Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi.
MA’RUZALAR KURSI
1-MA’RUZA. Mavzu: KIRISH. TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH STRUKTURASI. (2-soat) Reja: Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari va ularning vazifalari. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish strukturasi. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish bir nechta bosqichlardan iborat bo’lib tikuv korxonalarida amalga oshiriladi. Korxona - bu o’ziga qarashli ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini bajaruvchi jamoadir. Bir necha korxonalar birlashmani tashkil etadi. Birlashmani tashkil etishdan maqsad, ishlab chiqarishni bir yerga to’plash, ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish. Keyingi paytlarda tikuv korxonalarini «firma» terminida qo’llash ham uchrab turadi. Firma tushunchasi, bunda mahsulot iste’molchisi oldiga aniq bir qo’shimcha majburiyatni qo’yishni bildiradi. Umuman olganda korxona va firma bir xil vazifani bajaradi. Korxona mahsulotni ishlab chiqarishda xuquqiy, texnikaviy, iqtisodiy hamda tashkiliy ishlarni bajaradi. Har qanday korxona faoliyatining asosini ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida, o’zaro bog’lanib umumlashgan mexnat jarayonlaridan iborat. Tikuv sanoati korxonalaridagi ishlab chiqarish asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo’linadi Asosiy ishlab chiqarish sexlariga: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash sexlari kiradi. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlariga bug’, issiq suv, elektr energiya, extiyot qism, asbob-uskuna va moslamalar bilan ta’minlashni, mashinalarni uzluksiz ishlash uchun ta’mirlash ishlarini yordamchi ishlab chiqarish sexlari amalga oshiradi. Asosiy ishlab chiqarish sexlari chiqindilaridan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi sexlar ikkinchi darajali ishlab chiqarish sexlari deb ataladi. Unga keng iste’mol sexlari misol bo’ladi. Korxonaning asosiy ishlab chiqarish sexlarini furnituralar, tayyor mahsulotlarni o’rab-joylash materiallari va boshqalar bilan ta’minlash vazifasini amalga oshiradigan qismi yordamchi xo’jalik sexlari deb yuritiladi. Korxonada xomashyo, asosiy va yordamchi, hamda boshqa shunga o’xshash materiallarni tashish va saqlash vazifalarini bajaradigan transport va ombor xo’jaliklari xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik deb yuritiladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling