Milliy mafkuraning shakllanishi o 'zbek xalqining, ayniqsa


Shimoli-arbiy sohil hindilari


Download 1.14 Mb.
bet24/39
Sana17.10.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1706836
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Etnologiya-darslik

Shimoli-arbiy sohil hindilari. Shimolda Beringov bog’ozidan janubdagi Xuande-Fuka bog’ozigacha Tinch okeani sohillarida kop asrlar davomida oziga xos hindilarning baliqchilik va ovchilik madaniyati shakllanib kelgan. Juda nam, yumshoq iqlimli, nihoyatda boy osimliklarga va faunaga ega bolgan bu hududlar inson yasha-shi uchun ancha qulay bolgan. Bu yerda, asosan, tlinkitlar, kvakuit-li, xayda, kaluza hindilari yashagan va ularning tirikchiligi dengizda va daryo quyi oqimida baliq ovlashdan iborat bolgan. Ular ba'zan tog’ echkilari, bug’ular, dengiz hayvonlari, qushlar ovlaganlar, yovvoyi ormon mevalari va dengiz kokatlarini ham terganlar. Ammo losos va sham baliq asosiy ov mahsuloti hisoblangan. Tlinkitlar dehqonchilik va chorvachilikni bilmaganlar, lekin ovda orgatilgan itdan foydalanganlar.
Mahalliy hindilarning ovchilik san'ati ancha rivojlangan. Ayniqsa, baliqchilikda turli texnika va takomillashgan qurollar ishlatilgan. Ular yaxlit yog’ochdan oyib yasalgan uch-torttadan yuztagacha kishi sig’adigan kemalarda sayohatga va ovga chiqqan-lar. Baliqni tosh, suyak, yog’ochdan va uning tolalaridan yasalgan har xil qarmoq, sanchqi, nayza, tor, savatlar bilan turli tog’onlar qurib ovlaganlar. Metalldan faqat misni bilganlar, undan ba'zi qurollar va bezaklar yasaganlar, pul ornida ishlatganlar. Ovqatni yog’och idishlarda otda qizdirilgan tosh solib pishirganlar.
Hindilarda toquv dastgohi bolgan. Ular yowoyi qoy va echki-larni haydab, qamab, junini qirqib, keyin boshatib yuborganlar, ipidan ajoyib plash toqiganlar, koylak tikkanlar. Matoni osimlik tolalaridan ham toqiganlar, teri postin bilan ham yopinganlar. Yog’ochdan naqsh berilgan sovut yasaganlar, kedr daraxti tolasidan keng etakli shlapalar toqiganlar.
Xojalik va savdoning rivojlanishi natijasida mehnat taqsimoti ham paydo bolgan: kema yasash, kiyim tikish, uy-rozg’or va boshqa buyumlar ishlab chiqarish kasb hisoblangan. 15-20 metr balandlikka ega totem ustunlarini mahorat bilan oyib bezatadigan ustalar bolgan.
Mahalliy hindilar turmush tarzi otroq xarakterga ega bolganli' gi tufayli yog’ochdan tiklangan uylardan iborat qishloqlarda istiqomat qilganlar. Uylari oynasiz, tuynukli va kichkina eshikli uzunasiga katta jamoa oilasiga moljallanib tosh qurollar bilan yonilgan yog’ochlardan qurilgan. Yoz faslida baliq ketidan daryolarning yuqori oqimiga kochib vaqtinchalik chaylalar
tiklaganlar, qishda qishloqlarga qaytganlar. Baliqchilikda nihoyatda zor mahoratga ega bolgan tlinkitlar losos baliqlarini tejamkorlik bilan g’amlaganlar. Qoshimcha mahsulot bozorga tushgan, savdo-sotiq ancha rivojlangan. XVIII asr oxirlariga kelib, ona urug’i orniga ota urug’i tashkil topa boshlaydi. Patriarxal tipidagi katta oila jamoasi dual xarakterga ega bolib xususiy mulkka tayangan. Patriarxal nikoh tartiblari bilan birga, turli ona urug’i tartiblari ham saqlanib qolgan. Ammo urug’ hisobi va meros ota urug’iga otgan. Dehqonchilik xojaliklarida qishloq jamoasiga oxshash patriarxal tipdagi kop urug’li jamoalar paydo bolgan.
Xususiy mulk paydo bolsa ham asosiy ishlab chiqarish vositasi — yer jamoa mulki hisoblangan. Xususiy va umumiy mulk toliq ajratilmagan, ular urug’ va qabila boshliqlari ixtiyorida bolgan. Mustamlaka davrigacha patriarxal qullik ham paydo bolgan. Qullar asosan, urushlarda qolga tushganlar. Ular baliq ovlashda, xojalik ishlarida foydalanilgan, qullar oz egalariga ancha foyda keltirgan. Qabilalar fratriy va urug’larga bolingan, ular totem nomi bilan atal-gan. Masalan, tlinkit fratriy guruhlar Qarg’a va Bori nomi bilan atalgan va ular orasidagi munosabatlar ekzogam nikohi bilan belgilangan. Undan tashqari fratriylar hududiy jihatdan ham boli-nishgan. Matrilokal tipidagi katta oila (10-40 kishidan iborat) bir xojalik iqtisodiy hujayra sifatida oz totem nomiga ega bolgan uyda yashaganlar. Masalan, Ayiq nomli urug’ga tegishli oila har qishloqda shu nom bilan uy tiklagan. Urug’ning muayyan hududga ega ekanligi rivoyatlar bilan tasdiqlangan. Asosiy diniy tasawurlar totemizm bilan bog’liq bolganligi tufayli totem timsollaridan tashqari har xil diniy marosim va bayramlar otkazilgan. Ularni otkazish shomon va urug’ boshliqlari ixtiyorida bolgan.
Shimoli-g’arbiy sohil hindilarining hayotida potlach («o'yinchoq») nomli murakkab marosim muhim rol oynagan. Asli katta bazm sifatida bir necha kun, ba'zan oylab otkaziladigan potlach marosimida boy jamoa a'zolari va urug’ boshliqlari oz boyliklarini tarqatib berganlar, hatto qullarini qurbon qilganlar. oz navbatida jamoa a'zolari ham bazm egasiga katta sovg’alar qilishlari shart bolgan. Umuman urug’ boshliqlariga urug’doshlari tomonidan har xil sovg’alar berib turish majburiy odat tusiga aylangan bolib, urug’chilik ichida dastlabki soliq (renta) shaklida namoyon boladi. Shu yo'l bilan erkin jamoa a'zolarini oziga qaram qilishning iqtisodiy zamini yaratilgan. Potlach marosimida sarflangan xarajat va tar-
234
qatilgan boylik orni sovg’alar orqali yana tiklangan. Kim bazm va bayramni zor otkazsa, shu katta nom qozongan. Aslida potlach ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga otish davriga xos marosim bolib, endi kurtak otayotgan iqtisodiy va sotsial tengsizlik, boylik va kambag’allikni ijtimoiy hodisa sifatida paydo bolganligi-ni ifodalovchi marosimdir.
Mustamlaka davrida savdo-sotiq yana ham rivojlanib ijtimoiy munosabatlar chuqurlasha boshlaydi. AQSH hukmronligi ornatilgandan keyin mahalliy aholining asosiy tirikchilik manbai hisoblangan baliqchilik mustamlakachilar qoliga otib, oz yerlaridan haydalib rezervatsiyalarga kochirilgan hindilar qashshoqlashib yollanma ishchi kuchiga aylanganlar.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling