Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168
Aloqa vositasi. Foydalanuvchilar o‘z faoliyatini kengaytirish uchun 
uzoq masofada joylashgan qo‘shimcha ma’lumotlarga , resurslarga 
muhtojlar. Ushbu masalaning eng oddiy yechimlaridan biri bu 
kompyuterlarni bir biriga modem orqali ulashdir.
Modem – telefon tizimi orqali kompyuterlarni bir biriga ulash 
vositasidir. Modem nomi MOdulyator-DEModulyator so‘zlaridan tashkil 
topgan bo‘lib, raqamli signallarni analog shaklga o‘zgartiradi va teskari.


99 
Modemlar imkoniyatlari bilan farqlanadi. Asosiy farqlar 
quyidagilar: ma’lumotlarni uzatish tezligi; xatolarni tuzatish 
imkoniyatlari, ma’lumotlarni kompresslash, boshqarish imkoniyatlari va 
xavfsizlikni ta’minlash. 
Modemlarning asosiy turlari: 
Kommutatsiyalanadigan liniyalarga mo‘ljallangan modem. 
Ushbu modemlar telefon raqamlarini avtomatik ravishda terish
ma’lumotlarni har xil tezlikda jo‘natish va ularni kompresslash imkoniga 
ega. 
Ijaraga olingan liniyalarga mo‘ljallangan modem. Uzoq muddat 
ichida ma’lumotlarga muhtoj tizimlarda telefon liniyasini ijaraga olish 
mablag‘ni tejamlashga imkon beradi. Ushbu liniya ma’lumotlarni 
ishonchligini to‘liq ta’minlaydi va ularni yuqori tezlikda uzatishga va 
qabul qilishga imkon beradi.
Modemni tanlashning asosiy kriteriyasi uning tarmoqni boshqarish 
va xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqadi. Tarmoqni 
boshqarish asosan kompyuter hisoblash tarmog‘ining elementi sifatida 
ishlatilsa va ma’lum bir protokollarni qo‘llab quvvatlashga bog‘liqdir. 
Xavfsizlikni ta’minlash deyilganda tarmoqda modemning “dial-back” , 
ya’ni teskari chaqiruv orqali abonentning vakolatlarini tekshirish 
imkonini berishi yoki ma’lumotlarni kodlash nazarda tutiladi.
Ma’lumotlarni uzatish muhitlari. Ma’lumotlarni uzatish 
muhitlari – kompyuterlar o‘zaro axborot almashuvini ta’minlovchi aloqa 
kanalidir. 
Agar tarmoq to‘liq bog‘lanmagan bo‘lsa, demak unda bir nechta 
tarmoq qurilmalari bitta aloqa kanalidan foydalanishi kerak bo‘ladi.
Masalan: 
Bunday aloqa kanali bo‘lingan deb yuritiladi. Ma’lumotlarni 
uzatish muhiti qo‘llaniladigan aloqa kanali quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
• simli; 
• kabelli; 
• simsiz. 





100 
Simli kanallarida telefon yoki telegraf aloqalarida qo‘llaniladigan 
simlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu aloqa kanalining tezligi past 
bo‘lganligi sababli keng ishlatilmaydi. Bu yo‘nalishda hozirgi kunda 
elektr tarmoqlaridan foydalanish haqida ham so‘z olib borilmoqda.
Kabelli aloqa bevosita maxsus kabellar orqali amalga oshiriladi. 
Kabellar bir necha qavat izolyatsiyadan iborat bo‘ladi. 
Kompyuter tarmoqlarini yaratishda asosan 3 xil kabellar 
qo‘llaniladi: 
• yuqori chastotali misli koaksil kabel
• o‘rama juftlik misli kabel 
optik tolali kabel 
Kabellar uchun quyidagi ko‘rsatkichlar muhim hisoblanadi: 
• o‘tkazish kengligi – o‘tkaziladigan signallarning chastotatisining 
diapazoni; 
• signallarning tarqalishidagi ushlanishlar- to‘xtovlar; 
• kabelning himoyalanligi – ya’ni kabelni tashqi muhitdan keladigan 
to‘lqinlardan va ichki muhitda paydo bo‘ladigan to‘lqinlardan 
himoyalanligini bildiradi; 
• so‘nishlik – aloqa kanalining boshidagi bilan oxiridagi signalning 
quvvatining pasayishi; 
• to‘lqin qarshiligi – bu elektr tarmoqlarga taaluqli bo‘lib, aniq 
chastotali elektmagnit to‘lqinining tarqalishidagi to‘liq qarshilik. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling