Shaxsiy hisoblash tarmog‘i bitta shaxsga tegishli bo‘lgan
qurilmalarni birlashtirishdan hosil bo‘lgan tarmoqdir.
Kampus hisoblash tarmog‘i bevosita LAN tarmog‘idan yiriqroq
bo‘ladi va ko‘pincha talabalar shaharchasida joylaygan bo‘ladi.
Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish ko‘p
tarmoqli ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan ma’lumot
to‘plamlarini, iqtisodiy maqsadga muvofiq qayta ishlash vositalarini va
cheksiz ma’lumot resurslariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Lokal
hisoblash tarmoqlari hududiy tarmoqga uning komponentalari sifatida
kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global tarmoqlar tarkibiga birlashadi
va nihoyat, global tarmoqlar ham murakkab tarkibni tashkil еtishi
mumkin. Aynan shunday tarkib hozirda еng mashxur va ommaviy
bo‘lgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmog‘ida
qabul qilingan.
4.4. Kompyuter tarmoqlarini boshqarilishi bo‘yicha tasnifi.
Hisoblash
tarmoqlari
boshqarilishi
bo‘yicha
markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin.
Markazlashtirilgan tarmoqlarda bitta yoki bir necha server
bo‘lib hamma ma’lumotlar va buyruqlar shu kompyuterlar orqali
bajariladi.
Ajratilgan kompyuterlarning diski, qaysikim fayl-server yoki
ma’lumotlar bazasi serveri deb ataladi, hamma kompyuterlar uchun
ochiq deb hisoblanadi. Serverda maxsus dastur, ya’ni tarmoq
operatsion tizimi ishlashi zarur. Ko‘pincha bu ko‘p masalali
operatsion tizimdir. Qolgan kompyuterlar ishchi stansiya deb ataladi.
Fayl-serverlar ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin .
Ajratilgan fayl-serverni ishchi stansiya sifatida ishlatish mumkin
emas.
Ajratilgan serverli tarmoqning afzalligi:
− axborotni himoyalashning ishonchli tizimi;
− tezkor harakat;
− ishchi stansiyalar sonining cheklanmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |