Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR
- MAVZUGA OID ADABIYOTLAR
- Каримов И.
Tо„rtinchidan, I.Karimovning milliy g‗oya konsepsiyasida milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‗unligini qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi. Darhaqiqat, ijtimoiy rivojlanishning asosi milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‗unligidadir. Xoh ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, xoh ma‘naviy-ma‘rifiy sohada bо‗lsin, I.Karimov mazkur manfaatlar nisbatini tо‗g‗ri olishga harakat qilgan. Masalan, hozirgi kunda О‗zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilayotgan bо‗lsa, 100 dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat kо‗rsatmoqda. О‗zbekistonda mustaqillik yillarida qо‗lga kiritilgan eng katta yutuq ham jamiyatda millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta‘minlash bо‗ldi. Barcha millat va elat vakillarining teng haq-huquq va imtiyozlarga ega bо‗lishi, ular manfaatlarining Konstitusion asosda muhofaza etilishi mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. 3-masalaning bayoni: Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida dolzarb vazifalar ilmiy jihatdan asoslab berilganligi uchun ham milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasi qadrlidir. Mamlakatimizda milliy g‗oyani amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar Milliy mafkuraning bosh g‗oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik - bular milliy tiklanish g‗oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir. Yuqorida ta‘kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog‗liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish tо‗g‗risida fikr yuritish befoydadir. Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. О‗zbekistonda bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida olib borilmoqda. «Hammamizga ayonki, - deb qayd etadi I.Karimov, - bu yо‗nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‗liq kо‗p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini jamoat tashkilotlariga о‗tkaza borishni taqazo etadi» 19 . Darhaqiqat, О‗zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirishda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning о‗zini-о‗zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich о‗tkaza borishni ta‘minlash о‗ta muhimdir. «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‗zining g‗oyaviy- mafkuraviy asoslariga ega bо‗lib, ular О‗zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‗lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tish vazifasi birdaniga hal bо‗lmaydi. Uning uchun ma‘lum shart-sharoitlar yetilgan bо‗lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat: - jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‗qotish, g‗oyaviy-ma‘naviy boqimandalik hissini bartaraf etish; - kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‗layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish; 19 1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Биз танлаган йўл – демократик тараққиѐт ва маърифий дунѐ билан ҳамкорлик йўли. Т.11. Т.: Ўзбекистон, 2003. –Б.27. - insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‗tarish, jamiyatda sodir bо‗layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish; - odamlarda о‗z-о‗zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‗rsatish kо‗nikmasini paydo qilish; - mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish; - davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‗r-kо‗rona aralashuv mexanizmini yо‗q qilish; - qonunlar ijrosini ta‘minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‗lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‗tishning barcha jihatlarini qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi ijrosisiz ham paydo bо‗lishi mumkin emas. Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‗liqdir. Ta‘kidlash lozimki, О‗zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e‘tirof etgan о‗ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‗lib, unda ijtimoiy hayotning muhim hodisalaridan bо‗lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida e‘tibor qaratilgan. Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari, demokratiyaning о‗ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida amal qilish tamoyillari ham mavjud. Shu о‗rinda Sharqona demokratiya tо‗g‗risida ayrim fikrlarni aytish muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining kо‗p qismi musulmon ma‘naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bо‗lgan demokratik qoidalar majmuining о‗ziga xos shakl va mazmunda namoyon bо‗lishidir. Sharqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‗larga hurmat, о‗zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha G‗arb demokratiyasidan farq qiladi. Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga asoslangan harakatlarni qoralagan holda, о‗z faoliyatini о‗ziga xos madaniyat tamoyillari asosida yо‗lga qо‗yadi. MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR milliy tiklanish, ma‘naviy yuksalish, g‗oyaviy bо‗shliq, kommunizm g‗oyasi, milliy istiqlol g‗oyasini shakllantirish, g‗oyaviy-mafkuraviy masala, mafkuraviy siyosat, kommunistik mafkurani bartaraf etish, milliy tiklanishning g‗oyaviy asoslari. NAZORAT SAVOLLARI 1. О‗zbekistondagi ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarning mohiyati nimadan iborat? 2. Milliy tiklanishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarini nima tashkil qiladi? 3. О‗zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari qanday shakllandi? 4. Milliy tiklanishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslarida tarixiy meros qanday о‗rin tutadi? 5. Milliy tiklanishning tarixiy-mantiqiylik tamoyilini tavsiflang. 6. Hozirgi davrda milliy tiklanishga turli g‗oya va mafkuralar ta‘sirini tushuntiring. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T. : 2008. 2. Karimov I.A. О‗zbekiston XX1 asr bо‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T. : О‗zbekiston, 1997. 3. Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan quramiz. T.7. T.: О‗zbekiston, 1999. 89, 135, 137, 143 betlar. 4. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8 . T. : О‗zbekiston 2000. 489 bet. 5. Biz tanlagan yо‗l – demokratik taraqqiyot va ma‘rifiy dunyo bilan hamkorlik yо‗li. T.11. T.: О‗zbekiston, 2003. 21, 27 betlar. 6.Karimov I. О‗zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yо‗li. – T.:―О‗zbekiston‖, 2007. 7.Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.:Ma‘naviyat, 2008. 8. Tulenov J. G‗afurov Z. Mustaqillik va milliy tiklanish. -T. : «О‗zbekiston», 1996. 9.Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T., 2001. О„zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g„oya konsepsiyasi bilan bog„liqligi Reja: 1. Mustaqillik, mustaqil demokratik taraqqiyot, va milliy g‗oya tushunchalarining о‗zaro munosabati, mazmun mohiyati. 2. Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta‘minlashning milliy-ma‘naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillari. 3. Mustaqil demokratik taraqqiyotning milliy g‗oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi. Taraqqiyotning о‗zbek modeli, uning asosiy prinsiplari. 1-masalaning bayoni: Jamiyatni demokratlashtirishda har bir davlat va millatning о‗ziga xos xususiyatlari e‘tiborga olingandagina uni amalga oshirish darajasi reallashadi. Shuningdek, u yoki bu davlatdagi demokratiyaning yashovchanligi uning qanday g‗oyaviy-mafkuraviy zaminlarga suyanishiga ham bog‗liqdir. О‗zbekiston jamiyatini demokratlashtirishda aholining ma‘naviy- ma‘rifiy darajasi, uning siyosiy ongi va madaniyati, milliy mentaliteti, о‗ziga xos tafakkur tarzi bunday g‗oyaviy-mafkuraviy zaminni tashkil etadi. О‗zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog‗liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‗g‗risida fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо‗l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi. Shaxs erkinligi tо‗g‗risida gapirganda uning dunyoqarashi, siyosiy bilimlar darajasi, jamiyatda о‗zini tutish madaniyati, turli ekstremal vaziyatlarda tо‗g‗ri xulosa chiqarish imkoniyati, о‗zining ozod shaxs ekanligini qay darajada anglashi, о‗zining va jamiyat manfaatlarining mutanosiblik holatini aniqlashi sifatlariga kо‗proq e‘tibor berish lozim. U insonlar о‗rtasidagi о‗zaro ijtimoiy munosabatlarda rо‗yobga chiqadi. Shuning uchun jamiyatdan tashqarida erkinlik bо‗lmaydi. Jamiyatda erkinlikni tushunish va amalga oshirish mamlakatda ustuvor bо‗lgan milliy madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartibotlar, qonun-qoidalar hamda qadriyatlarga, ularning xarakteri, mazmuniga bog‗liq bо‗ladi. Erkinlikni anglash va uni ifoda etishda G‗arb va Sharqning о‗ziga xos jihatlari bor. G‗arbda erkinlik tо‗g‗risida fikr yuritilganda, asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi, erkinlikka shu mezondan kelib chiqib baho beriladi. Sharqda ham shaxs erkinligi va huquqlari hisobga olinadi. Lekin shaxs hatti– harakati, xulq-atvori, jamiyatdagi о‗rni, ma‘suliyatini idrok etish holatlariga baho berilganda, muayyan guruh, etnos, xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyatlar, an‘analaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi. Shaxsning xohish–irodasi, istagi, maqsad va manfaatlari uning faoliyatida namoyon bо‗ladi. Erkinlik va jamiyat hayotini erkinlashtirish muammosi muayyan g‗oyalar tizimi bilan ham bog‗liq. G‗oya erkinlik, jamiyat hayotini erkinlashtirishga xizmat qilishi yoki, aksincha, erkinlikni, erkinlashtirish jarayonlarini bо‗g‗ishi, ya‘ni unga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Chunki, jamiyat hayoti siyosiy tizim sifatida,muayyan g‗oyalar orqali muayyan tartibotlar, urf–odat, an‘analar, qadriyatlar bilan shakllanadi. Ular esa jamiyatning turli sohalarida faoliyat kо‗rsatadigan insonlar dunyoqarashi, ongi va tafakkuri orqali о‗z ifodasini topadi. G‗oyaga mos ravishda erkinlik va erkinlashtirish jarayonlari sodir bо‗ladi. Mamlakatda yagona g‗oya tan olinib, faqat unga amal qilinsa, shunga mos faoliyat qaror topadi. Masalan, kommunizm g‗oyasi yakka hukmronlikka asoslangan bо‗lib, natijada inson erkinligi, umuman, jamiyatni erkinlashtirishga salbiy ta‘sir kо‗rsatdi. Inson fikri, uning jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotidagi о‗rni ham sinfiylashgan mafkuraga yoki proletar manfaatlariga bо‗ysundirildi. Inson ongi va dunyoqarashida uning dunyoni idrok etishi bilan bog‗liq qarashlari, tasavvurlari emas, aksincha, dunyoqarashni «sinfiy»lik tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan holda fikrni ifodalash, munosabat bildirish hodisasi rо‗y berdi. Bu dunyoqarash majburiy tarzda shakllantirildi. 2-masalaning bayoni: Milliy g‗oyaning amal qilish tamoyillari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan faol mehnat bilan mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgandir. Hozirgi davrda xilma–xil mulkchilik shakllari va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va tichliksevar aloqalarining о‗sib borishi, osoyishtalik, milliy totuvlik, hamjihatlikka xizmat qiluvchi g‗oyalar ham ana shu tamoyillarning tо‗la namoyon qilishga xizmat qiladi. Ularning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‗ulari, orzu – intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. Shuningdek, barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘rifiy yо‗l–yо‗riqlari milliy g‗oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bо‗ladi. Milliy g‗oyaning amaliyoti jamiyat va Vatan manfaatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi tamoyillaridan ajralgan holda zohir bо‗lmaydi. Bu jarayon mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuzining о‗sib borishi, ma‘naviy–ma‘rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy hayotidagi ijobiy о‗zgarishlar tо‗g‗risida halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini kо‗rsatadi. Fuqarolarni milliy g‗oya tamoyillari asosida yashash va faoliyat yuritishga о‗rgatishda turli jamoat, ijodiy, ilmiy, tashkilotlar, institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg‗armalarning о‗rni va ahamiyati katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir. Bunda ushbu tamoyillarning xalqimiz xohish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatanga sodiqlik va milliy g‗urur tuyg‗usini о‗stirishga yо‗naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar yaratish bilan birga О‗zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo etish bilan bog‗liq maqsad va g‗oyalarini amalga oshirish yо‗lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‗oyalar butun xalqimizning umumiy manfaatlarini aks ettiradi. Ayni paytda, milliy g‗oyaning amal qilish tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga ma‘naviy yо‗nalish beradi. Shu tarzda milliy g‗oya jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi, ularni amalga oshirish imkonini yaratadi. Milliy g‗oyaning amal qilish tamoyillari shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qо‗llab-quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi, umuminsoniy meyorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror topishi uchun kurash olib borishini ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad demokratik о‗zgarishlar hayotimizning muhim yо‗nalishiga aylangan hozirgi davrda erkin fikrlovchi, о‗z faoliyatida bunga amal qiluvchi komil insonlarni voyaga yetkazishdan iborat. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, istiqlol ma‘naviyati sog‗lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqidagi orzular rо‗yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratdi. Zero, haqiqiy farovon jamiyatning a‘zolari ham yetuk ma‘naviyat sohibi bо‗lishi shart. Chunki о‗zligini anglagan inson, о‗zgalar hamda millat, jamiyat, Vatan oldidagi burch va ma‘suliyatini ham anglaydi. Uning qalbi, tafakkuri va ruhiyatida bunday ulug‗vor fazilatlar oson va samarali kamol topadi. Ma‘naviy yetuk, ruhi sog‗lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yо‗nalgan bо‗ladi. Mustaqillik yillarida odamlarni g‗oyaviy tarbiyalash va jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarimizning о‗zligini anglash, qadr-qimmat, iymon e‘tiqod, ona- Vatanga muhabbat, istiqlol g‗oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat e‘tibor tuyg‗ularni о‗stirib borish yо‗lidagi harakatlar о‗zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, dunyoqarashi ijtimoiy hayotga munosabati, amaliy faoliyatida tub о‗zgarishlar yuz bermoqda, ularning tafakkuri uyg‗onmoqda. Bugungi kunda milliy g‗oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hayot taqazosiga aylandi. Shu bilan birga, mafkura sohasida yanada samarali va izchil ish olib borish, mafkuraviy targ‗ibotni takomillashtirish, ushbu soha xodimlari malakasini oshirish, mavjud muammolarini hal qilish uchun amaliy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Bu о‗rinda qabul qilinayotgan Farmonlar, qonunlar va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g‗oyalarni keng xalq ommasi ongiga yetkazishning benihoya dolzarbligini ta‘kidlash lozim. Chunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma‘rifatli, ezgu g‗oyali inson tushunchalari biri–biridan ajralmasdir. Madaniy bozorni ham, ma‘naviy sog‗lom jamiyatni ham ana shunday kishilargina yarata oladilar. Ularni voyaga yetkazmay turib milliy g‗oya tamoyillarining amalga oshganligi tо‗g‗risida fikr yuritish qiyin. Milliy g‗oyaning amal qilish tamoyillari mamlakatimizda yashaydigan kishilarning tinch–totuvligi, ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy baraqarorlikning qadriga yetishi, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bо‗lgan tahdidlarga qarshi siyosiy, huquqiy hushyorligi bilan uzviy bog‗liq. Chunki, hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas‘ul bо‗lgan kishilar ana shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yо‗q. I.Karimovning milliy g‗oya konsepsiyasida, bir tomondan milliy, boshqa tomondan umuminsoniy manfaatlarni himoya qilishga e‘tiborning kо‗pligi О‗zbekistonning buyuk kelajagiga ishoradir. Umuman, mazkur konsepsiya iqtisodiyotda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, siyosiy sohada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy sohada inson omilini kuchaytirish, pirovard maqsadda mustaqillikni avaylab-asrashning yо‗l-yо‗riqlarini ilmiy jihatdan asoslab berganligi uchun ham qadrlidir. О‗zbekiston Respublikasi kо‗p millatli davlat bо‗lib, aholining tо‗rtdan uch qismi о‗zbeklar va qolgan qismi turli millat va elatlarga mansub fuqarolar hisoblanadi. Mamlakatga о‗z nomini bergan millatning boshqa etnik birliklarga bо‗lgan munosabatlariga qarab milliy munosabatlar shakllanadi. О‗zbeklar qadim- qadimdan boshqa xalqlarga nisbatan bag‗rikenglik kо‗rsatib dunyoga tanilgan xalqdir. Chunki Buyuk ipak yо‗lida joylashgan Vatanimiz hududida azal-azaldan kо‗plab etnik guruhlar yonma-yon yoki aralash yashab kelganlar. Shuning uchun ham diniy va milliy bag‗rikenglik (tolerantlik) hech mubolag‗asiz millatimizning muhim belgilaridan bо‗lib qolgan. Prezidentimiz I.Karimov kо‗pgina asarlarida milliy totuvlik muhiti ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlab beruvchi eng asosiy kafolat ekanligini ta‘kidlab keldi. U о‗z asarlarida kо‗p millatlilik har bir millatning milliy ehtiyojlarini inobatga olib siyosat olib borilgan taqdirda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, demokratik jarayonlar jadallashishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur‘atining о‗sishi yuz berishiga asos bо‗lishi mumkinligi tarixda isbot qilingan haqiqat ekanligi tо‗g‗risida gapirib о‗tadi. Har qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy rivojlanish darajasini belgilashda mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv omillarini, chuqur о‗rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab chiqish g‗oyat dolzarb ilmiy muammodir. 3-masalaning bayoni: Yurtimizda shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‗oya barcha millatlarning manfaatlariga mos. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‗rikenglik О‗zbekistondagi barcha millat va elat vakillarining g‗oyasi bо‗lib qolmoqda. Umuman insoniyat tarixiy taraqqiyoti tajribasi, xususan mustaqil О‗zbekiston rivojlanishining «о‗zbek modeli» teran ilmiy-falsafiy tafakkur natijasidir. Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy fikrlar tarixida qiyosi bо‗lmagan «besh tamoyil»ning ishlab chiqilishi va izchil amalga oshirilishi umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini muhim nazariy xulosalar va amaliy tajribalar bilan boyitishga olib keldi. Biz bu tamoyillarning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasi bilan bog‗liqlik jihatlarini kо‗rib chiqadigan bо‗lsak, ularning mavjudligi va rivojlanishidagi obyektiv-subyektiv omillar hamda shart-sharoitlari birligi yaqqol namoyon bо‗ladi. Birinchidan, iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi tamoyili, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligini ta‘minlaydigan ijtimoiy-siyosiy omillar tarkibidagi iqtisodiy determinizm g‗oyalaridan tubdan farq qiladi. Zero, mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat oldida turgan vazifalar tizimi va ularni hal qilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan iqtisodiyotni rivojlantirish, birinchi navbatda kun tartibiga qо‗yildi. Chunki, iqtisodiyotni mustabid tuzumdan meros qolgan totalitarizm, volyuntarizm, subyektivizmga asoslangan hukmron kommunistik g‗oya va mafkuraning, siyosiy tizimning iskanjasidan xalos qilmasdan, Vatan ravnaqini, yurt tinchligini, xalq farovonligini ta‘minlaydigan demokratik islohotlarni amalga oshirish mumkin emas edi. Islohotlarning birinchi bosqichida О‗zbekistonning milliy tarixiy taraqqiyot xususiyatlarini, demografik-etnografik, madaniy sturukturasini, ishlab chiqarishning mustabid tuzum sharoitida shakllangan tarkibiy tuzilishini hap tomonlama e‘tiborga olib, iqtisodiyotni erkinlashtirishdan iborat islohotlar — ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni jamiyatning obyektiv qonuniyatlari asosida tashkil qilishi, unda inson omilining rolini oshirish - barqaror rivojlanishning zaruriy sharti edi. Bunda «eng muhim ustuvor masala - bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qо‗llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan ibortdir». 20 Bu sohada qо‗lga kiritilgan muvaffaqiyatlar keyingi yillarning rejalarini tuzish, ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini qidirib topishni taqozo qilmoqda. 2008 yilda «kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushini 48 foizga, 2010 yilga borib esa, 50-52 foizga, xizmat kо‗rsatish sohasining salmog‗ini tegishli ravishda 45 va 49 foizga yetkazish uchun bugun bizda barcha asoslarimiz bor. 2010 yilda yangi tashkil etilayotgan ish о‗rinlarini kasanachilik asosida 250 mingtaga yetkazish» 21 kо‗zda tutilmoqda. Iqtisodiy islohotlarning jamiyat siyosiy tizimini о‗zgartirishga nisbatan ustuvorligini ta‘minlash, mafkura yakka hokimligidan holi qilish natijasida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasini amalga oshirishning quyidagi imkoniyatlari vujudga keldi. YA‘ni: 1) jamiyatni boshqarayotgan mavjud siyosiy tizimning parokanda bо‗lishi natijasida, muqarrar tarzda, kelib chiqishi mumkin bо‗lgan hokimiyat talashish, siyosiy boshboshdoqlik, anarxiya hodisasining oldi olindi, jamiyat ijtimoiy-siyosiy «iqlimining» mо‗tadilligi, mamlakatda tinchlik va 20 Каримов И. А. Демократик ҳуқуқий давлат, эркин иқтисодиѐт талабларини тўлиқ жорий этиш , фуқаролик жамияти асосларини қуриш-фаровон ҳаѐтимиз гаровидир. Жаиятимизни эркинлаштириш, ислоҳотларни чуқурлаштириш, маънавиятимизни юксалтириш ва халқимизнинг ҳаѐт даражасини ошириш – барча ишларимизнинг мезони ва мақсадидир. Т.15. –Т.: Ўзбекистон, 2007. –Б.199. 21 Каримов И.А. Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузасидан: «Халқ сўзи», 2008 йил 9 феврал. barqarorlik ta‘minlandi; 2) iqtisodiyotni siyosatdan bosqichma-bosqich erkinlashtirish natijasida muqobil mulkchilik shakllarining vujudga kelishi iqtisodiy ishlab chiqarish cohasining tarkibiy о‗zgarishlariga asos bо‗ldi; 3) siyosiy tizimi shaklidan qat‘iy nazar turli mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlar о‗rnatish, «ochiq eshik» siyosati chet el investitsiyasi kirib kelishiga imkoniyat yaratdi; 4) kishilar ongidagi mustabid tuzumdan qolgan boqimandalik kayfiyati barham topib, tashabbuskorlik, tadbirkorlik sifatlari qaror topdi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini ta‘minlash, uni «erkinlashtirishdagi bosh vazifa — eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini — funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xо‗jalik faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat bо‗ldi.. Bular о‗z navbatida, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasini amalga oshirishning, milliy mustaqillikni mustahkamlashning zaruriy iqtisodiy shart-sharoitlarini yaratib berdi. Natijada, «yaqin uch yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bо‗yicha о‗z oldimizga qо‗ygan strategik vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar kо‗paytirildi. 2007 yil dekabrida о‗rtacha oylik ish haqi, xо‗jalik subyektlari va byudjet sohalarini hisobga olgan holda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng bо‗ldi». 22 Ikkinchidan, jamiyatning har qanday tarixiy rivojlanish bosqichlarida, davlat siyosiy ustqurmaning mushtaraklashgan asosiy elementi sifatida, ijtimoiy- siyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda muhim rol о‗ynaydi. ―Ayniqsa, о‗tish davrida lavlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini islohotlarni joriy etishning asosiy shartlaridan biri tariqasida qatiy belgilab olganimiz iqtisodiyotning universal talab va mezonlarini milliy ma‘naviyatimiz xususiyatlari bilan uyg‗unlashtirishda goyat muhim ahamiyat kasb etdi‖. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling