Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va ormon ovchi qabUa-lari


Download 1.14 Mb.
bet27/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

Sharqiy va janubi-sharqiy dehqonchilik va ormon ovchi qabUa-lari. Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida, buyuk kollar atrofidagi AQSHning Guron, Eri, Ontario, qisman Nyu-York va Pensilvaniya shtatlarida irokez va algonkin qabilalari yashaydi. Ular ozlarining xojalik, madaniy va ijtimoiy turmushi xususiyatlari jihatidan yaxlit guruhni tashkil qiladi. Turli tilda gapiradigan mazkur qabilalar etnik tarixi bir necha davrlarga bolib, turli afsona va rivoyatlar bilan toldirilgan. Tarixiy va etnografik jihatdan irokezlar ancha batafsil organilgan. Mashhur Amerika tadqiqotchisi L. Morganning ajoyib asarlari tufayli irokezlarning turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi matriarxat urug’ining klassik namunasi, deb tanilgan.
Irokezlar Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida keyin paydo bolsa-da, arxeologlarning aytishicha, bu yerda madaniyat besh ming yillar muqaddam tashkil topgan. Irokezlarning etnogenezi eramizdan awalgi 1 ming yillikda shakllana boshlagan vudlend madaniyati bilan bog’liq ekanligi aniqlangan.
Mahalliy hindilar qadimdan mayda daraxtli ormon va toqayzorlarni kuydirib, dehqonchilik qilib kelganlar. Ular qirqilgan daraxtlarni quritib yoqqanlar, chopqida, yog’och bel yoki yonilgan uchli yog’och bilan yerni kavlab, ishlov berib kul aralash tuproqqa urug’ sepganlar. Irokezlarning asosiy ekinlari — mais (makkajoxori), lobiyo va qovoq. Bu ekinlar («Uch opa-singil») bilan ularning diniy tasavvurlari ham bog’liq.Uy oldi tomorqada tamaki, tarvuz, noxot, kungaboqar, yer noki va boshqa ekinlar ham ekilgan. Ammo makkajoxorining har xil turlari irokezlarni zarur oziq-ovqat bilan ta'min qilib, hatto qoshimcha mahsulot yetkazib bergan. Makkaga gosht qoshib, sopol idishlarda turli taomlar tayyorlaganlar. Zarang daraxti sharbatidan bahor faslida qand pishirganlar. Hindilar yovvoyi meva, urug’ va yemishli ildizlarni terishga juda mohir bolgan-lar. Kol boyida yashovchi ayrim algonlik qabilalari yovvoyi sholini kemada yig’ib, boshog’ini yanchib, yog’och bilan tuyib guruch olganlar.
Dehqonchilikda yerni chopib, ishlov berish erkaklar zimmasiga, boshqa barcha xojalik ishlari ayollarga yuklangan. Ovchilik ham erkaklar kasbi bolib, ularga gosht, charm va teri yetkazib bergan. Bir guruh erkaklar kuz va qish oylarida ormonlarga ketib ov qilib bahorda qaytib kelganlar. Ular bug’ular, qunduz, suvsar va savsar kabi ormon hayvonlarini va qushlarni ovlaganlar, kuz paytlarida asal yig’ganlar. Baliqchilik bilan ham shug’ullanganlar. Hunarmandchilik ancha rivojlangan, kulolchilikni bilganlar. Natijada savdo-sotiq rivojlangan.
Ishlab chiqarish qurollaridan dehqonchilikda, asosan, chopqi, toshbolta, mis tig’li pichoq, nayza va oq-yoy, choqmor tayoq (tosh ornatilgan maxsus qurol tomagavk) va palaxmon, daraxt qobig’i-dan yasalgan kema, sanchqi, tor va savatlardan foydalanishgan. Turli naqsh berilgan sopol chilimlar irokezlarga xos.
Teriga ishlov berish, ayniqsa, bug’u terisidan baxmal charm (zamsha) ishlab chiqarish juda rivojlangan. Kiyimlari zamshadan, qunduz va suvsar terisidan tikilgan. Erkaklarning kiyimi zamsh plashi va yubkadan iborat, oyog’iga mokassin (maxsi), topig’i va beliga getra, uzun yubka va koylak kiyganlar, plash yopinganlar va turli bezaklar taqqanlar.
Irokez qabilalarining jamoa uylari bir necha oilaga moljallan-gan tog’ri burchakli yog’ochdan tiklanib daraxt qobig’i bilan yopilgan. L.Morgan ta'rificha, bu «uzun uylar» 6-8 metr kenglikda, ichki tomoni dahliz bilan ikkiga bolingan, devor boylab uzunasiga yarim metr kotarilgan yog’och supalarda eni 4 metr keladigan «xonalar» har bir oilaga ajratib qurilgan. Ba'zan bunday uylarda butun bir urug’ yashagan. Uylangan yangi kelin-kuyovlarga shu uy yoniga chozib yangi xona qoshib qurilgan. Dahliz ortasida tort oilaga moljallangan bir necha ochoq ornatilgan. Qozon mehmondorchilik belgisi hisoblangan. Har qishloqda mazkur «uzun uylar» soni 10-30 tagacha yetgan. Ayrim algonkin qabilalarining uylari egilgan maxsus daraxt shoxlaridan gumbaz yoki tortburchak shaklida tiklanib yog’och qobig’i yoki chipta bilan yopilgan. Qishloqlar 500 dan to 1000 kishigacha yetadigan aholiga ega bolgan.
Irokezlarning ijtimoiy tuzumi urug’chilikdan iborat bolib, bir necha qonu qarindosh oilalar bir ayol boshchiligidagi jamoa (ovachir) ni tashkil qilgan. Ovachir dastlab umumiy xojalikka ega bolgan matriarxat urug’i hisoblangan. Nikoh ekzogam tartibda

bolganligi tufayli kuyov xotini bola tuqquncha ayricha oz urug’i bilan yashagan, xotini oldiga faqat qorong’i kechasi borgan. Meros ham ayol urug’iga otgan. Qabilalar urug’larga bolinib, fratrial tartib ornatilgan. Urug’ va qabilalarning katta-kichikligi qifaning shimoli-sharqiy qismidagi ormonlarning sharoitiga moslashgan xojalikka bog’liq bolgan. Asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer butun qabila yoki urug’ga tegishli, ammo har bir ovachirga taqsim qilingan. Muhim masalalarni hal qilishga keksa urug’ a'zolari maslahatga toplanishgan. Urug’ oqsoqollaridan fratriy boshliqlari tayinlangan, ular qabila kengashiga toplanib, ochiq majlislar otkazganlar.


Hindi qabilalarining jipsligi irokezlarning 1570-yilda paydo bolgan mashhur «Beshta qabila ittifoqi» yoki «Irokezlar ligasi»da oz ifodasini topgan edi. Bunga eng kuchli qabilalardan beshtasi — Mogauk (Chaqmoqtosh), Oneyda (Granit yoki Xarsangtosh), Onondaga (Tog’liklar), Kayyuga (Trubka yoki sohilliklar) va Seneka (Buyuk tepaliklar elati) birikkan. Ittifoq 50 urug’ oqsoqol (saxem)laridan iborat maxsus umumiy kengashga ega bolib, unda urush va tinchlik, qabilalararo munosabatlar kabi muhim masalalar hal qilingan. Harbiy ishlarni boshqarish uchun Kengash 2 ta lashkarboshi saylagan. Irokezlar ligasi juda zor kuchga ega bolgan. XVIII asrga kelib unga Buyuk kollar atrofidagi boshqa qabilalar ham boysungan. Mustamlakachilar ham Ittifoqning fikri bilan hisoblashganlar va hatto diplomatik munosabatlar ham ornatilgan (Angliya va Fransiya qirollari bilan bolgan munosabatlar).
AQSHning mustaqillik uchun olib borgan urushidan keyin irokezlar qattiq mag’lubiyatga uchrab oz ona yerlarini tashlab ketishga va asta-sekin mol qorasidek oralgan maxsus rezervatsiya-larga kochishga majbur boladilar. Ammo ayrim qabilalar parti-zanlik urushini davom ettirganlar. Urug’-qabila munosabatlari yemirilib, monogam oila paydo boladi, bir vaqtlar dahshatli kuchga ega bolgan irokezlar grajdanlik huquqlaridan mahrum holda kambag’al fermer va ishchilarga aylanadilar. Shimoliy Amerikaning algonkin va musgok tillar oilasiga mansub qabilalarning ham taqdiri fqjiali tugagan. Mazkur qabilalardan tashkil topgan ittifoqlar (ayniqsa, kuchli Krik Konfederatsiyasi) ham yemirilib, 1820-yillarda AQSH hukumati tomonidan g’arbiy tomondagi noqulay joylarga zorlik bilan kochirilgan. Irokezlarning bir qismi Kanadaga kochib, rezervatsiyalarga joylashgan.
Mahalliy hindilarning dinlari ibtidoiy e'tiqodlar bilan bog’liq. Bularda keng tarqalgan totemizm, shomonizmdan tashqari tabiat kuchlari, osimlik dunyosi va jonivorlar bilan bog’liq turli animistik tasavvurlar muhim orin egallagan. Irokezlarda «Uch opa-singil» (mais, lobiyo va qovoq) ibodati kuchli bolgan. Ular yilni uch davrga bolib (ovchilik, yig’im-terim va dehqonchilik faoliyati bilan bog’liq), turli marosimlar otkazganlar. Eng katta bayram marosimlari qishning ortasida nishonlangan. Ular, ayniqsa, momaqaldiroq va quyoshga sig’inganlar. Seminola qabilalari sehrli buyumlardan iborat muqaddas tugunga itoat qilganlar va shunga bag’ishlangan yilda bir marta bayramlar otkazilgan. Chippeva qabilalarida osimlik va hayvonlarning arvohlari bilan yaqin aloqada bolish mumkin, degan tasavvurlar keng tarqalgan. Ularning shomonlari duogoylik yoli bilan yaxshi ovni ta'minlovchi irimlar qilganlar, turli otlar bilan kasalliklarni da-volaganlar. Keyingi davrlarda missionerlarning faolligi tufayli ma-halliy hindilarning orasida nasroniy dini keng tarqalgan. Hatto ibtidoiy dinlar bilan nasroniy dini mazhablari aralashmasidan yangi diniy yonalishlar ham paydo bola boshlagan.
Xalq ijodi ancha rivojlangan. Ertak va ashulalarda, tarixiy afsona va rivoyatlarda hindilarning hayoti poetik tasvirlangan. Mashhur Amerika yozuvchisi G. Lonfello yozgan «Gayava tog’risida qo'shiq» nomli qissa irokezlarning boy ertaklariga asoslangan. Turli raqs va oyinlar, haykaltaroshlik totemistik obrazlarni tasvirlash xalq ijodining ajoyib namunalaridir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling