Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq kabeli
- Patch cable
- Koaksial kabel
Tarmoq kabeli. Har qanday kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar
uzatish kanallari orqali elektromagnit signallar ko‘rinishida uzatiladi. Uzatish muhitlarining asosiy kamchiligi signalarning pasayishi deb hisoblanadi. Uzatish muhiti ikki xil bo‘ladi: cheklangan va cheklanmagan muhitlar. Muhitning cheklanganligi signal o‘tkazuvchilarning fizik nuqtayi nazardan cheklanganidan kelib chiqadi, aks holda muhit cheklanmagan hisoblanadi. Cheklangan muhitlarga «o‘rama juftylik» , koaksil kabel va optik tolali kabellar kiradi. Cheklanmagan muhit bu ochiq fazo bo‘lib, bu yerda mikro va boshqa to‘lqinlar signallari uzatiladi. Tarmoq kabeli – o’tkazuvchi-sim, qaysikim kompyuterlarni bir- biri bilan tarmoqga ulaydi. Tarmoqda fayllarni chop etish, elektron xatlarni jo‘natish va boshqa ishlarni bajarish kabel yordamida amalga oshiriladi. Ishlab turgan tarmoqdan kabelni uzib qo‘yish bevosita fayllarni yuqotib qo‘yish yoki tarmoqni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin. Qo‘llaniladigan kabellarning turlari quyidagilardir. 101 Patch cable – qisqa kabel , qaysikim kompyuterni tarmoq rozetkasiga ulash uchun ishlatiladi. Twisted Pair (TP)-o‘rama juftlik , qaysikim bir-biriga o‘ralgan izolyatsiyalangan ikki simdan iborat. Simlarni o‘ralashdan maqsad o‘tkazuvchanlikni kuchaytirish va tashqi muhitning elektromagnit to‘lqinlar (ElectroMagnetic Interface - EMI) ta’sirini kamaytirish . Juftlangan simlar o‘z navbatida izolyatsiyalangan qobiqda bo‘ladi. EMI ning ta’sirini kamaytirish maqsadida kabellar o‘z navbatida qo‘shimcha simlar to‘ridan iborat qobiqga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu kabellar ekranlangan (STP - Shield Twisted Pairs), aks holda ekranlanmagan (UTP - UnShield Twisted Pairs) kabel deb aytiladi. IBM Token Ring va local Talk kabellar ekranlangan kabel turiga kirsa, oddiy telefon kabellari ekranlanmagan kabel turiga kiradi. TP kabellarning afzalligi uning arzon narxida va o‘rnatishdagi yengilligi. O‘z navbatida kamchiligi sifatida uning EMI ga va mexanik buzilishlarga ta’sirchanligi hisoblanadi. Koaksial kabel (coax cable ) – televideniyeda ishlatiladigan markaziy o‘tkazuvchan kabeldir. Koaksial kabellar ikkita o‘tkazuvchandan iborat. Umumiy o‘qqa ega bo‘lganliklari sababli u COAX deb atalgan va ekranlashgan to‘r bilan qoplangan, u ikki vazifani bajaradi: 1) axborotlarni uzatish 2) ichki o‘q mis simni tashqi elektromagnit to‘lqinlardan himoyalaydi. Koaksial kabellar ikki xil bo‘ladi: qalin va ingichka. Qalin koaksial kabel ma’lumotlarni uzoq masofaga jo‘natish imkoniga ega bo‘lsada ingichka kabeldan qimmat narxi bilan ajralib turadi. Koaksial kabellar TP kabellarga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatadi va EMI dan ko‘proq himoyalangan deb hisoblanadi, lekinda qimmatbaxo bo‘lib, o‘rnatishda ko‘p xarajatlarni talab qiladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling