermer, oila pudrati degan yangi tushunchalar qо‗shildi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida о‗ta markazlashgan va yakkaxokimlik asosiga qurilgan, о‗zini oklamagan tizimga barham berildi. Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi uchun konstitusiyaviy, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. Mulkdorlar sinfini shakllantirish, ularning huquqini mustahkamlash, nufuzini oshirish va kafolatlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik yaratgan yangicha hayot va sharoitda endi yetilib kelayotgan avlodlar о‗z о‗rnini topishi va yangicha zamon talablariga javob bera oladigan tafakkur va salohiyatga ega bо‗lishlari uchun ta‘lim va tarbiya sohasida ham yangicha texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Shu boisdan ham, 1997 yil 29 avgustda О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX-sessiyasida «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Bu islohotdan kо‗zlangan maqsad – mamlakat taraqqiyoti uchun har tomonlama mukammal, aql-zakovatli, о‗z sohasining bilimdoni, izlanuvchan, jonkuyar, Vatan taqdirini о‗z taqdiri bilan uyg‗un ravishda kо‗radigan ma‘naviy yetuk, xalqining о‗lmas va azaliy qadriyatlariga sodiq barkamol kadr tayyorlashdir. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov «Kadrlar tayyorlash bо‗yicha milliy dasturi‖ tasodifan paydo bо‗lgani yо‗q. Bu aynan shu xalqimizning qon-qoniga singigan ma‘rifat qonuniyatining davomidir», degan edi. Darhaqiqat, tarixga murojaat etadigan bо‗lsak, buyuk allomalarimiz, davlat arboblari, shoiru-fuzalolarimizni asarlarida xalq uchun kerakli insonlar qanday bо‗lishi zarurligi haqida yozib qoldirilgan. Masalan, Sharq Arastusi deya nom olgan Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asaridagi fozil odamlar oldiga qо‗yilgan talablarda hozirgi davr tili bilan aytganda «yetuk kadr» masalasini ilgari surgan 1 . Yoki Navoiy hazratlari «Odami ersang demagil odami, onikim yо‗q xalq 1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти, 1993, 78-бет. g‗amidin g‗ami» deya xitob qilganlarida, Vatani, xalqi taqdiri bilan qiziqmaydigan loqayd insonlarni inson deb atash nojoiz ekanligini ta‘kidlaydi. Milliy dasturning asosiy maqsadi komil inson shaxsini shakllantirish ekan, shaxsning kamol topib borishidagi eng asosiy omil ma‘naviy-ruhiy salohiyatini shakllantirishdir. «Biron-bir jamiyat ma‘naviy imkoniyatlarini odamlar ongida ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay va mustahkamlamay turib, о‗z istiqbolini tasavvur eta olmaydi» deydi yurtboshimiz I.A. Karimov. Muammolar haqida gap ketar ekan, avvalo, yosh avlodga bilim berib kelayotgan о‗qituvchilarning saviyasini, ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini va albatta, bilim darajasini tahlil etib kо‗rish kerak. Afsuski, hozirda boshlang‗ich ta‘lim va umumiy о‗rta ta‘lim bosqichida bilim berayotgan о‗qituvchilarning ayrimlari о‗z kasbiga mas‘uliyatsiz yondoshadilar. Ulardagi sо‗z boyligining sayozligi, yangilikka intiluvchanlikning yо‗qligi о‗quvchida shu fanga bо‗lgan qiziqishning sо‗nishiga olib keladi. Ayniqsa, boshlang‗ich ta‘limda tahsil olayotgan о‗quvchilarga bu narsa juda salbiy ta‘sir etishi turgan gap. Chunki fanlarga qiziqish, fikrlashga о‗rganish va shaxs shakllanishi uchun zarur bо‗lgan barcha sifatlar aynan boshlang‗ich sinflarda shakllanadi. Bunday о‗qituvchining yana bir kamchiligi – bola psixologiyasini yaxshi bilmasdan turib, unga muomala qilishdir. Biron-bir notо‗g‗ri gap yoki hatti- harakat orqali yosh gо‗dakning ruhi bir umrga sinishi hech gap emas. Ma‘naviy- axloqiy tarbiyaning kо‗rinishi ayniqsa, о‗qituvchida yaqqol namoyon bо‗lishi darkor. Aks holda, ulg‗ayib borayotgan о‗quvchini ma‘naviy qashshoq, madaniyatdan ancha orqada qolishiga, axloq normalariga zid tarbiya topishiga omil bо‗lishi mumkin. О‗qituvchi-kadrlardan talab etiladigan asosiy narsalardan biri notiqlik san‘atidir. Notiqlik orqali muallim о‗quvchida ham gо‗zal nutq paydo qila oladi. Miyada hosil bо‗lgan fikrlarni ochiq bayon eta olish, uni tinglovchiga yetkazib berish qobiliyatini ham о‗qituvchi tarbiyalashi birlamchidir. О‗qituvchi- kadrlarning nutqi ravon, notiq va xushfe‘l bo`lib yetishishlari uchun oliy о‗quv yurtlarida mukammal bilim berishlari zarur. О‗qituvchi va о‗quvchi nutqidagi kamchiliklar haqida gap ketar ekan, yana bir og‗riqli nuqtani aytib о‗tmay iloji yо‗q. Yurtimizda xorijiy tillarni о‗qitishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Bir qiziq holatning hammamiz guvohimiz: о‗zbek tilida bir-biri bilan subatlashayotganlarning juda kо‗pchiligi rus yoki ingliz tilidagi sо‗zlar, sо‗z birikmalarini qо‗shib gapirishadi. Surishtirib borilsa, ular rus tilini ham, ingliz tilini ham yaxshi bilmasliklari ma‘lum bо‗ladi. Bu nima degani? О‗z ona tiliga bо‗lgan haqorat-mi, yoki о‗zga tilga bо‗lgan hurmatsizlik-mi? Shu о‗rinda Respublika Oliy Majlisida I.A. Karimovning ushbu sо‗zlari beixtiyor yodga tushadi: «Chet tillarni о‗rganish ona tilini esdan chiqarish hisobiga bо‗lmasligi lozim. О‗z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon va gо‗zal, lо‗nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor, rahbar kursida о‗tirganlarni tushunish ham, oqlash ham qiyin». Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan komil insonga shunday ta‘rif beriladi: ―Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan о‗zgalarga ibrat bо‗ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bо‗lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib kо‗radi. О‗z fikr-о‗yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bо‗ladi‖ 1 . Jamiyat uchun kerakli bо‗lgan shaxsni har tomonlama mukammal qilib tarbiyalash, shu jamiyatning a‘zosiman degan shaxsning muqaddas burchidir. Shaxs rivojlanishining ilk bosqichini oilada sodir bо‗lishini nazarda tutib, buyuk qirg‗iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning «Insonlarning о‗zgalarga qilgan eng katta yaxshiligi oilasida munosib farzandlarni yetishtirib berishdan iboratdir» deganida mutlaqo haq bо‗lganligini anglaymiz. Barkamol avlodning shakllanishi. Bugungi kunda iymon e‘tiqodli, ma‘naviyat kuchli, millat ma‘suliyat tо‗g‗risida qalbida chuqur ildiz otgan, sog‗lom ma‘naviy barkamol, komil insonlarga ega mamlakatgina mustaqil rivojlana oladi hamda taraqqiy topadi. Shuning uchun ham ma‘naviy insonni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridir. Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‗zlari e‘tiborlidir: ―Biz sog‗lom avlod tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‗lom kishi deganda faqat jismoniy sog‗lomlikni emas, balki sharqona odob axloq va umumbashariy g‗oyalar ruhida kamol topgan insonni tushinamiz. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma‘naviy - axloqiy jihatdan barkamolligi bilan belgilaniladi. Ma‘naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganidan kelib chiqib quyidailarni kiritish mumkin: Ota-onasi; farzandlari; qarindoshlari; xullas, butun oila a‘zolari, qо‗ni- qо‗shnilari, mahalla kо‗yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi xaqida qayg‗urish; teverak atrofdagi insonlar unga kerakli bо‗lganligi singari, о‗zi ham ularga kerakli bо‗lishga intilishi; odob-ahloqi, fe‘l-atforini yoqimli qilishni insoniy burch qilib hisoblash; ato-bobolardan ajdodlarga yodgor bо‗lib qolgan madaniy merosini qadrlash; milliy qadriyatlarni e‘zozlash va ularga sodiq bо‗lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‗ularini barqaror bо‗lishi; о‗zaro muola munosabatda о‗rnak bо‗lishga moyillik, birovning og‗irini yengil qilishni odat qilish; umumxalq ma‘qullagan va xukumat tomonidan qabul qilingan kosntitusiyani xizmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda kо‗rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha ayganda, xarbiy vatanparvarlik tuyg‗ulari bilan va shafqat va ezgulikni himoya qilish, va‘daga vafoli bо‗lish va boshqalar kiradi. Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, qо‗yidagi tо‗rt jihatga e‘tiborini qaratadi. - о‗z haq - huquqini taniydigan bо‗lsin, buning uchun kurashsin; - о‗z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‗lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini kо‗rsin; 1 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: Шарқ, 1998. –Б. 6. - atrofida sodir bо‗layotgan voqealarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‗un holda kо‗rib, faoliyat yuritsin. Komil inson iymon va e‘tiqodlik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamog‗imiz lozim. mustaqil О‗zbekistonning bozor о‗tish sharoitida iymonli bо‗lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bо‗lish nechog‗li zarur ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma‘naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning qо‗yidagi ta‘rifida komil insonning asosiy hususiyatlari ham taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir: ―komil inson deganda, - deb yozadi Islom Karimov, - biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan о‗zgalarga ibrat bо‗ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz‖. Uning shakllangan darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa qо‗yidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axhloqiy yetuklik, siyosiy teranlik, mehnatga munosabat, yuksak madaniy, ma‘rifiy saviya, professional iftixor, milliy va umuminsoniy g‗urur va boshqalar. Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmish tarzimiz, kishilarning, ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog‗lab komil inson chizgilariga quyidagi hislat va fazilatlar kirishini umuman tarzga bayon etish mumkin: Komil insonning umumiy xislatlari: Yoqimlilik, kо‗rkamlik, jozibadorlik, salobatlilik, hurmatga sazovorlilik, shoironalik ulug‗sifatlik.yu о‗ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlilik va boshqalar; Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, g‗amhо‗rlik, dо‗stlik, jonkuyarlik, samimimylik, odamiylik, bolajonlik, inmonlilik, fidodkorlik, xushmuammolik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, dehmondо‗stlik, halollik, tо‗g‗rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hokazolar; Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saramjon sarishtalik, tadbirkorlik aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta‘masizlik, tavakkalchilik va boshqalar. Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlik, ba‘manilik, xotirjamlik, sog‗lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, sovodxonlik, qiziquvchinlik ishqibozlik kabilar; Sobitlik xislatlari: Faollik, qat‘iyatlilik, tezkorlik, jо‗shqinlik, sabotlik, bir sо‗zda turishlik, botirlik, intizomlik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, о‗zini yо‗qotmaslik, sovuqqonlik, о‗ziga talabchanlik, kamsuqumlik, о‗zini о‗zi idora eta bilish va boshqalar. Ehtiroslilik xislatlari: kо‗tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, xazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otanishlik, nozik tabiatlilik, hayolilik, xijalatpazlik, ifaatlilik va hokazolar. Bizningcha, ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdiri borilishi ularni barkamol, sog‗lom va komil inson ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini a‘lo darajada his etadigan shaxs bо‗lishi darkor. Sodda qilib aytganda, ham qaysi komil inson, har birimiz: ―Shu davlat, shu jamiyatmenga nima berdi?‖ deb emas, balki: ―men о‗zim vatanimga, el yurtimga nima berdim?‖ deb о‗ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak. Komillik bilan barkamol inson tushunchalari hamohangdir. Ma‘naviy barkamollikka erishmay turib, komillikka erishib bо‗lmaydi. Barkamol avlod tarbiyasi tushunchasi falsafiy, siyosiy ma‘no va mazmunga ega bо‗lib, u siyosatning asosiy elementlari, avvalo, siyosiy, ijtimoiy institutlararo munosabatlar va jarayonlardagi tub islohotlarni о‗z ichiga oladi. Shu sabab bu borada mamlakatmizda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chunki barkamol avlod jamiyat taraqqiyotini belgilovchi kuch hisoblanadi. Prezidentimiz I. Karimov bu borada о‗z fikrini sobiq shо‗rolar davlati davridayoq ayta olgan va muayyan ishlarni amalga oshira boshlagan edi. Jumladan, «Agar kelajagimizni о‗ylab ish qilmoqchi bо‗lsak, kelajakda ishimizni davom etgiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg‗uradigan bо‗lsak, avvalo mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatamizni mutlaqo о‗zgartirishimiz kerak. Mumkin qadar kо‗prok iqtidorli yoshlarimizni ittifokqning eng ilg‗or korxonalariga, shular jumlasidan hatto xorijiy mamlakatlarga, kerak bо„lsa yangi Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling