Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
 
Kamchiligi esa – bu server uchun bitta kompyuter ajratilishi 
tufayli tarmoqning narxini qimmatlashtirishi.


106 
Ajratilmagan fayl-server esa tarmoqni boshqarish bilan 
birgalikda foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin. 
Markazlashtirilgan tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion 
tizimlarning quyidagi harakteristikalari amalda e’tiborga olinadi: 
• ishchi stansiyalarni soni bilan ish unumdorligini bog‘liqligi; 
• ishonchligi; 
• administratsiyalash imkoniyatlari
• himoya vositalari; 
• ishchi stansiya operativ xotirasida joylashgan operatsion tizim 
hajmi; 
• bir necha serverlarni joylashtirish imkoni. 
Markazlashtirilmagan tarmoqda ajratilgan server bo‘lmaydi. 
Markazlashtirilmagan tarmoqlarda tarmoq funksiyasini
bajarish ishchi stansiyalarning o‘ziga yuklatilgan bo‘ladi. Ishchi 
stansiyalar bir-birlarining tashqi qurilmalari bilan ishlashlari 
mumkin bo‘ladi. Ammo bu umumiy tezlikni pasaytiradi. 
Markazlashtirilmagan hisoblash tarmoqlarining ishlash tezligi
past bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida server ajratilgan yoki 
ajratilmagan bo‘lishi mumkin .
4.5. Tarmoqlarni qo‘llash jarayonining tasnifi. 
Kompyuter 
tarmoqlarini 
qo‘llash 
quyidagi 
jadvalda 
tasniflangan ko‘rinishda keltirilgan.
Jadval 4.5.1. 
Kompyuter tarmoqlari tarkibi 
 
Tarmoq 
Tasnifi 
LAN 
• Dasturiy va texnikaviy ta’minot va kommunikatsion 
kanallar, bir nechta yaqin bo‘lgan xonalarda joylashgan 
bo‘ladi; 
• Shaxsiy kopmpyuter, Server, Mainframe; 
• Umumiy fayllar; 
• Umumiy dasturiy ta’minot; 
Umumiy printer, skaner va boshqalar; 
• Qog‘ozsiz ishlash texnologiyasi 
MAN 
• Bir nechta yaqin bo‘lgan binolarda joylashgan qurilmalarni 
bog‘lovchi tizim; 
• Kompaniya va uning filiallari; 
WAN 
• Umumjahon kompaniyalari 


107 
Internet 
• Xalqaro kompyuter tarmog‘i; 
• E-mail; 
• Fayl va ma’lumotlarni uzatish; 
• Ma’lumotlar bazasini qidirish; 
Marketing xizmati
• Brauzer. 
Intranet 
• LAN; 
• Internet; 
• Brauzer; 
• FireWall; 
• Umumiy foydalanuvchi interfeysi. 
Tuzilish tarkibi (topologiyasi) bo‘yicha tarmoqlar: 
• bir tugunli va ko‘p tugunli; 
• bir yo‘lli va ko‘p yo‘llilarga bo‘linadi. 
Hisoblash tarmog‘i topologiyasi aloqa tarmog‘ining tuzilishi bilan 
aniqlanadi. ya’ni EHM lar yoki abonentlarning bir-biri bilan ulanishi 
orqali. Shuningdek quyidagi tarmoqlar tuzilishlari ma’lum: 
• yulduzsimon (Star); 
• halqasimon (Ring); 
• shinali (Bus); 
• to‘rli; 
yacheykali
• daraxtsimon. 
Kompyuter tarmoqlarining topologiyasi – kompyuterlar va 
tarmoq qurilmalarining fizikaviy bog‘lanishida yuzaga keladigan 
bog‘lanish turlari.
Topologiyani tanlashda quyidagi omillar e’tiborga olinadi: 
• tarmoqning mustahkamligi; 
• yangi qurilmalarning (abonentlarni ) ulanishining oddiyligi
• iqtisodiy tejamkorligi. 
Umumiy holda tarmoqlar to‘liq bog‘langan yoki bog‘lanmagan 
bo‘lishi mumkin. To‘liq bog‘langan tarmoqda istalgan ikki 
kompyuterda bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Buning asosiy 
kamchiliklari bu kommutatsiya qurilmalarini ko‘pligidir, bu esa ko‘p 
xarajatlarni talab qiladi. To‘liq bog‘lanmagan tarmoq – bu to‘liq 
bog‘langan tarmoqdan biror bog‘lanishni olib tashlashdan paydo 
bo‘ladi. 


108 
Yacheykali topologiya 
Halqasimon topologiya 
Yulduzsimon topologiya 
4 ta elementdan iborat to‘liq 
bog‘langan to’rli tarmoq 
Yacheykali topologiya - to‘liq bog‘langan tarmoqdan ba’zi-bir 
bog‘lanishlarni uzish orqali paydo bo‘ladi, masalan: 
 
Halqasimon topologiya – bu kompyuterlarni aylana bo‘yicha 
ulanishdan paydo bo‘ladi, masalan: 
 
Yulduzsimon topologiya – bu tarmoqdagi kompyuterlarni bitta 
uskunaga yoki kompyuterga ulashda paydo bo‘ladi, masalan: 
Daraxtsimon topologiya – bu yulduzsimon topologiyali bir 
nechta tarmoqni birlashtirishdan paydo bo‘ladi, masalan 


109 
Daraxtsimon topologiya 
 
Umumiy shinali topologiya tarmoqda barcha kompyuterlar bitta 
aloqa kanali orqali birlashtiriladi, masalan: 
Bu yerda tarmoq bo‘yicha jo‘natilgan ma’lumotlar tarmoqdagi 
barcha kompyuterlar uchun taaluqli bo‘ladi.
Aralash topologiya har xil tipdagi topologiyalar birlashmasidan 
paydo bo‘ladigan tarmoq. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling