Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari,  ularning oldini


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana22.11.2020
Hajmi1.4 Mb.
#149900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MIG tarixi nazariyasi


Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari,  ularning oldini 
olishda  milliy g‟oyaning o‟rni va ahamiyati 
Reja: 
1. Yot va zararli g‘oyalar, g‘oyaviy kurash tushunchalari, ularning    
 
mazmun va mohiyati. 
2.  O‘zbekiston  hayoti  va  taraqqiyotiga  g‘oyaviy  tahdidlar,  ularning 
 
ko‘rinishlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari. 
3.  Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari, ijtimoiy   
 
ildizlari. 
Insonning  qalbi  va  ongiga  jo  bo‘lgan  milliy  ma‘naviy-axloqiy  negizlar  uni 
butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo‘lishga, Vatan ravnaqi 
hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi 
shaxs  sifatida  kamol  topishiga  muttasil  ravishda  undaydi.  Prezidentimiz 
I.A.Karimov  doimo  ta‘kidlab  kelganidek:  ―...Farzandlarimizni  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlarimiz  asosida,  o‘z  fikru  tafakkuri  va  zamonaviy  bilimga 
ega  bo‘lgan  vatanparvar  etib  voyaga  yetkazish  –  barchamizning  otalik  va  onalik 
burchimizdir‖.  Vatanimiz  kelajagi  bo‘lgan  yoshlarga  hozirgi  zamon  talablari 
darajasida  bilim  va  tarbiya  berish,  ularni  yuksak  ma‘naviyatli,  ongi  harqanday 
salbiy  ta‘sirlarga  nisbatan    bardoshli  qilib  voyaga  yetkazish – bugungi  kun ta‘lim 
muassasalarining  asosiy  vazifasidir,  chunki  faqat  ana  shunday  insonlargina 
kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.  
 Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ―...Aql-zakovatli,  yuksak  ma‘naviyatli 
kishilarni  tarbiyalay  olsakgina,  oldimizga  qoygan  maqsadlarga  erisha  olamiz, 
yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan so‘zlari ayni shu ma‘noni 
anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy 
kamoloti, g‘oyaviy  chiniqishiga, har hil buzg‘unchi g‘oya  va mafkuralarga qarshi 
murosasiz  kurashchi  ruhida  tarbiyalashga  mas‘uliyat  bilan  yondashishga  undaydi. 
Aynan  farzandlarning  kamoloti  –  ertangi  kunda  barchamizning  tinch  hayotimizni 
ta‘minlaydi.  Buning  uchun  ularni  milliy  g‘oya  ruhida  tarbiyalash,  ularga  hurlik, 
ozodlik,  demokratik  tamoyillarga  asoslangan  jamiyat  barpo  etish,  erkin  fuqarolik 
jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir.  
Turli  millatlar  ma‘naviyatining  o‘ziga  xosligi  kamalakdagi  turli  ranglar 
tovlanishiga  monand  bo‘lib,  ular  bir-birini  to‘ldiradi,  boyitadi,  ammo  inkor 
etmaydi,  bir  so‘z  bilan  aytganda,  ma‘naviyat  ellarni  zidlashtirmaydi,  balki 
birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, 
bu  qadriyatlarni  har  bir  xalq,  har  bir  elat  o‘z  tarixiy  tajribasi  bilan  asta-sekin 
shakllantirib  boradi  va  o‘zaro  turlicha  munosabatlar  jarayonida  elatlar,  millatlar 
bir-birini  tushunib,  o‘zaro  ma‘naviyatlaridagi  umumiy  jihatlarni  tadrijiy  anglab 
boradi. 
Ming  yillar  davomida  yer  yuzidagi  turli  mintaqalarda  yashagan  xalqlarning 
o‘zaro  siyosiy,  madaniy,  ijtimoiy  aloqalari  hozirdagidek  yaqin  bo‘lgan  emas. 
Asrlar  mobaynida  yer  yuzida  turli  madaniy  mintaqalar  shakllangan.  Yevropa 
xalqlarining  umummintaqa  madaniyati,  janubi-sharqiy  Osiyo  xalqlari  mintaqa 
madaniyati,  Hindiston  yarimoroli  va  unga  qo‘shni  hududlarda  yaratilgan  umumiy 

madaniyat  va  boshqa  bir  qator  mintaqalar  madaniyati  -  bularning  har  biri 
o‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, 
urf-odat  va  an‘analarning  o‘ziga  xos  uyg‘un  bir  tizimlarini  vujudga  keltirgan-ki, 
ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-
biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi.  
Butun  dunyo  xalqlari  bir-birini  tushunib  yashashga  intilmog‘i  lozim. 
Dushmanlik,  g‘ayr  ko‘zi  bilan  qarash  emas,  mehr  bashariyatni  birlashtiradi.  Bu 
ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o‘zgani 
tushunish  uchun,  o‘zgaga  mehr  ko‘zi  bilan  boqish  uchun,  avvalo,  inson  o‘zligini 
anglab  yetmog‘i  kerak.  O‘zligini  anglamagan  zot  hech  qachon  o‘zgani 
tushunmaydi,  uni  xolis  qabul  qilmaydi.  Asli  milliy  ma‘naviyatimizga  bugungi 
ayricha  e‘tibor  ham  ushbu  o‘zligimizni  anglab  yetishga  bo‘lgan  kuchli  ehtiyoj 
natijasidir. 
Axborot globallashuvi muammolar muammosi darajasiga ko‘tarildi. Buning o‘ziga 
xos ob‘ektiv sabablari, omillari bor. Chunonchi: 
-  dunyoda  eng  insoniy  jamiyat  barpo  etishning  birdan-bir  oqilona  yo‘li 
huquqiy-demokratik davlat qurish ekanligini tushunish har qachongidan kuchaydi
 
- huquqiy-demokratik jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri ommaviy 
axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo‘lmay qoldi; 
 
-  taraqqiyot  etgan  yetakchi  mamlakatlar  matbuotini  erkinlashtirish  sohasida 
erishilgan  ilg‘or  tajribalarni  uzoq-yaqin  davlatlarga  tarqatish  imkoniyatlari 
osonlashdi va ko‘paydi; 
 
-  dunyo  mamlakatlaridagi  matbuot  erkinligi  ahvoli  va  darajasini  xalqaro 
miqyoslarda  kuzatish,  bahosini  beri  shva  shu  asosda  muayyan  mamlakatdagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odat tusiga 
kirdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 “Ommaviy madaniyat” ning  milliy g‟oyaga zidligi, uning oldini olish 
shart-sharoitlari, omillari 
Reja: 
1.  ―Ommaviy madaniyat‖ tushunchasining ma‘no-mazmuni. Uning    
 
milliy g‘oya maqsadlari va  negizlariga zidligi.  
2. ―Ommaviy madaniyat‖ g‘oyalarini tarqatishga urinishlar. 
 
 
 
Ularning texnik imkoniyatlari. 
3. ―Ommaviy madaniyat‖ ning milliy ma‘naviyat negizlariga,    
 
milliy g‘oya, ma‘naviy meros va demokratik printsiplariga zid   
 
ekanligi. 
Aytilganlarga  eng  yorqin  misol  sifatida  bugungi  kunda  butun  dunyodagi 
fikrlovchi  insonlarni  borgan  sari  qattiqroq  tashvishga  solayotgan  ―ommaviy 
madaniyat‖  hodisasining  kelib  chiqishiga  e‘tibor  qarataylik.  Bu  hodisa  bugun 
butun  dunyoga  ko‘proq  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikaning    rivojlangan 
mamlakatlaridan  tarqalayotganini  hisobga  olib,  ushbu  mintaqalardagi  hozirgi 
ma‘naviy-axloqiy  muhitning  shakllanish  tarixiga  qisqa  (eng  umumiy  bir  tarzda) 
to‘xtab o‘tish kerak bo‘ladi.  
Ma‘lumki, shu kungacha jahon ilmida ―ma‘naviyat‖ hodisasi yaxlit tushuncha 
sifatida  izchil  ilmiy  tahlilga  tortilmadi.  Bu  sohaga  oid  mavjud  izlanishlar 
boshqacha  tushunchalar  va  tizimlar  doirasida  kechdi.    Xususan,  Yevropada  inson 
ma‘naviyatiga  oid  bahslar  falsafa  va  uning  tarkibiy  qismi  hisoblangan  
axloqshunoslik  ilmi    doirasida  rivojlandi.    Inson  axloqi  aslida  zohiriy,  aniqrog‘i, 
ikkilamchi  hodisa  bo‘lib,  shaxs  ma‘naviyatining  insonlar  aro  munosabatlarda 
namoyon  bo‘lishidir.  Uning  botinida  ma‘naviy  omillar  yotgani  tufayli  faylasuflar 
asosan axloqning botiniy omillariga e‘tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa 
an‘anasini  umumiy  bir  tarzda  ko‘zdan  kechiradigan  bo‘lsak,  axloqshunoslik  ilmi   
ko‘proq  insonning  iroda  erkinligi,  aql  va  bilim,  baxt  va  lazzatlanishga  intilish, 
manfaatdorlik  kabi  masalalarga  e‘tibor  qaratganligini  ko‘ramiz.  Aksariyat 
holatlarda mas‘uliyat va burch masalalari ham inobatga olinadi. Axloqning imonga 
bog‘liq jihatlari xristian axloqida alohida ta‘kid etilsa-da, Yangi davrda bu masala 
ko‘pincha  aktuallashmaydi.  Umuman,  insonning  dunyoviy  maqsadlariga  alohida 
e‘tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor jihati deyish mumkin. 
Milliy ma‘naviyatimiz an‘analarida shaxs ma‘naviyatining asosiy jihatlari – 
iymon,  ilm,  mas‘uliyat,  mehrning  o‘zaro  uyg‘unligi  masalasi  ustivor  yo‘nalish  
ekanligi ma‘lum. Muayyan tarixiy sabablarga ko‘ra Yevropa axloq ilmida ayni shu 
o‘zaro  mutanosiblikka  yetarli  e‘tibor  qaratilmadi.  Natijada,  bugungi  kunga  kelib, 
ushbu  mintaqada  ma‘naviy-axloqiy  sohada  juda  og‘ir  muammolar  kelib 
chiqmoqda.  ―Ommaviy  madaniyat‖  hodisasi  asosida  birnecha  omillarning 
chatishuvi  yotadi.  Ulardan  birinchisi  -  imonsizlik,  o‘z  insoniy  burchi  va 
mas‘uliyatini  tan  olishni  istamaslik,  befarqlik  va  loqaydlik.    Ikkinchisi  -  sanab 
o‘tilgan  qusurlarni  oqlashga  xizmat  qiluvchi  ―dunyoni  manfaat  boshqaradi‖ 
(demak,  bu  dunyoda  har  kim  o‘z  foydasi  uchun  qo‘lidan  kelgan  harakatini  qilsa, 
bo‘laveradi,  degan)  dahriyona  (aniqrog‘i,  xudbinona)  tezis  (―qoida‖)  asosida 
yashash.  Bu  ikki  omil  azaldan  bo‘lgan.  Uchinchisi  –  oldingilaridan  kelib 
chiqadigan  axloqiy  relyativizm,  ya‘ni  dunyoda  azaliy  va  abadiy  qat‘iy  axloqiy 

meyorlar  mavjud  emas,  ko‘pchilik  o‘zini  qanday  tutayotgan  bo‘lsa,  biz  ham 
shunga  qarab  ketaveramiz,  degan  oysizlik,  fikriy  dangasalik  tamoyili.  Va  nihoyat 
to‘rtinchisi  -    bugungi  axborot  vositalarining  cheksiz  imkoniyatlari  sharoitida 
yuqoridagi  Prezident  ta‘rifiga  muvofiq,  befarqlik  va  oysizlik  botqog‘iga  botgan 
kimsalarning  dunyoni  boshqarishga  intilayotgan  kichik  bir  guruh  qo‘lida 
qo‘g‘irchoqqa  aylanib,  o‘zlarining  eng  tuban  hayvoniy  xohish  va  istaklarini  
ochiqdan-ochiq  namoyon  qilishni  ―umuminsoniy  axloqiy  meyorlar‖  darajasiga 
ko‘tarishga urinishlaridir. 
Shuningdek, asarda kommunistik mafkura va uning axloqiy normalaridan voz 
kechilganidan keyin vujudga kelgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz 
uchun  mutlaqo  yot  bo‘lgan,  ma‘naviy  va  axloqiy  tubanlik  illatlarini  o‘z  ichiga 
olgan  ―ommaviy  madaniyat‖  yopirilib  kirib  kelishi  necha  ming  yillik  an‘ana  va 
qadriyatlarimiz,  turmush  tarzimizning  ma‘naviy  negizlariga  jiddiy  tahdid  qilishi, 
inson  hayoti,  oila  muqaddasligi  va  yoshlar  tarbiyasiga  katta  xavf  solishi 
mumkinligi  ta‘kidlanib,  bunday  xurujlarga  qarshi  kurashish  g‘oyat  muhim  ekani 
uqtiriladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

O‟zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar  va 
milliy g‟oyaga ehtiyoj 
Reja: 
1. 
Mafkuraviy jarayonlar  tushunchasi, uning ma‘no va mazmuni.  
2. 
O‘zbekistonda  mafkuraviy  jarayonlar  va  uning  o‘ziga  xos 
xususiyatlari.  
3. 
  O‘zbekiston 
ijtimoiy 
hayotining 
mafkuralar 
xilma-xilligiga 
asoslanishi. ―Mafkuralar xilma-xilligi‖ tushunchasi.  
 
Vatanimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy-siyosiy xayotimizda 
tub  o‘zgarishlar  yuz  berdi,  xalqimiz  tabiati  va  dunyoqarshiga  yot  bulgan 
mustabidlik  mafkurasi  barxam  topdi.  Islom  Karimov  ta‘kidlaganidek,  o‘z  umrini 
o‘tab  bo‘lgan  eski  mafkura  o‘rnida  yangi  ijtimoiy  munosabatlarni,  xalqining  asl 
maqsad muddaolarini ifoda etuvchi ilg‘or va bunyodkor mafkura shakllanmas ekan, 
jamiyatda  g‘oyaviy  bo‘shliq-vakum  yuzaga  keladi.  Bunday  bo‘shliq  ilgor,  jamiyat 
taraqqiyoti  uchun  zarur  g‘oyalar  bilan  to‘ldirilmasa,  uni  xalq  xayoti  uchun  yot  va 
begona bo‘lgan mafkuraviy ta‘sirlar egallab olishi mumkin.  
Avvalo, mustabidlik mafkurasi nega tanazzulga uchradi?  
Birinchidan – u o‘zini mutlaq- xaqiqat deb xisoblab, boshqa mafkuralarni 
tan olmas, ularga dushmanlarga murosasiz munosabatda bo‘lar edi. 
Ikkinchidan  –  bu  mafkura  zuravonlikka  asoslangan  bo‘lib,  majbur  qilish 
qobilida ish tutar, erkin fikrga yo‘l qoyilmas, qarshi chiqqanlar, shafqatsiz jazolar 
edi.  
Uchinchidan – bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruxlar mafkurasi edi.  
To‘rtinchidan – bu mafkura xech kimga vijdon erkinligi, o‘z fikrini ochik 
bayon  etish,  jumladan,  xorij  fukoralari  bilan  xolisona  muloqatda  bo‘lishga  xam 
yo‘l  qoymas.  Kimki  shunga  jur‘at  etsa  «xalq  dushmani»,  «burjuaziya  malayi»  ga 
aylanar edi.  
Beshinchidan – U milliylikdan butunlay xoli edi.  
Oltinchidan – Unda milliy tarix, o‘tmish merosi tan olinmas edi.  
Ettinchidan  –  xalqlarining  diniga,  diniy  merosiga  diniy  kadriyatlariga 
nisbatan mutlako notugri munosabat urnatilgan edi.  
Bularning  barisi  tarakkiyot  talablariga  mutlako  zid  edi.  Shu  tufayli 
kommunistik  mafkura  o‘z  tuzumi  bilan  birga  zamon  talablariga  dosh  berolmay 
tarixga aylandi. Endi goyaviy bushlik tushunchasiga tuxtalsak.  
Xush  goyaviy  bushlik  nima?  Foyaviy  bushlik  eski  tuzumdan  yangi 
tuzumga  utish  jarayonida  oldin  xukmronlik  kilib  kelgan  mafkura  utmishga 
aylangach,  tarakkiyot  talablariga  mos  ravishda  uning  urnini  bosadigan  ilgor 
goyaviy  tizimning  xali  shakllanmagan  xolatidir.  Mamlakatimizda  eski  tuzum  va 
mafkuradan  voz  kechish  natijasida  paydo  bulgan  bushlikni  yangi  –  milliy  istiklol 
goyasi  tushuncha  va  tamoyillari  bilan  tuldirish  va  shu  tarika  zararli  goyaviy 
tajovuzlarining  oldini  olishga  kirishildi.  Lekin,  ijtimoiy  ong  va  tafakkur  tezda 
o‘zgarib,  yangicha  dunyokarash  osonlikcha  shakllanavermaydi.  Ayniksa,  bu  xali 
yetarli xayotiy tajribaga ega bulmagan, soddadil, ishonuvchan, yoshlar tarbiyasida 

yakkol  ko‘zga  tashlanadi.  90-yillarda  O‘zbekistonda  xam  mafkuraviy  bushlik 
namoyon buldi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari kuyidagilardan iborat edi:  
Birinchidan – xukmron, yakka xokim bolshevistik – kommunistik mafkura 
batamom tanazzulga yuz tutdi va uning urni bushab koldi.  
Ikkinchidan  –  Mustakillik  mafkurasi  xali  tula-tukis  shakllanmagan  va 
barcha fukarolar ongiga singib ulgurmagan edi.  
Uchinchidan  –  goyaviy  bushlik  paydo  bulgan  joyda  mukarrar  tarzda 
boshka  yot  va  begona  mafkuralar  xuruji  boshlanadi.  Utish  davrida  tashki 
mafkuraviy  ta‘sirlarning  yaxshi  yoki  yomon,  foydali  yoki  zararli  ekanini  xamma 
xam farklay olmaydi.  
Turtinchidan  –  Afgoniston  va  boshka  yakin  xududlardagi  bekaror 
vaziyatdan  foydalanib,  ekstrimistik  kuchlar  Markaziy  Osiyo  mintakasini 
mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina boshlagan edi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Dunyodagi  mafkuraviy kurashlar sharoitida 
milliy g‟oyaning zarurligi 
Reja 
1.       Dunyoda mafkuraviy kurashlar va uning sabablari.  
2. 
Mafkuradan ko‘zlangan maqsadlarning xilma-xilligi. Ezgu, 
 
 
 
bunyodkor mafkuralar. Yovuz va buzg‘unchi mafkuralar. 
3. 
Mafkuraviy kurashlarning tarixiy ko‘rinishi, shakllari. 
 
  Istiklolning 
kulga 
kiritilishi, 
kompartiya 
barxam 
topib, 
chirkin 
ideologiyasining tarix axlatxonasiga uloktirilishi, kizil imperiyaning chok-chokidan 
sukilishi,  mustakillik  deb  atalmish  buyuk  ne‘matning  kulga  kiritilishi  xalqimizga 
o‘z takdirini o‘zi belgilash, o‘z yulini tanlash imkonini berdi.  
Nega  mafkura  masalasi  kun  tartibiga  kuyildi?  Mustakillikka  erishish-buyuk 
ijtimoiy  baxtimizning  boshlanishidir  xolos,  ammo  mustakillikka  erishishdan  uni 
asrab,  saklab  kolish  kiyinrok  kechishi,  uni  imkoniyatdan  vokelikka  aylantirish, 
yang  davlat,  yangi  jamiyat  asoslarini  barpo  etish,  o‘z  yulini  tanlab  olish,  turli 
imtixon-u  sinovlardan  utish,  mustakillik  mafkurasini  yaratish  zarurligini  kun 
tartibiga  kuydi.  Bu  xakda  Islom  Karimov  shunday  yozadi:  «Oldimizga  kuygan 
olijanob  maksad-muddaolarimizga  yetish,  eski  mafkuraviy  asoratlardan  batamom 
xalos  bulish,  goyaviy  bushlik  paydo  bulishiga  yul  kuymaslik,  begona  va  yot 
goyalarning  xurujidan  ximoyalanish,  bunday  tajovuzlarga  karshi  tura  oladigan  xar 
tomonlama  barkamol  insonlarni  voyaga  yetkazish  zaruriyati  xalqimiz  va 
jamiyatimiz  manfaatlarga  mos  yangi  mafkurani  takazo  etmokda»  («Milliy  istiklol 
goyasi»  ukuv  risolasi,  T,  2000  yil  so‘z  boshi)  Shunday  kilib,  milliy  mustakillik 
O‘zbekistonning  istiklol  mafkurasini  nazariy  jixatdan  ishlab  chikish,  uni  xalq 
orasida keng targibu tashvik kilish, xar bir fukaro ongiga mustakillik mafkurasining 
mazmun  va  moxitini  singdirish,  istiklol  yuliga  mos  va  xos  o‘zbek  milliy 
mafkurasini  ilmiy  asosda  yaratishni  talab  kilardi.  Ammo,  bu  usha  vaziyatda  oson 
ish  emasdi.  Islom  Karimov  bu  yerda  xam  O‘zbekistonning  bosh  mafkurachisi 
sifatida muammoni o‘z vaktida anglab yetdi va kun tartibiga kuydi.  
Mafkura  masalasini  kun  tartibiga  kuyilishida  Islom  Karimovni  roli  kanday 
buldi? Mamlakatimiz mustakillikka erishgach Sobik Sovet tuzumining kirdikorlari, 
yovuzliklari,  moxiyati  ravshanlashib,  mustabid  tuzumning  mafkurasi  va  uning 
yolgon  goyalarning  avra-astari  tulik  nomoyon  buldi.  Xuddi  ana  shu  jarayonda 
O‘zbekistonda kurilayotgan yangi jamiyatda biror bir partiya, tabaka, ijtimoy gurux 
yoki  toifaga,  ularning  mafkurasiga  imtiyoz  berilmadi.  Utish  davridagi  mafkura 
borasidagi  olib  borilgan  bu  tarzdagi  davlat  siyosatini  kimlardir  mafkuradan 
butunlay  voz  kechish  tarzida  tushungan,  kimlardir  «jamiyatga  mafkura  kerakmi?» 
deya savollar kuyayotgan, shuro mafkurasidan yurakzadalik kayfiyatidagi bir kism 
kishilar  esa  mafkurani  tilga  olmaslikka  xarakat  kilayotgan  paytda  jamiyatga 
mafkuraning  zarurligi,  mustakililk  mafkurasini  yaratishning  axamiyati,  mafkurani 
inkor  etish  mafkurasizlikka olib  borishi  va  shu sababli  kun  tartibiga  milliy  istiklol 
goyasini  ishlab  chikish,  shakllantirish  masalasini  Islom  Karimov  tomonidan 
kuyilishi katta bir jasorat, ayni paytda xodisa edi. Bunda u nafakat O‘zbekistonda, 
balki  kupgina  sobik  sovet  respublikalari  xalqni  birlashtiruvchi,  uyushtiruvchi  omil 

bulmish  mafkurani  but-butun  inkor  etish  xakida  gapirayotganda,  siyosatini 
yuritayotganida  yagona  milliy  goyaga  ega  bulmaslik,  mafkuraviy,  bushlikka  yul 
kuyish mafkuraviy mustabidlikdan kura xam xavflirok ekanligini, yangi davlatning 
butun  tizimi,  uning  boshkaruvi  va  siyosati  birinchi  navbatda  umumiylik, 
manfaatlariga javob beruvchi anik ta‘riflangan mafkura asosida kurilishini kursatib 
bergan  edi.  Demak,  atrofidagilar  jamiyat  uchun  goya,  mafkura  kerakmi?  Degan 
savolni  kuyayotgan  paytda,  kupchilik  ushbu  masalani  chetlab  utayotgan  paytda 
Islom  Karimov  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992  yil  2-iyulda 
bulib utgan 10-sessiyasida xalqni yakdil kiladigan, uyushtirilgan mustakillik goyasi 
atrofiga  birlashishga  chakirar  ekan,  «ana  shu  maksad,  ana  shu  goya  atrofida 
birlashsak, aslo xor bulmaymiz…» deydi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yoshlarda  mafkuraviy immunitetni  mustahkamlashda   milliy 
g‟oyaning  ahamiyati 
Reja: 
1. 
Yoshlar,  mafkuraviy  immunitet  tushunchalarining  ma‘no-mazmuni. 
Yoshlarga xos xususiyatlar.  
2. 
Yoshlarga turli g‘oya va mafkuralarning ta‘siri. Ularning immunitetini 
mustahkamlash zarurligi. 
3. 
Yoshlarning 
mafkuraviy 
immunitetini 
mustahkamlash 
shart-
sharoitlari.  
 
Mafkuraviy  immunitet  (lat.  Ozod  bo‘lish)  -  mafkuraviy  ta‘sir,  yot  goyalarga 
karshi  tura  olish  degani  Immunitet  tugma  buladi,  mafkuraviy  immunitet  esa  –
shakllanadi.  Mafkuraviy  immunitet  tizimi:  1-bilim  (ammo  shovinizm  xam  bilimga 
tayanadi)  2-Kadriyatlar  tizimi  3-ijtimoiy  –iktisodiy,  siyosiy  va  madaniy  ma‘rifiy 
soxalardagi anik muljal va maksadlar tizimi bilan boglik. Mafkuraviy profilaktika – 
yot goyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yukotishga karatilgan chora 
– tadbirlar majmui, tugri tashkil etilgan ta‘lim- tarbiya tizimidir.  
Mafkuraviy  profilaktika  ijtimoiy  institutlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
turli shakllardagi goyaviy –tarbiyaviy,  ma‘naviy –mafkuraviy ishlar majmui bulib, 
u  butun  goyaviy  tarbiya  tizimini  kamrab  oladi.  Mafkuraviy  prafilaktika  goyaviy 
bushlikni  tugatish  mafkuraviy  parokandalikni  oldini  olish  yoki  biror-bir  xudud, 
katlam,  guruxni  yot  va  zararli  goyalar  ta‘siridan  xolos  kilish  maksadida  amalga 
oshiriladi.  Bugun  dunyoning  mafkuraviy  manzarasida  xulosa  yasaydigan  bulsak, 
mafkuralarning  glaballashuvi  jarayoni  bormokda.  Bu  jarayonning  xususiyatlari 
kuyidagilardan namoyon bulmokda:  
«Immunitet»  so‘zining  ma‘nosi  O‘zbekiston  milliy  entsiklopediyasida 
quyidagicha berilgan:  (lot.   -   biron narsadan  xalos, ozod  bo‘lish, qutulish)  -  tirik 
mavjudotlarning  o‘z  butunligi  va  biologik  noyobligini  buzuvchi  yot  omillardan 
himoyalanishi,  qarshilik  ko‘rsatishi,  rezistentligi.  Yot  omillarga  bakteriya  va 
ularning  toksinlari, viruslar,  zamburug‘lar,  sodda  jonivorlar, gelmintlar, ko‘chirib 
o‘tkazilgan  a‘zo  va  to‘qimalar,  organizmning  o‘zgargan  o‘z  hujayralari  (mas., 
o‘smasimon  hujayralar)  va  b.  kiradi.  Bu  omillar  organizm  uchun  irsiy  begona 
bo‘lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi. 
Organizmni  infektsion  agentlar  va  boshqa  yot  moddalardan  himoya  qilish 
omillari  tabiati boyicha uchga bo‘linadi: 
Birinchisi.  Filogenetik  immunitet  -  anatomik  va  fiziologik  belgilar  bilan 
ta‘minlanib,  nasldan-naslga  o‘tadigan  nomaxsus  himoya  omillari  yoki 
organizmning  nomaxsus  rezistentligi.  Bu  omillar  patogen  agentlar  bilan  birinchi 
bo‘lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining 
ko‘pgina yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga chidamliligi ta‘minlanadi. 
Ikkinchisi.  Tug‘ma  immunitet  (turga  xos,  tabiiy)  –  bir  biologik  turning 
ma‘lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi. 

Uchinchisi.  Orttirilgan  immunitet  –  hayot  davomida  organizm  immun 
sistemasining yot antigenlar bilan ta‘sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya 
bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi. 
 Mafkuraviy  immunitet  ma‘naviy,  ma‘rifiy,  siyosiy,    iqtisodiy  bilimlarni 
oddiygina  qabul qilib  olishini  emas, balki ularni ongli  ravishda  tushunib  yetishni, 
bu  bilimlardan  zamonaviy    ijtimoiy  voqealarga  mafkuraviy  kurashlar  voqeligidan 
kelib  chiqib,  munosabat  bildirish  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  ayrim  nosog‘lom 
g‘oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik qolatidir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling