Milliy istiqlol


«Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-mud-


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-mud-
daolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari
asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga
intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli
ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha
muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch
va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan
taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi»
1
.
Ayni tamoyil asosida O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining
1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan, yurtimizda 9-may
Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Shu
munosabat bilan O‘zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkama-
sining «Vatan va xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyilar
xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.
Endilikda o‘tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo‘tabar zamon-
doshlarimiz hurmatini joyiga qo‘yishda Xotira va qadrlash
kunining nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.
Xotira va qadrlash kuni o‘z mohiyati bilan boshqa bayram
va an’analarimizdan farq qiladi. U olamdan o‘tgan ajdodlarni
eslashgina emas, Vatan uchun kurashda halok bo‘lgan, sobiq
mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan, xalq farovonligi va
mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan kishilarning xoti-
rasini hurmatlash hamdir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling