Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
texnologiya, yangicha ish tashqil qilishni о„rganish uchun Yaponiya
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma‟naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g‟oyaga tayanish zarurati Reja
texnologiya, yangicha ish tashqil qilishni о„rganish uchun Yaponiya, Amerikaga hamda boshqa joylarga yuborib, ularning о„qishiga, tajriba orttirishiga imkoniyat yaratish lozim. Iqtisodimizni, hayotimizni о‗zgartirish ana shularga bog‗lik, bо‗ladi. Agar shuni qilmasak, bu yurishimizda katta yо‗lga chiqishimiz qiyin bо‗ladi. Aytish kerakki, kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qо‗llab-quvvatlamasdan, о‗ylaymanki, biron- bir sohada ahvolni qech qanaqa tarzda о‗zgartirib bо‗lmaydi». 36 I. Karimov Qashqadaryo viloyatida rahbarlik qilayotgan davridayoq viloyat yoshlariga alohida e‘tibor qaratgan shaxsan о‗zi talabalar shaharchasida ular bilan uchrashuvlar о‗tkazib, dildan suhbat qurib, о‗qish va ishlashlari uchun sharoit yaratib berishga harakat qilgan edi. «Har kim chuqur va mustahkam bilimsiz oldimizda turgan vazifalarni bajarish mumkin emasligini, ishda siljishga erishish mumkin emasligini aniq, tushunmog‗i darkor» 37 . Deb aytgan edi. Ma‘naviy tarbiya deganda, inson irodasi, ma‘naviy olami, tafakkuri va dunyoqarashining zamon talablari darajasida shakllanishini tushunamiz. Bu borada istiqlol yillarida keng kо‗lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchidan, yangicha ta‘lim-tarbiyaning umum davlat dasturi ishlab chiqildi, u hayotga joriy etildi. Ikkinchidan, ildizlari qadim-qadimlarga tutash shonli tariximiz, bebaho 36 «Ўқитувчилар газетаси». 1989 йил, 28 октябрь . 37 «Қашқадарѐ хақиқати». 1988 йил, 24 май. ma‘naviy – madaniy merosimiz manbalari ochilib, ular xalqqa yetkazilmoqda. Uchinchidan, qidimiy shaharlarimiz, obidalar bilan birga xalq ruhiyati ham qayta kitlandi, milliy qadriyatlar yangi hayot topdi. Tо‗rtinchidan, mustaqillik yillarida vatanimiz qiyofasi tubdan о‗zgardi, yangi qurilishlar, obod kо‗chalar, saroylar, bog‗lar barpo etildi. Bularning hammasi xalq iftixori bо‗lib, uning qalbi va ruhini yuksaltirmoqda, umid-orzulariga qanot bermoqda. Demak, ma‘naviy tarbiya uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Ma‘naviy tarbiya keng kо‗lamli, chuqur ma‘nali tushunchadir. Bunda adaiyot, san‘at turlari, tarixiy an‘analar, mumtoz falsafa, xalq ijodi, avlodlar tajribasi, yaxshi umumlar, odatlarning birgalikdagi ishtiroki nazarda tutiladi. Albatta, umuminsoniy qadriyatlar qadriyatlar hamma uchun barobar. Hamma yerda ham inson ahloqi, uning kamoloti uchun kurash davom etadi. Biroq bunda qadimiy an‘analarga sodiqlikni, milliy mentalitetni, xalqning о‗ziga xos xislatlarini hisobga olish zarur. Xalq о‗zligini saqlamasa, eng ulug‗ va eng aziz qadriyatlar - mustaqillik xavf ostida qoladi. Shu ma‘noda ―ma‘naviy komillik‖ tushunchasi ―vatanparvarlik‖, ―elsevarlik‖, ― milliy g‗urur‖ tushunchalari bilan uzviy aloqada olib qaralishi kerak. Ma‟naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g‟oyaga tayanish zarurati Reja: 1. Ma‘naviy tahdid, g‘oyaviy ta‘zyiq va tajovuz tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati va yuzaga kelish shart-sharoitlari. 2. Mahalliy-hududiy darajadagi ma‘naviy tahdidlar. Global miqyosdagi ma‘naviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati. 3. O‘zbekistonda ma‘naviy tahdidlarni oldini olishning shart-sharoitlari va omillari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari, texnik-texnologik imkoniyatlari. О‗zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf tug‗diradigan mafkuraviy tahdidlar ham bugungi kunda dunyo mafkuraviy manzarasiga keskin ta‘sir etmoqda. Diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, buyuk davlat shovinizmi kabi global mafkuralar bugungi kunda О‗zbekiston hayoti va kelajagiga ham jiddiy xavf tug‗diriyotir. XX asrning oxirida dunyoning siyosiy hvritasi, jumladan, Markaziy Osiyoning manzarasi tubdan о‗zgardi. Markaziy Osiyodagi respublikalarning о‗z mustaqilligini qо‗lga kiritishi mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki g‗oyaviy jihatdan ham yangi mafkuraviy vaziyatni vujudga keltiradi. Ushbu vaziyatning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat edi: Birinchidan, Kommunistik mafkura, mintaqa xalqlari ongiga zо‗ravonlik bilan ―SSSR-yagona Vatan‖ va «sovet xalqi – yangi tarixiy ―birlik‖- degan tushunchalarni sing-dirishga zо‗r berib о‗rinar edi. Mintaqa xalqlari bundan qanchalik norozi bо‗lmasin, о‗zlarining tarixiy va ma‘naviy yaqinligiga intilmasin, ammo bu intilishlarga nisbatan mafkuraviy tazyiq benihoya kuchli edi. Biroq bir haqiqatni e‘tirof etish kerak. SHо‗rolar mafkurasi barchaning bо‗lmasa ham, aholining ma‘lum bir qismi ongini zabt etgan edi. Bu zabt etish hozirgacha sobiq SSSR hududidagi ayrim kishilar tafakkurida zohir bо‗lib turibdi. Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar о‗zlarining mustaqilligini qо‗lga kiritishi bilan bu mafkura barbod bо‗ldi. Ikkinchidan, mustaqilligni qо‗lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini о‗z ta‘sir doirasiga о‗tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakatni boshlab yubordilar. Ularning kо‗pchiligi tashqaridan beg‗araz yordam kо‗rsatayotganday bо‗lib kо‗rinsalar-da, aslida har bir kо‗rsatayotgan ―yordamlari‖ evaziga mintaqada о‗z mav-qeini mustahkamlashga harakat qildilar. Aslida bunday harakat-larning bо‗lishi tabiiy holdek kо‗rinsada, ammo ularda ham min-taqa davlatlari va xalqlarini bir–biriga qarama – qarshi qо‗yishga intilishlar yо‗q emas. Uchinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga xizmat qiluvchi yangi ma‘naviy – mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib bordi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlagani kabi: SSSR parchalanib ketgandan keyin bizning irodamiz yoki intilishimizga bog‗liq bо‗lmagan holda О‗zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg‗oniston va Tojikistonda sо‗nggi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bо‗lgan ikkita tanglik о‗chog‗i alanga olib turibdi. 1 Afg‗onistonda urush alangasi о‗chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf – xatarni vujudga keltirdi. Tо‗rtinchidan, О‗zbekiston о‗zining iqtisodiy salohiyati, xom ashyo resurslarga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, kо‗p jihatdan geopolitik joylashuviga kо‗ra ham, mintaqada yetakchi о‗rinda turganligi bilan ajralib turadi. Binobarin, О‗zbekistonga nisbatan bо‗ladigan har qanday xavf – xatar, albatta, butun mintaqa-ga ta‘sir qiladi. Shu ma‘noda ham turli siyosiy kuchlar va harakatlar Afg‗onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli yо‗llarini va uslublarini ishga solmoqda. Buning esa mafkuraviy usullar bilan amalga oshirishga e‘tibor ortib bormoqda. Shu sabab ushbu ―О‗quvchi – yoshlarda dunyo mafkuraviy manzarasining murakkablashib borishi‖ mavzusining о‗qitilishining ahamiyati‖ mavzusi bо‗yicha olingan bitiruv malakaviy ishda akademik litseylarda dars va darsdan tashqarida olib borilayotgan ishlar haqidagi muammolarni tadqiq etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: - avvalo g‗oya va mafkuralarni yoshlar tarbiyasida muhim omil ekanligini; - milliy mafkuramiz milliy, mintaqaviy hamda umuminsoniy tamoyillarga asoslanganligini; - dunyo haritasida mafkuraviy о‗zgarishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni; -dunyo mafkuraviy manzarasidagi murakkabliklarni; - turli mazmun va mohiyatga ega bо‗lgan g‗oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda tarixiy-ma‘naviy qadriyatlarning о‗rnini ochib berish; - Mafkura va uning insoniyat tarixida tО‗tgan о‗rnini, -ta‘lim muassasalarida bu mavzuga oid masalalarni yanada kengroq yoritilishi uchun fikr va tavsiyalar berish; -yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish kabilarni ochib berishdan iborat. О‗zbekiston respublikasi Prezidenti ma‘naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta‘kidlab о‗tadiki: ―Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о‗ta tor tushunish bо‗lur edi, ya‘ni, bu о‗rinda sо‗z faqat bizning ma‘naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо‗q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‗lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о‗rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir‖. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо‗lgani yо‗q. Prezident I.A.Karimovning о‗zi ham eslab о‗tganidek, bizning ulug‗ ajdodlarimiz barchasi ―о‗z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‗idagi xalqlarni, balki butun bashariyat 1 Каримов И. А. Ўзбекистон буюк келажак сари. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 429. farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‗st-birodar bо‗lib yashashga‖ da‘vat etib kelganlar. Insonning qalbi va ongiga jo bо‗lgan milliy ma‘naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bо‗lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qо‗shishga, о‗zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta‘kidlab kelganidek: ―...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, о‗z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bо‗lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir‖ 1 Vatanimiz kelajagi bо‗lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma‘naviyatli, ongi harqanday salbiy ta‘sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta‘lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar. Prezidentimiz I.A.Karimovning ―...Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qо‗ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan sо‗zlari ayni shu ma‘noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamoloti, g‗oyaviy chiniqishiga, har hil buzg‗unchi g‗oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas‘uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi. Buning uchun ularni milliy g‗oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir 1 . Turli millatlar ma‘naviyatining о‗ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bо‗lib, ular bir-birini tо‗ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir sо‗z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat о‗z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va о‗zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, о‗zaro ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning о‗zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bо‗lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qо‗shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri о‗zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning о‗ziga xos uyg‗un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‗i lozim. Dushmanlik, g‗ayr kо‗zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‗ 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 112-бет. 1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Т., Ўзбекистон, 2000, 34-бет haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo о‗zgani tushunish uchun, о‗zgaga mehr kо‗zi bilan boqish uchun, avvalo, inson о‗zligini anglab yetmog‗i kerak. О‗zligini anglamagan zot hech qachon о‗zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu о‗zligimizni anglab yetishga bо‗lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо‗lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg‗unlikda olib qaramog‗imiz talab etiladi. Agar shu uyg‗unlikka mohiyatan muvofiq bо‗lsa, yoxud loaqal unga zid bо‗lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug‗dirsa, nifoq solsa, yoki о‗zga shaxs erkini bо‗g‗sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bо‗lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma‘naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bо‗layotganidek, о‗zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib о‗zligimizga qaytish, о‗zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. ―Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma‘naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о‗sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi‖ 1 . Shu о‗rinda savol tug‗iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi munosabat qanday? Tan olish kerakki, dunyoda son jihatidan olinsa, mutlaq yovuz odamlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ular aslida odam ham emas, sunami, tо‗fon yoki zilzila kabi ―xudoning bir balosi‖. Shunday ekan, qanday qilib juda ozchilik bо‗lgan bu toifa ba‘zan millionlab insonlar ustidan о‗z hukmini yurgiza boshlaydi? Ayni yuqorida aytilgan hayotning ma‘no-mazmuni haqida bosh qotirishni oshiqcha ish deb biladigan, Alloh va bashariyat oldidagi о‗z burchini eslashni ham istamaydigan, faqat nafs qayg‗usi va о‗tkinchi hoyu havasga berilib kun kechiradigan odamlarning befarq va loqaydligi tufayli bunday yovuz kuchlar о‗z makru hiylalarini bemalol amalga oshirishga muvaffaq bо‗ladilar. Chunki bunday kimsalar kо‗pincha о‗zlari sezmagan holda yovuzlik kuchlariga xizmat qiluvchi dahshatli qurolga aylanib qoladilar. Shu sababli Prezidentning yangi «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida befarqlik va loqaydlik asl insoniylikka zid turuvchi qusur sifatida qattiq qoralanadi 1 . Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ hodisasining kelib chiqishiga e‘tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun dunyoga kо‗proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma‘naviy-axloqiy muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) tо‗xtab о‗tish kerak bо‗ladi. Ma‘lumki, shu kungacha jahon ilmida ―ma‘naviyat‖ hodisasi yaxlit tushuncha sifatida izchil ilmiy tahlilga tortilmadi. Bu sohaga oid mavjud izlanishlar boshqacha tushunchalar va tizimlar doirasida kechdi. Xususan, Yevropada inson ma‘naviyatiga 1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. – Т., Ўзбекистон, 2000, 342-бет. 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 115-бет. oid bahslar falsafa va uning tarkibiy qismi hisoblangan axloqshunoslik ilmi doirasida rivojlandi. Inson axloqi aslida zohiriy, aniqrog‗i, ikkilamchi hodisa bо‗lib, shaxs ma‘naviyatining insonlar aro munosabatlarda namoyon bо‗lishidir. Uning botinida ma‘naviy omillar yotgani tufayli faylasuflar asosan axloqning botiniy omillariga e‘tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa an‘anasini umumiy bir tarzda kо‗zdan kechiradigan bо‗lsak, axloqshunoslik ilmi kо‗proq insonning iroda erkinligi, aql va bilim, baxt va lazzatlanishga intilish, manfaatdorlik kabi masalalarga e‘tibor qaratganligini kо‗ramiz. Aksariyat holatlarda mas‘uliyat va burch masalalari ham inobatga olinadi. Axloqning imonga bog‗liq jihatlari xristian axloqida alohida ta‘kid etilsa-da, Yangi davrda bu masala kо‗pincha aktuallashmaydi. Umuman, insonning dunyoviy maqsadlariga alohida e‘tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor jihati deyish mumkin. Milliy ma‘naviyatimiz an‘analarida shaxs ma‘naviyatining asosiy jihatlari – iymon, ilm, mas‘uliyat, mehrning о‗zaro uyg‗unligi masalasi ustivor yо‗nalish ekanligi ma‘lum. Muayyan tarixiy sabablarga kо‗ra Yevropa axloq ilmida ayni shu о‗zaro mutanosiblikka yetarli e‘tibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, ushbu mintaqada ma‘naviy-axloqiy sohada juda og‗ir muammolar kelib chiqmoqda. Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida 1 muallifning ota-onalar mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan say-harakati millat taqdirini о‗z taqdiri deb bilish, millat farzandlariga о‗z farzandi kabi qarash tuyg‗ularidan kelib chiqadi. Muallif farzand tarbiyasida hushyor bо‗lishga chaqirar ekan, ota-onalar о‗z farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning ongu tafakkurida har kuni bir о‗zgarish rо‗y berib, kо‗zida yangi-yangi savollar paydo bо‗layotganiga ahamiyat berishlarini astoydil xohlaydi. Xonadondagi har bir narsa – daraxt va о‗simliklar bо‗ladimi, turli о‗yinchoqlar, uy hayvonlari bо‗ladimi – bularning barchasi bolaning kо‗ziga gо‗yoki olamning beqiyos mо‗jizasi bо‗lib kо‗rinadi va shu tariqa u yorug‗ dunyoni о‗zi uchun kashf qiladi, deydi muallif. Darhaqiqat, bolalarga milliy qahramonlarimiz haqida ertaklar aytib berish, milliy ideallarimizni о‗zida ifodalagan о‗yinchoqlar taqdim etish ularning murg‗ak ongiga о‗z xalqidan g‗ururlanish tuyg‗usini о‗stirish yо‗lida qadalgan ilk urug‗ emasmi? Prezidentimiz yosh avlodning bolalikdan Alpomish kabi yengilmas bahodir bо‗lish tuyg‗ulari bilan yashashini orzu qiladi. Ota-onalarni Alpomish timsolida Vatanimizni yomon kо‗zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, bu yо‗lda jonini ham fido qilishga tayyor bо‗lgan azamat о‗g‗lonlarni tarbiyalash uchun ma‘naviy tarbiya bilan astoydil shug‗ullanishga chaqiradi. Oilada davr va zamon, davlat va jamiyatning deyarli barcha muammolari ochiq muhokama etiladi. «Qush uyasida kо‗rganini qiladi» deydilar. Ota-onaning ma‘naviyati farzandlarda aks etmasdan qolmaydi, albatta. Oilada tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yilgan tarbiya maktabga katta yordam beradi va aksincha, oilada tarbiya yaxshi yо‗lga qо‗yilmagan bо‗lsa, maktab va ta‘limning yuqori bosqichlaridagi ta‘lim-tarbiya ishlarini qiyinlashtiradi. Oiladagi ma‘naviy muhit va ta‘lim muassasasidagi ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning bir butunlikni tashkil etishi jamiyat birdamligi, ma‘naviy-g‗oyaviy birlikning yuzaga chiqishida bosh omil hisoblanadi. 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 32-бет. Bola maktabga bora boshlagach, ta‘lim muassasasi zimmasiga unga yetarli bilim berish bilan birga, uning ma‘naviyatini rivojlantirishdek ulkan mas‘uliyat tushadi. Zero, yoshlarning bilim va tafakkur doirasi kengayib borgan sari, har bir narsa, voqea- hodisaning g‗oyaviy mohiyatini anglashga bо‗lgan qiziqishi va intilishi tobora ortib boraveradi. Ayni shu jarayonda ustozlarning tarbiyachi sifatidagi faoliyati har qachongidan muhim ahamiyatga ega bо‗ladi. «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani ta‘limdan ajratib bо‗lmaydi, degan chuqur mazmunga ega falsafiy fikr bildiriladiki, bu aynan deputatlarimiz yelkasidagi yuk nechog‗li zalvorli ekanligiga bir ishoradir. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning о‗zi yoxud bir ayolning о‗zi oila bо‗la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru xotindan tashqari erning ota-onasi, ya‘ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka a singillardan iborat kо‗p bо‗g‗inli xonadon. Uning har bir a‘zosi о‗z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga bо‗ysunib yashaydi. Shu ma‘noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning о‗z saltanati bor: bunda minglb tasodiflar jarayonida er- xotin muhabbati sinovdan о‗tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni о‗rniga quyadigan bо‗ladi, bir-birlariga kechirimli bо‗lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu- haas kо‗radi. Shu ma‘noda oila inson hayotiga tо‗kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oilani boshqarish jamiyat hayotini boshqarishning oila a‘zolari о‗rtasidagi yaqinlik ishonch, hurmat, samimiylik, burch, talabchanlikdan yoshlarning ichki shakllanishiga ta‘sir etadigan muhim omillardandir. Jamiyat rivojlangan sari ma‘naviy omillarning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e‘tibor xam kuchayib boradi. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta‘minlaydigan, yangi alodni dunyoga keltirib, uni ma‘naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng gо‗zal mо‗jizalaridan biri bо‗lib, u insonlrga xos ―tabiiy-biologik‖, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir. О‗zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta‘biri bilan aytganda: ―Bunda о‗zaro hurmat va qattiq tartib bо‗lmasa, oilaning barcha a‘zolari о‗z burchlarini ado etmasa, birg‗biriga nisbatan ezgulik bilan mehrg‗oqibat kо‗rsatmasa yaxshi a munosib tarzda yashash mumkin emas… О‗zbeklarning aksariyati о‗zining shaxsiy farovonligi tо‗g‗risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‗lari va yaqin odamlarining, qо‗shnilarining eson-omonligi tо‗g‗risida g‗amxо‗rlik qilishni birinchi о‗ringa qо‗yadi. Bu esa eng oliy darajada ma‘naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir‖. Shuning uchun ham mamlakatimizda oila va uning muqaddasligini ta‘minlash uchun bog‗liq masalalar davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 1998 yil ―Oila yili‖, 1999 yil esa ―Ayollar yili‖, uning uzviy davomi sifatida 2000 yil ―Sog‗lom avlod yili‖, 2008 yil ―Yoshlar yili‖, 2010 yil «Barkamol avlod yili» deb e‘lon qilindi. Prezident «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asarida ―inson ma‘naviy olamining yuksalishi‖ deganda nimani tushunish kerak, degan savolga aniq va lо‗nda javob berilgan: ―Ollohning о‗zi bizga buyurgan komil inson bо‗lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish‖. Ammo Prezident I.A.Karimov yana ta‘kidlaydiki, ushbu qoidani tushunish va e‘tirof etishning о‗zi kifoya emas, balki ayni shu e‘tiqodga amal qilib yashash – ―odamzotning ma‘naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon‖dir. ―Takror aytishga tо‗g‗ri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yо‗qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bо‗lmasligimiz zarur.‖Prezidentning hushyorlikni yо‗qotmaslik, beparvo bо‗lmaslik xususidagi uqdirishlarini tо‗g‗ri tushunadigan bо‗lsak, bu degani yosh avlodga tо‗g‗ri ta‘lim berish bilan birga, har bir aytgan sо‗zimizga avvalo о‗zimiz rioya qilishimiz kerak bо‗ladi. Masalan, ―ilm ol‖ dedikmi, о‗zimiz umr bо‗yi ilmimizni oshirib, puxtalab borishdan tо‗xtamasligimiz kerak; ―halol va adolatli bо‗l‖ dedikmi, о‗zimiz farzandlarimizni halol luqma bilan boqayotganimizga, о‗z foydamizni kо‗zlab birovga zulm bо‗ladigan xatti-harakatdan saqlanishga qat‘iy urinmog‗imiz lozim bо‗ladi. Ana shundagina bolalarimiz kelajagidan xotirjam bо‗lishimiz mumkin. ―О‗z-о‗zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq kо‗z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bо‗lgan, tobora kuchayib borayotgan ma‘naviy tahdid va xatarlarni tо‗g‗ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Albatta, barcha muammolarni bir kunda, bir hamla bilan yechib bо‗lmaydi. Ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu say- harakatlarimiz samarali bо‗lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda yolg‗on qadamlardan, oson yechimlar qidirishdan ehtiyot bо‗lmog‗imiz juda muhim. Har bir ishda qiyinchilikni bо‗yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi. Ayniqsa, biz ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari о‗z vazifamizga mas‘uliyat bilan yondoshsak, ―farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash‖dan, shu yо‗l bilan ular ongida ―mafkuraviy immunitet‖ hosil qilishga urinishdan charchamasak, millatimiz yana buyuk millat bо‗ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat kasb etadi. Muallimning mehnati samarasi uzoq kelajakka ulanib ketadigan ezgu mehnat. Keling, avlodni boqiylikka eltuvchi mehnatdan erinmaylik, toki Prezidentimizning, xalqimizning yorug‗ orzulari ushalsin, ―yoshlarimiz milliy о‗zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‗lib yetishsin‖. Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi, deyiladi Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida. Shunday ekan, yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz lozim. Toki, yoshlarimiz milliy о‗zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‗lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, bizga mutlaqo begona g‗oyalari ham ularga о‗z ta‘sirini о‗tkaza olmaydi. Asarda Prezident yosh avlodni turli ma‘naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida tо‗xtalib, nafaqat xalqni ulug‗laydigan buyuk fazilatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadigan noma‘qul odatlar haqida ham fikr yuritadi. Birinchi navbatda, xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‗chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatni butkul xalos etish zarurati haqida kuyinib yozadi 1 . Mahalla – insonni jamiyat bilan uyg‗unlashtiradigan hamda shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta sahovatli gо‗sha va beqiyos Vatan. Muallif xalqimizning ―Mahalla – ham ota, ham ona‖ degan hikmatli iborasini keltirib, bu sо‗zlarni millatimiz uchun ―hayotiy haqiqatning ifodasi‖ deb ta‘riflaydi va mahalla - tarbiya maktabi sifatidagi vazifasiga alohida urg‗u beradi. ―Ommaviy madaniyat‖ hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, о‗z insoniy burchi va mas‘uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab о‗tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi ―dunyoni manfaat boshqaradi‖ (demak, bu dunyoda har kim о‗z foydasi uchun qо‗lidan kelgan harakatini qilsa, bо‗laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‗i, xudbinona) tezis (―qoida‖) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bо‗lgan. Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya‘ni dunyoda azaliy va abadiy qat‘iy axloqiy meyorlar mavjud emas, kо‗pchilik о‗zini qanday tutayotgan bо‗lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan о‗ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat tо‗rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta‘rifiga muvofiq, befarqlik va о‗ysizlik botqog‗iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qо‗lida qо‗g‗irchoqqa aylanib, о‗zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni ―umuminsoniy axloqiy meyorlar‖ darajasiga kо‗tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bо‗lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng kо‗lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‗ibot imkoniyatlariga ega bо‗lmagan edi. Prezident «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida bu haqda shunday deyiladi: ―Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma‘naviyatiga qarshi yо‗naltirilgan, bir qarashda arzimas bо‗lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, kо‗zga kо‗rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bо‗lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.‖ ―Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida, - deb kuyunchaklik bilan qayd etiladi Prezident «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida, - katta ma‘naviy yо‗qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.‖ ―Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda‖, - deb yozadi Prezident о‗z «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» 1 Эргашев И. ва бошқалар. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. – Т., Академия, 80-бет. asaridaida va bunday xatarli holatdan faqat о‗z xalqini emas, balki butun jahon afkor ommasini ogohlantirish lozim deb biladi ―Ma‘naviy tahdid deganda,- о‗rinli izoh berib о‗tadi Prezident, - avvalo, tili, dini, e‘tiqodidan qat‘i nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin inson bо‗lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb о‗ylayman.‖ Prezidentimiz topib aytganidek, ―kimdir Rahmon izmida yursa, kimdir shayton izmida yuradi,‖ harkimning gunohi ham , savobi ham о‗ziga. Ammo bostirib kelayotgan xavfni kо‗rib turib, kо‗rmaslikka olish, hoziri-yu huzuri, о‗zimning ishim bitsa bо‗ldi-da, о‗zga bilan nima ishim bor, degan kayfiyat bizga tо‗g‗ri kelmaydi. Qolaversa, gap bizdan keyin shu yurtning chirog‗ini yoqib о‗tiradigan bolajonlarimiz taqdiri ustida ketayapti. Vaziyatning murakkabligi shundaki, bugungi kunda yaxshilik va yomonlik о‗rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar, xalqlar va shaxslar о‗rtasida emas, balki har birimizning qalbimizda, ongimizda kechmoqda 38 . YA‘ni bu muammolar faqat yosh avlodgagina taalluqli emas. Dushman ochiq-oydin о‗zini kо‗rsatmaydi: siz maxsus kabel orqali berilib kino kо‗rib о‗tiribsiz, yoki internet orqali muayyan saytlardagi ma‘lumotlar bilan tanishayapsiz, kо‗chada turli reklamalar diqqatingizni tortayapti, ehtiyot bо‗ling, sizni kerakli yо‗nalishda ―tarbiya‖ qilishayapti, о‗z qarashlarini turli vositalar bilan ongingizga singdirishayapti. Shunday, ―ular kо‗pincha turli niqoblar, jozibali shior va g‗oyalar pardasi ostida ish kо‗radi.‖ Biz esa sal g‗aflatga berilsak, ongimizdagi о‗zgarishlarni о‗zimiz ham payqamay qolamiz. Gо‗yoki hech kim bizga tajovuz ham qilgani yо‗q, majbur ham qilgani yо‗q, biz о‗z ixtiyorimiz bilan ―mustaqil‖ ravishda shu ―xulosa‖ga keldik. Bu yerda ta‘sir о‗tkazishning shunday makkorona usullari qо‗llanmoqda-ki, uncha-muncha odam g‗aflatda qolishi hech gap emas. Aslida imonli, e‘tiborli inson bunday makru hiylalarni juda oson bilib olsa bо‗ladi – ular barchasi insonlar ongining eng tubiga joylashgan biologik (hayvoniy) instinktlarni qо‗zg‗ashga qaratilgan, bunday filmlarda eng ezgu niyatlar ham qо‗lda avtomat bilan amalga oshiriladi, eng ijobiy qahramonlar ham shahvatga beriladi, oddiy hazillar ham о‗zini hurmat qilgan inson uchun haqoratli holatlar shaklida yoki hayosiz iboralarda ifodalanadi. ―Lо‗nda qilib aytadigan bо‗lsak, - xulosa qiladi Prezident, - bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni kо‗zlashini, о‗ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‗lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.‖ Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning о‗zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bо‗lmaydi. Unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‗usini shakllantirish, kо‗nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, о‗zga insonlarga mehr uyg‗otish, dilida ulug‗ maqsadlar tug‗ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg‗usi haqida «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridalarda yozilganlarni о‗qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bо‗lib 38 Маънавий юксалиш йўлида. Т., 2008. С . 40-41. qoladi, deb tasavvur qilish о‗ta soddalik bо‗lur edi. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol-tushunchalarining о‗z ruhidagi poydor ma‘naviy qadriyatlarga aylanishi uchun о‗zgalar ibratida sinashi, bu yо‗lda riyozat chekishi, ularga nisbatan kо‗nglida mehr uyg‗onishi zarur. Bunga turli yо‗llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin kо‗ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi. ―Bizning ulug‗ ajdodlarimiz, - deb yozadi Prezident, - о‗z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy til bilan aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash о‗rinli deb bilaman.‖ Ma‘lumki, dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yetakchi о‗rin tutadi. Gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalari har bir davlatda omma bilan xokimiyat о‗rtasida о‗ziga xos aloqa vositasi, oshkoralik kо‗zgusi, xaqiqat jarchisi bо‗lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy – siyosiy xayotida yetakchi rol о‗ynaganligi uchun ham ularga tо‗rtinchi xokimiyat tusini berish ommalashgan. Davlat boshqaruv organlari demokratiyaning muhim tayanchi bо‗lganligi uchun ham ommaviy axborot vositalari bilan maslahatlashishga, takliflarini e‘tiborga olishga majburdir. Shuning uchun ham О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67- molddasida «ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning tо‗g‗riligi uchun belgilangan tartibda javobgardurlar. Senzuraga yо‗l qо‗yilmaydi», deyilgan. Kо‗rinib turibdiki, ommaviy axbort vositalarii oshirsh erkinlikni kо‗rsatish, ular xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi alohida ta‘kidalanadi. Televideniyening bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bugungi murakkab mafkurviy jarayonlarni ilmiy – amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yо‗nalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta‘sirini о‗rganish, milliy manfaatlarida hayot tarzimizga zid bо‗lgan zararli g‗oyalar va mafkuraviy hurujlarning mohiyatini ochib berishdan iboratdir. Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an‘ana va urf – odatlarimizni asrab – avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‗ularini chu singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Agarda fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‗lom dunyoqarash asoslari mustahkamlansa, ular о‗z fikriga ega bо‗ladi va turli ma‘naviy tajovvuzlarga qarshi sobit tura oladi. Televideniyening ta‘sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bog‗liq bо‗ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliy darajasiga alohida e‘tibor beriladi. Televideniye kо‗rsatuvlarida materiallaar Ayni paytda qanday auditoriyaga mо‗ljallangani bilan ham ajralib turadi hamda iste‘molchining yoshi, jinsi, bilim darajasi,dunyoqarashi, milliy, diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi. Tadqiqotlardan shu narsa ma‘lum bо‗ldiki, odamlarga ham aqlan asoslangan (ratsional), ham emotsional (hissiyot uyg‗otuvchi) ma‘lumotlar tez ta‘sir qiladi. Bunda auditoriya xususiyati nazarda tutilishi kerak. Masalan, о‗qimishli, tushungan odamlar auditoriyasi faktlarga tayangan, asosli ma‘lumotlarni tez qabul qilib, unga ishonsa, kichik yoshlilar, ma‘lumot darajasi pastroq shaxslar kо‗proq yurakka yaqin, emotsional ma‘lumotga о‗ch bо‗ladi. Bundaylar hatto ulardan ayrim negativ his – tuyg‗ularni qо‗zg‗atuvchi ma‘lumotlarga nisbatan ham faolroq bо‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling