Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


  2-BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168
 


58 
2-BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARINING TUSHUNCHASI VA TASNIFI 
 
2.1. Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari 
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning 
barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. 
Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa 
vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.
Inson turli a’zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan 
idrok etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning 
kundalik hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, 
saqlash va uzatish bilan bog‘liq. Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi 
universal vosita sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Ushbu ishlarni 
kompyuterda amalga oshirish uchun axborot texnologiyalari qo‘llaniladi.
Axborot texnologiyasi (AT) – bu obyekt, jarayon yoki hodisaning 
holati haqida yangi sifat axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta 
ishlash va uzatish vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan 
jarayondir. “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda esa “axborot 
texnologiyasi–axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va 
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar” – deb ta’rif berilgan. Bu ikkala ta’rifning bir-biridan deyarli 
farqi yo‘qdir. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning 
barcha sohalarini qamrab olgan, uning rivojlanish bosqichlari hisoblash 
texnikasi rivojlanish bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, 
turli texnologiyalarni moddiy zaxiralarga qo
‘llay borib, turli 
mahsulotlarni olish mumkin. Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun 
texnologiya komponentlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 
Moddiy 
Axborot 
Xom-ashyo va materiallarni 
tayyorlash 
Ma’lumotlar 
yoki 
boshlang
‘ich 
axborotni yig
‘ish 
Moddiy mahsulotni ishlab 
chiqarish 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va 
sernatija axborot olish 
Ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlarni 
iste’molchilarga sotish 
Sernatija axborotni uning asosida 
qarorlar 
qabul 
qilish 
uchun 
foydalanuvchiga uzatish 
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot zaxiralaridan foydalanishning 
eng muhim jarayonlaridan biridir. 


59 
2.1.1. - rasm. Axborot texnologiyasi moddiy zaxiralarni qayta ishlash 
texnologiyasi analogi sifatida
Hozirgi paytga kelib,
axborot texnologiyalari bir necha 
evolyutsion bosqichlarni bosib o
‘tdi, ulardan har birining almashinuvi 
asosan fan-texnika rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik 
vositalari paydo bo
‘lishi bilan belgilanadi. Hozirgi jamiyatda axborotni 
qayta ishlash texnologiyalarining asosiy texnik vositasi bo
‘lib shaxsiy 
kompyuter xizmat qilyapti, u texnologik jarayonlar konsepsiyasini ko
‘rish 
va undan foydalanishga ham, sernatija axborot tizimiga ham muhim ta’sir 
ko
‘rsatadi. Shaxsiy kompyuterning axborot sohasiga tatbiq etilishi va 
aloqaning 
telekommunikatsiya 
vositalarida 
qo
‘llanilishi axborot 
texnologiyalari rivojlanishida, buning natijasida «yangi», «kompyuterli», 
yoki «zamonaviy» sinonimlaridan birini qo
‘shish hisobiga nomining 
o
‘zgarishida yangi bosqichni belgilab berdi. 
2.1.2. - rasmda ajratib ko
‘rsatilgan sxema ma’lum ma’noda shartlidir, 
chunki zamonaviy axborot texnologiyalarning barchasi axborotning 
boshqa turlarini ham qo
‘llab-quvvatlashga imkon beradi. Jumladan, 
matnli protsessorlarda sodda hisob-kitoblarni bajarish imkoniyati ko
‘zda 
tutilgan, jadvalli prosessorlar nafaqat raqamli, balki matnli axborotni ham 
qayta ishlashi mumkin, shuningdek grafika generasiyasining maxsus 
apparatiga ega. Biroq har bitta bunday texnologiyalar asosan muayyan 
turdagi axborotni qayta ishlashga mo‘ljallangan. 
Zamonaviy sifatida bu texnologiyaning evolyusion xususiyatini 
emas, balki novatorlik jihati ta’kidlanadi. Uni qo
‘llash shu ma’noda 
novatorlik ishidirki, u tashkilotlarda xilma-xil faoliyat turlari, mazmunini 
muhim darajada o
‘zgartiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari 
tushunchasiga, shuningdek, kommuni-katsiyaviy texnologiyalar ham 
kiradi, ular axborotni turli vositalar, aynan telefon, telegraf, 
telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni ta’minlaydi. 
Moddiy ishlab 
chiqarish 
texnologiyasi 
Axborot 
texnologiyasi 
Moddiy
zaxiralar 
Mah-
sulot 
Ma’lu-
motlar 
Axborot 
mahsuloti 


60 
2.1.2 . - rasm. Qayta ishlanadigan axborot tipiga bog‘liq holdagi 
zamonaviy AT tasnifi 
Axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni rivojlantirishda 
davlat siyosatining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
− fuqarolarning axborotga ulanish va uni tarqatishda erkinligini 
ta’minlash; 
− O‘zbekistonda milliy manfaatlarga javob beruvchi, mahalliy 
axborot resurslari va imkon qadar texnologiyalar imkoniyatlaridan 
foydalanuvchi global elektron axborot muhitini shakllantirish va 
rivojlantirish; 
− internet tarmog‘i va undagi mavjud axborot resurslarining keng 
aholi ommasi va xo‘jalik faoliyati sub’ektlari, ilmiy va ta’lim 
muassasalari, davlat, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari 
uchun ochiq bo‘lishiga sharoitlar yaratish
− shaxs, jamiyat va davlatning xalqaro axborot almashinuvida axborot 
xavfsizligini ta’minlash, axborot egalari huquqlarini axborotdan 
noqonuniy foydalanish va uni tarqatishdan himoya qilish, 
shuningdek, sifatsiz axborotlarning tarqalishi ustidan nazorat 
o‘rnatish; 
− yangi mahalliy axborot texnologiyalari, mahsulotlari va 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling