Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168
Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari. 
Axborot-kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri 
bo‘lgan hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan 
resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda 
foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu 
resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi.
Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi 
mumkin: 


228 
• axborotning o‘g‘irlanishi; 
• axborotni o‘zgartirish; 
• axborotning yo‘qotilishi; 
• yolg‘on axborotni kiritish
• axborotni qalbakilashtirish va h.k. 
Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o‘z-o‘zidan 
ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin 
tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va 
dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki buyruqlar ketma-ketligi 
hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa 
ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U 
o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta 
ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun 
nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va 
buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, 
aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Kompyuter tizimlari va 
tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, berilayotgan
saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli 
tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni 
ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. 
Ma’lumotlar xavfsizligi - bu ma’lumotlarni aniqligini, ma’lumotlarni 
va dasturlarni ruxsatsiz ishlatishdan, nusxalashdan va o‘zgartirilishidan 
himoyalangan ekanligini bildiradi.
Axborotni himoya hilish deganda: 
• Axborotning butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot 
elementlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
• Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini 
qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; 
• Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki 
jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
• Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar 
faqat tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga 
ishonish kabilar tushuniladi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarning barchasi asosida kompyuter 
tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi 
va muhimligi kelib chiqadi. 


229 
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining 
axborotlarini himoyalashga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab 
axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega 
tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot 
kommunikatsiya tizim obyektlarining himoyalanganligidir. 
Ma’lumotni qayta ishlashdagi xavfsizlik bevosita kompyuter 
tizimining xavfsizligiga bog‘liq.
Kompyuter tizimi deb texnik va dasturiy vositalar, har xil turdagi 
ma’lumot tashuvchi uskunalar, ma’lumotlar va ushbu vositalar bilan 
ishlaydigan xodimlar majmuyi tushuniladi. Hozirgi kunda kompyuter 
tizimining xavfsizligini baholashda maxsus baholash kriteriyasi 
qo‘llaniladi. Bunda kompyuter tizimiga 4 ta talab qo‘yilgan:
° xavfsizlik siyosatini o‘tqazish talabi - security policy; 
° kompyuter tizimini qo‘llanishini hisobini olib borish - accounts; 
° kompyuter tizimiga ishonchlik; 
° hujjatlashtirishga qo‘yilgan talab. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling