Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i; MAN
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i;
MAN- korporativ (regional yoki mintaqaviy) (Metropolitan- regional Area Network) hisoblash tarmog‘i; WAN- (Wide Area Network )jahon hisoblash tarmog‘i. Bundan tashqari ba’zida quyidagi tiplar ham adabiyotlarda uchrab turadi: PAN- (Personal Area Network ) shaxsiy hisoblash tarmog‘i CAN- (Campus Area Network ) kampus hisoblash tarmog‘i Global hisoblash tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, radio-aloqa va yo‘ldosh orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash tarmoqlar barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi. Regional tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MAN abonentlari orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil еtadi. Lokal hisoblash tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmoqlari tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash tarmoqlariga mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni qamrab oladi. LAN uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud 105 еmas. Odatda bunday tarmoq aniq bir obyektga bog’langan bo’ladi. LAN sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling