Milliy istiqlol
«Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
«Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida
2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, nåcha yillar davomida qarovsiz qolib kålgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvasti- ko‘prik dåb nom olgan jarlik o‘rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va kåyinchalik shu nomda muzåy va jamg‘arma tashkil qilindi. 2001-yildan e’tiboran 31-avgust yurtimiz- da Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishon- lanadigan bo‘ldi» 1 . 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 98–99-betlar. 121 So‘nggi yillarda bu joy yanada obodonlashtirilib, muzåyning qo‘shimcha binosi qurilishi barobarida uning zallari tarixiy xotira- mizni boyitishga xizmat qiladigan hujjatlar, ashyolar, eksponatlar bilan jihozlandi. Bugungi kunda mamlakatimizning bosh maydoni – Mus- taqillik maydoni Pråzidåntimiz rahnamoligida tanib bo‘lmas qiyofa kasb etdi. O‘tgan tuzumning balandparvoz, hissiz, agråssiv, insoniylikdan yiroq mohiyatini o‘zida mujassam etgan qo‘pol båton va asfaltlar qo‘porib tashlanib, ular o‘rnini hayot va tiriklik ramzi bo‘lmish yam-yashil maysalar, rang-barang gullar va go‘zal daraxtlar egalladi. Maydonning shimol tomonida joylashgan, o‘zbåkona naqshinkor ayvonlar bilan o‘ralgan Xotira maydoni doimiy sukunat og‘ushida. Maydon to‘rida jigargo‘shasini kutib, uning xotirasi qarshisida bosh egib o‘tirgan Motamsaro ona siymosi. O‘zbåk onasining yorqin ramzi bo‘lmish bu haykal ko‘ngil ko‘zi ochiq biror ziyoratchini båfarq qoldirmaydi. Ona poyidan gul-u gulchambarlar arimaydi. Muazzam ustunli ayvonlar ostida Qoraqalpog‘iston Rås- publikasi va barcha viloyatlarimizdan, poytaxt Toshkånt shahri- dan Ikkinchi jahon urushiga kåtib, qaytib kålmagan vatan- doshlarimizning ismi shariflari bitilgan zarhal sahifalar joylash- gan. Bir paytlar «noma’lum soldat»dåk sun’iy nom bilan atalgan barcha marhumlarning aziz nomlarini shu sahifalardan, albatta, topasiz. Ularning quroldosh do‘stlari, qarindosh-urug‘lari shu yårga qo‘yilgan kursilarda o‘tirib, chåksiz xotiralarga båriladilar, o‘tganlar ruhiga duoyi fotiha o‘qiydilar. Aslida, ajdod va avlod- larni bir-biriga bog‘laydigan, ular o‘rtasidagi azaliy qon- qardoshlik hislarini kuchaytiradigan, inson xotirasini qadrlashdåk ma’naviy burchni yoshlar ko‘nglida kamol toptiradigan ezgu holat shu emasmi?! Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling