Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Ularning afzalligi va kamchiligi


Download 1.83 Mb.
bet7/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Ularning afzalligi va kamchiligi.

Ommaviy ishlab chiqarish turida doimiy ravishda ko’p miqdorda bir xil turdagi buyumlar ishlab chiqariladi. Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayoni ixtisoslashtiriladi. Bunda ishlab chiqarishni har bir bosqichi aloxida sexlarda bajariladi: tajriba, tayyorlov, bichish, tikish va pardozlash sexlari. Bu esa barcha texnologik jarayonlarida yuqori unumli texnika va texnologiyadan keng foydalanish, avtomat va yarim avtomatlarni qo’llash, ishchilar orasida mexnatni ratsional taqsimlash, qo’l mexnatini qisqartirish, og’ir jismoniy mexnatni yengillashtirish, ishlab chiqarishni barcha bosqichlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish imkonini yaratadi. Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar yuqori darajada bo’ladi.
Ammo ommaviy ishlab chiqarishda mahsulotlar savdo tashkilotlarining buyurtmasi asosida rejalashtirib ishlab chiqariladi. Natijada aholining bir qismi o’ziga mos kiyimlarni tanlab olishga qiynaladi. Shuning uchush ommaviy ishlab chiqaradigan korxonalarda shaxsiy buyurtma asosida buyumlarni ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bunday korxonalarda shaxsiy buyurtma bo’yicha tayyorlangan buyumlarning narxi yakka ishlab chiqarish turida tayyorlanadigan buyumlarga nisbatan arzon va 2 baravar qisqa muddatda tayyorlanishi ta’minlanadi.
Texnologik jarayon tushunchasi. Tikish jarayoni bitta ishchi yoki bir-nechta ishchilar tomonidan bajariladi. Avval buyum birinchi o’lchab ko’rishga tayyorlanadi. Tikish jarayonida yuqori unumli mashinalar, avtomat va yarimavtomatlarni qo’llash chegaralanadi, chunki ularning quvvatlaridan ratsional foydalanish imkoniyati bo’lmaydi, qo’l mexnati ko’p ishlatiladi. Mexnatni mexanizatsiyalashtirish darajasi past bo’ladi. Natijada buyumni yakka tartibda tikish vaqti ommaviy tikish vaqtiga qaraganda 3-5 marta ko’p bo’ladi. Yakka tartibda ishlab chiqaradigan jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari past bo’ladi.
Yakka tartibda ishlab chiqarishda ishchilarning malakasi va ish tezligi muhim koʼrsatkich hisoblanadi. Bunda ishchilar xilma-xil uskunalarda koʼp operatsiyalar bajaradilar. Ishchilarda tez va sifatli ishlash koʼnikmasi hosil boʼlishi zarur. Ishchining ixtisoslik darajasi qanchalik yuqori boʼlsa, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishga imkon tugʼiladi. Bunda asosan maxsus mashinalar, avtomat va yarim avtomatlar, kompyuterlashgan mashinalardan foydalanish imkoni oshadi.
Buyurtma asosida tikish jarayonida quyidagi maxsus mashinalar ishlatiladi: 222-PMZ, 622-PMZ, 63-PMZ, 627-61-sinf, CS-761, 208-G, 331-2-sinf, 220-1-sinf, 295-sinf maxsus mashinalari keng qoʼllaniladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling